Jismoniy shaxslar



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
7-VAZIYAT 
Qimmatbaho sovg‗a olinganda imtiyozni hisobga olgan holda 
JSHDS hisob-kitobi 
Xodimning yanvar-fevral oylaridagi mexnatiga 1 300 000so‗mdan 
haq to‗langan. Yanvar oyida unga 1 800 000 so‗mlik noutbuk sovg‗a 
qilindi. Xodimning yil boshidan jami daromadi - 4 400 000 so‗mni (1 
300 000 x 2 + 1 800 000) tashkil qiladi. 
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga ko‗ra bir yil 
mobaynida yuridik shaxslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha 
bo‗lgan summada olingan sovg‗alarning qiymatiga soliq solinmaydi. 
Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan 
EKIH qo‗llaniladi (172 240 x 8 = 1 033 440 so‗m). 
Soliq solinadigan daromad 3 366 560 so‗mga (4 400 000 - 1 033 
440) teng. 


116 
16,5%lik stavka bo‗yicha soliq solinadigan daromad summasini 
hisoblaymiz va yanvar-fevral oylari uchun soliqni hisoblab chiqamiz: 
103 344 + (3 366 560 - 1 722 400) x 16,5% = 374 630,4 so‗m. 
Yanvar oyida 271 206 so‗m soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi 
soliq summasi 103 424,4 so‗mga (374 630,4 - 271 206) teng.
Yanvar-fevral oylari uchun SHJBPHga majburiy badallar summasi 
60 441,6 so‗mga ((3 366 560 - 344 480) x 2%) teng. 
Yanvar oyida SHJBPHga 37 886,4 so‗m o‗tkazilgan, fevral oyida 
ajratmalar 22 555,2 so‗mni (60 441,6 - 37 886,4) tashkil qiladi. 
Byudjetga 80 869,2 so‗m (103 424,4 – 22 555,2) JSHDS 
o‗tkaziladi. 
Fevral oyi uchun majburiy sug‗urta badallari 104 000 so‗mni (1 
300 000 x 8%) tashkil qiladi. 
Xodim qo‗liga 1 092 575,6 so‗m (1 300 000 - 103 424,4 - 104 000) 
ish haqi oladi. 
 
8-VAZIYAT 
Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan 
EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va 
qimmatbaho sovg‗a olinganda) JSHDS hisob-kitobi. 
Soliq kodeksining 130-moddasiga ko‗ra imtiyozga haqli bo‗lgan 
hodimga yanvar-fevral oylarida 1 300 000 so‗mdan ish haqi to‗langan. 
Unga nikohdan o‗tishi munosabati bilan 2 300 000 so‗m moddiy 
yordam ko‗rsatilgan va 1 500 000 so‗mlik qiymatga ega sovg‗a 
topshirilgan. 
Quyidagilarga muvofiq: 
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imiyoz olish 
huquqiga ega bo‗lgan xodimning soliq solinadigan daromadidan har 
oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (344 480 x 4 = 1 377 920 
so‗m) chiqarib tashlanadi; 
Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil 
davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240x 12 =2 066880 so‗m) 
miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JSHDS solinmaydi; 
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga ko‗ra yuridik 
shaxslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 x 6 = 1 
033 440 so‗m) miqdorigacha olingan sovg‗alarning qiymatiga JSHDS 
solinmaydi. 
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz: 


117 
2 600 000 -1 377 920 + 2 300 000 - 2 066 880 + 1 500 000 - 1 033 
440 = 1 921 760 so‗m. 
Olingan daromadga 16,5%lik stavka bo‗yicha soliq solinadi: 
103 344+(1921 760-1 722 400)x 16,5% = 136 238,4 so‗m. 
Yanvar oyida 125842,8 so‗m soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi 
soliq summasi 10 395,6 so‗mga (136 238,4 - 125 842,8) teng. 
SHJBPHga majburiy badallar summasi 31 545,6 so‗mni ((1 921 
760 - 344 480) x 2%) tashkil etadi. 
Yanvar oyida SHJBPHga 22 769,6 so‗m o‗tkazilgan, fevral oyida 
ajratmalar 8 776 so‗mnn (31 545,6 - 22 769,6) tashkil qiladi.
Byudjetga 1 619,6 so‗m (10 395,6 - 8 776) soliq o‗tkaziladi. 
Majburiy sug‗urta badallari 104 000 so‗mni (1 300 000 x 8%) 
tashkil etadi. 
Xodim qo‗liga 1 185 604,4 so‗m (1 300 000 - 10 395,6 - 104 000) 
oladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin