Xulosalar
So`ngi o`rta asr davrida burjua ishlab chiqarish munosabatlari tug`lib kelib, burjua
ideologiyasini vujudga keltirar edi. Burjua ishlab chiqarish munosabatlari va
burjua ideologiyasi jamiyatning feodal tuzumini, feodal ideologiyasi va
madaniyatini larzaga keltirdi. Yollanma, keyinchalik esa doimiy korol
qo`shinlarining paydo bo`lishi, o`q otadigan qurolning va boshqa yangi harbiy
texnikaning kashf etilishi, ritsarlik otliq askarlar rolining pasayishiga va ritsarlik
tarbiya sistemasining inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Yirik feodallar o`z
bolalarini korol saroyidagi yalqovlar yo`liga, mayda dvoryanlar esa doimiy korol
qo`shinlarining ofitserlari roliga tayyorlay boshladilar. Yirik feodallarning bolalari
nozik tabiatli hayot kechira boshladilar va chiroyli qad-qomat hamda nazokatli
xususiyatlarning hosil bo`lishiga imkon beradigan jismoniy mashqlar bilan
shug`ullana boshladilar. Kichik dvoryanlarning bolalari esa ana shunday mashqlar
bilan birga harbiy jismoniy tayyorgarlikning qattiq maktabini ham o`ta boshladilar.
Shu vaqtlarda shaharlardagi aholi dvoryanlarga qo`shilgan patritsiatga, xalq
ichidan chiqqan burjuaziyaga va mehnatkashlarga ajralib ketgan edi. Patritsiylar
umumshahar o`qchi uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklaridan ketib, o`zlari
uchun hashamatli uylar, suzish uchun mo`ljallangan hovuzlar, raqsga tushiladihan
va to`p o`ynaladigan zallar qurdilar. Patritsiat yoshlari o`zlarini biror jamoatchilik
faoliyatiga tayyorlamas edilar.Bu yoshlar dvoryan yoshlari bilan birga suvda
suzish, qilichbozlik, to`p o`ynash, ov qilish va sayohat qilish bilan shug`ullanar
edilar.
Shahar burjuaziyasi dastlabki vaqtlarda kambag`al mehnatkashlarni o`qchi
uyushmalari va qilichbozlar qardoshliklaridan siqib chiqardilar, o`rta asrlarning
oxirlariga kelib, ularni tarqatib yubordilar. Shahar burjuaziyasi umumiy cho`milish
xonalari, raqs tushiladigan, qilichbozlik qilinadigan va to`p o`ynaladigan zallar
qurdilar, lekin ulardan bevosita belgilangan maqsad yo`lidagina emas, balki
buzuqlik makonlari va qimor o`yinlarining joylari sifatida foydalandilar. Shahar
kambag`allari esa bayram kunlari shahardan tashqariga chiqib, oddiy jismoniy
mashqlar,
kurash
va
raqslar
bilan
shug`ullana
boshladilar.
Shahar
kambag`allarining mehnat sharoiti va turmushi g`oyat og`ir edi. Shuning uchun
shahar kambag`allari shahardan tashqariga chiqishni sog`lomlashtirish va ko`ngil
ochish vositasi sifatidagina emas, balki ekspluatatorlarga qarshi kurash uchun
jismoniy jihatdan tayyorlanish vositasi sifatida ham foydalanar edilar.
So`nggi o`rta asr davridagi gumanistlar ta’lim sistemasini cherkov ta’siridan
ozod qilish uchun va maktablarda jismoniy tarbiyani joriy qilish uchun kurash olib
bordilar. Ularning aksariyati maktablarda o`qishi mumkin bo`lmagan xalq
to`g`risida emas, balki shahar burjuaziyasi to`g`risida bosh qotirdi. Ularning ijodi
xalqqa tushunarli bo`lmagan latin tilida ijod qilinar va shuning uchun
mehnatkashlarga yetib bormas edi. Xalq bilan aloqada bo`lmaslik ularning ijodiga
salbiy ta’sir ko`rsatdi, ularning o`zlari esa asta-sekin adiblarning biqiq kastasiga
aylanib ketdilar. Gumanistlarning xalqdan aloqasini uzmagan va xalqqa tushunarli
tilda ijod qilgan (Rable, Komenskiy singari) qismigina bundan mustasnodir.
So`nggi o`rta asr davrida yagona biror xalqning yagona jismoniy tarbiyasi va
jismoniy tarbiya to`g`risida yagona bir ta’limot yo`q edi. Bu davr feodal
tuzumining, eski feodal ideologiyasi va madaniyatining yemirilishi davri, burjua
madaniyatining, shu jumladan, burjua jismoniy madaniyatining tug`ilishi davri edi.
Xulosa qilib aytganda, o'rta asrlar jarayonida jismoniy madaniyat yangi
shakllar va mazmunlaiga ega bo'lgan holda, ularning deyarli barcha vositalari
qadimgi
ajdodlar
jismoniy
madaniyat
negizida
rivoj
topdi.
Ularni
takomillashtirishda harbiy jismoniy tayyoigarlik tadbiriari, yoshlarni har to-
monlama tarbyailash maqsadida tashkil etilgan ritsarlik mak- tablari va boshqa shu
turdagi o'quv muassasalarining o'rni g'oyat katta bo'ldi.
Feodalizm tuzumining rivojlanishi shahar va qishloqlar aholisi o'rtasida
o'tkazilgan turli an'analarda, marosimlar o'tkazishda, kurash, boks, qilichbozlik,
kamondan o'q otish, otlarda poyga va boshqa turli-tuman o'yinlardan keng foy-
dalanganlar.
Feodal tuzumning yemirilishi va kapitalistik tuzumining shakllana borishi
natijasida kelishmovchilik va urushlar ko'payib, o'q otar qurollardan keng
foydalanila boshlandi. Shu tariqa jismoniy tarbiya va sportning rivoji zamon ruhi
bilan bog'langan holda davom etdi.
XV—XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida gumanistlar va utopistlar
tomonidan yoshlarni jismoniy va ma'naviy ji- hatdan tarbiyalashga doir yangi
g'oyalar ilgari surildi. Shu asosda tibbiyot, pedagogika va boshqa fanlar rivojlandi.
Sanoat, qurilish, texnika va boshqa sohalardagi kashfiyot- lar davlatlarning
iqtisodiy-madaniy jihatdan rivojlanishiga sa- bab bo'ldi.
Fan, madaniyat va ta'lim-tarbiyaning yangi yo'nalishlari negizida antik
Olimpiya o'yinlari qayta tiklashga urinishlar bo'ldi. Natijada, Shvetsiya, Angliya,
Kanada va boshqa bir qator davlatlarda qadimgi Olimpiya o'yinlariga qiyoslab,
yangi ko'rinishdagi o'yinlar o'tkazildi va umuman, jamiyat- ning o'sha davrdagi
tuzilishi, diniy hukmronlik sharoitida bunday tadbirlarni muntazam o'tkazib borish,
ularni xalqaro miqyosda tashkil qilishga hech bir davlat qodir emas edi.
Dostları ilə paylaş: |