quyi oqimga tushib kelganlar va Vizantiyaga hujum qilib, Qora dengizdan kechib
o`tganlar. Ular qurolni yaxshi ishlata olishlari natijasida qo`l jangida alohida
mahoratga ega bo`lganlar. Slavyanlar yugurish, to`siqlardan sakrash, mushtlashish,
kurash, og`irlik ko`tarishga doir mashqlar va ovchilik juda ommalashgan edi.
Slavyanlarning aza oshlari aslida jismoniy kuchga, chaqqonlikka, jasurlikka va
harbiy mahoratga doir musobaqalardan iborat bo`lar edi.
Chexlar juda uzoq muddat davomida o`z mustaqilligi uchun nemis ritsarlarining
tajovuziga qarshi kurash olib borishga majbur bo`lganlar. Bu kurash davomida
chexlarda jang qilish shakl va metodlari tarkib topdi. Bu kurashda chexlar
qurollarning har xil turlarinigina emas, balki mehnat qurollarini ham (chalg`ilarni,
g`alla yanchishzanjirlarini va hokazolarni ) ishlatdilar. Chex dehqonlarining
erksevarligi, yuksak axloqiy va jismoniy tayyorgarligi yuz yillar davomida nemis
ritsarlari otryadlariga qarshilik ko`rsatishga imkoniyat berdi. VII asrda arablar
davlati tarkib topdi. Arab aslzodalari yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga
katta e’tibor berdilar. Shuning natijasida yengil qurollangan arab otliq askarlari
jangda yaxshi manevr qila olar edilar. Ular tezlik bilan chopib ketayotgan otning
ustida yoydan mohirona otar, yengil nayzalarni uloqtirar, qilich va uzun nayzalarni
mohirlik bilan ishlatar, epchillik bilan egardan sakrab tushar va unga sakrab chiqar
edilar. Bundan tashqari, otliq askarlar turli qurollarda qilichbozlik qilishni va
suzishni yaxshi bilar edilar.
Arablar Vizantiya va G`arbiy Yevropa davlatlarining jismoniy tarbiyasiga
birmuncha ta’sir ko`rsatdilar. Otda yurish va yoydan o`q otish usullarining
ko`plarini g`arbiy yevropaliklar arablardan o`zlashtirgan edilar. O`yinlar
to`g`risida ham, masalan, ilgari G`arbiy Yevropada ma’lum bo`lmagan “chovgan ”
o`yini haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. XII-XIII asrlarda bu o`yin
Vizantiyadagi saroy aslzodalarining sevikli tomoshalaridan biriga aylandi. G`arbiy
Yevropada (Fransiyada) bu o`yin “chikane” nomi bilan taraqqiy etdi va keyingi
vaqtlarda ot ustidagi to`p o`yini sifatida tarkib topdi.
Dostları ilə paylaş: