Jismoniy shaxslar


III. ODATDAN TASHQARI HOLATLAR



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/250
tarix25.12.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#195079
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   250
Jismoniy shaxslar (1)

 
III. ODATDAN TASHQARI HOLATLAR 
 
9-VAZIYAT 
O‗rindosh hodim daromadlaridan JSHDS hisob-kitobi. 
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan 
imtiyozga ega o‗rindosh xodimga yanvar-fevral oylarida 800 000 
so‗mdan ish haqi to‗langan. Xodimning yil boshidan jami daromadi – 
1600 000 so‗mni (800 000 x 2) tashkil qiladi.
Asosiy bo‗lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan 
olingan daromadlarga to‗lov manbaida JSHDSni hisoblab chiqarish 
Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni 
qo‗llamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq 
kodeksining 186-moddasi 8-qismi). 
Agar asosiy bo‗lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik 
shaxslardan daromad oladigan jismoniy shaxs buxgalteriyaga undan 
JSHDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u 
holda daromad to‗lovchi yuridik shaxs imtiyozlarni qo‗llamagan holda 
uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 
9-qismi). Bunday ariza mavjud bo‗lmagan hollarda JSHDS shkala 
bo‗yicha ushlab qolinadi, soliq to‗lovchi esa soliq organlarida o‗tgan 
yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar 
deklaratsiyalari shart. 


118 
I. O‗rindosh buxgalteriyaga JSHDSni eng yuqori stavkada ushlab 
qolish haqida ariza taqdim etmagan.
Uning yanvar-fevral oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka 
bo‗yicha soliq solinadi: 
(1 600 000 - 344 480) x 7,5% = 94164 so‗mga teng. 
Yanvar oyida 47 082 so‗m soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi 
soliq summasi 47 082 so‗mga (94 164 - 47 082) teng. 
SHJBPHga majburiy badallar 25 110,4 so‗mga (( 1600 000 - 344 
480) x 2%) teng. 
Yanvar oyida SHJBPHga 12 555,2 so‗m o‗tkazilgan, fevral oyida 
ajratmalar 12 555,2 so‗mni (25 110,4 -12 555,2) tashkil qiladi. 
Fevral oyi uchun byudjetga 34 526,8 so‗m (47 082 - 12 555,2) 
JSHDS o‗tkaziladi. 
Majburiy sug‗urta badallari summasi 64 000 so‗mni (800 000 x 
8%) tashkil etadi. 
Soliq va sug‗urta badallari ushlanganidan keyin xodim 688 918 
so‗m (800 000 - 47 082 - 64 000) ish haqi oladi. 
II. O‗rindosh xodim buxgalteriyaga JSHDSni eng yuqori -22,5%lik 
stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.
O‗rindoshning daromadi 3 444 800 so‗mdan oshmasligiga 
qaramay, xodimning arizasiga ko‗ra uning butun ish haqiga 22,5%lik 
stavka bo‗yicha soliq solinadi. Yanvar-fevral oylari uchun JSHDS 
summasi 360 000 so‗mga (1 600 000 x 22,5%) teng. 
Yanvar oyida 180 000 so‗m soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi 
solpq summasi 180 000 so‗mga (360 000 -180 000) teng.
Jami ish haqidan (nol stavkasi bo‗yicha soliq solinadigan 
daromadni chegirmagan holda) SHJBPHga badallar (2%) hisoblab 
yoziladi. Yanvar-fevral oylarida ularning summasi 32 000 so‗mni 
(1600 000 x 2%) tashkil qiladi. 
Yanvar oyida SHJBPHga 16 000 so‗m o‗tkazilgan, fevral oyida 
ajratmalar 16 000 so‗mni (32 000 - 16 000) tashkil qiladi. 
Byudjetga 164 000 so‗m (180 000- 16 000) JSHDS o‗tkaziladi.
Fevral oyi uchun sug‗urta badallari 64 000 so‗mni (800 000 x8%) 
tashkil qiladi. 
JSHDS va sug‗urta badallari ushlanganidan keyin xodim 556 000 
so‗m (800 000 -180 000 - 64 000) ish haqi oladi. 

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   250




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin