Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

Dehqonlarning 
Ozod dehqonlarning qullikka solinishi, ularni eks- 
 jismoniy tarbiyasi pluatatsiya qilishning kuchayishi va ularni harbiy ishda 
qatnashishdan chetlashtirilishi xalq ommasi jismoniy tarbiyasiga g`oyat darajada 
salbiy ta’sir ko`rsatdi. Dehqonlarda ishdan bo`sh vaqt ancha qisqarib qoldi va 
jismoniy 
mashqlar 
bilan 
shug`ullanish 
uchun 
zarur 
bo`lgan 
moddiy 
imkoniyatlar,kamayib ketdi. Buning natijasida o`yinlar, raqslar va turli mashqlarni 
o`z ichiga olgan musobaqa turlari bilan nishonlanadigan ko`pgina eski xalq 
bayramlari unutildi.
Biroq dehqonlar o`zlarining og`ir va huquqsiz ahvollariga qaramasdan, o`z 
muhitida ilgarigi davrlardagi an’anaviy jismoniy mashqlarni saqlab qolishga 
harakat qildilar. XIV-XV asrlardagi gravyuralarda dehqonlarning otda chopishi, 
raqslari, ularning yugurishga, kurashga va langar cho`pga tirmashib chiqishga doir 
musobaqalari aks ettirilgan. Germaniya knyazliklarida yerga tashlab qo`yilgan 
shamshir atrofida raqsga tushish g`oyat ommalashgan edi. Yevropaning shimoliy 


rayonlarida, jumladan, Skandinaviyada chang`ida yurish va konki uchish ancha 
keng qo`llanilar edi. Fransiyada to`p bilan o`ynaladigan o`yinlar mashhur edi. 
“Sul” o`yinida ko`pincha aksari qishloqlarning aholisi ishtirok etar edi. 
O`ynovchilar ikki guruhga bo`linishar edi. O`yinning vazifasi to`pni egallab olib, 
uni o`z qishlog`iga olib ketishdan va oldindan belgilab qo`yilgan nishonga 
tashlashdan iborat edi. O’ynovchilar soni ko’pincha bir necha yuz kishiga yetar 
edi. Xuddi shunga o’xshash o’yinlar Angliyada turli nomlar (“futbol”, “xerling”, 
“kemping” va boshqalar ) bilan mashhur edi. “Lapta” tipidagi o’yinlar ( nemis 
o’yini “shlagball”, ingliz o’yinlari “kriket”, “raundres” ) shar o’yinlari, kegli 
o’yinlari ham ancha ommalashgan edi.
Xalq hayotida saqlanib qolgan o’yin va mashqlar dexqonlarda sistemali 
jismoniy tarbiyaning yo’qligini birmuncha to’ldirar va ularda mehnat qilish va 
feodallarga qarshi kurashish uchun zarur bo’lgan ma’naviy va jismoniy 
fazilatlarning tarbiyalanishiga imkon berar rdi. Dehqonlar ommasida jismoniy 
tayyorgarlikning xalq formalari ahamiyati shvetsariyaliklar misolida yaqqol ko’zga 
tashlanadi. Gabsburglar imperiyasiga qarshi kurash davrida Morgantina yonidagi 
bo’lgan jangda (1315- yil) va boshqa janglarda uch Shvetsariya kantonlari-Shvitsa, 
Ur va Untervalden ittifoqi dushmanning otliq ritsarlariga jiddiy zarba berishga 
muvaffaq bo’ldi. Shvetsariyaliklarning yaxshi jismoniy tayyorgarligi va ularning 
jangda kamalak otish, tosh uloqtirish va boshqa xarakatlarni moxirona 
qo’llaganliklari ma’lum darajada bu kkurashning muvaffaqiyatli borishiga sabab 
bo’ldi. 
XIV asrda Shvetsariya kantonlarida yoshlarning o’ziga xos jismoniy tarbiya 
sistemasi qaror topdi. 16-18 yoshdagi kkishilar jiddiy jismoniy tayyorgarlik 
maktabini o’tar edilar. Ular yugurish, sakrasg, kurashni o’ganar; tosh uloqtirish 
uzun nayza oyboltani ishlatishni zich saf bo’lib harakat qilishni o’rganar
shuningdek to’p o’yini va boshqa o’yinlar bilan shug’ullanar edilar.
Yigitlarning harbiy va jismoniy tayyorgarligi o’z-o’zini idora qiladigan
kantonlar orasidan saylab qo’yiladigan maxsus shaxslar tomonidan tekshirilar edi. 
Bunday tekshirish alohida xalq yig’ilishlarida amalga oshirilar va yugurish
sakrash, tosh uloqtirish, kurashish, otda yurish, kamon otish va qilichbozlikka doir 
musobaqalardan iborat bo’lar edi.
Keyinchalik shvetsariyaliklar knyaz va korollar qo’shiniga yollana boshladilar, 
landsknextlarga - absolyutizm malaylariga aylandilar. Ular kim ko’p haq to’lasa 
ana shunga pul badaliga o’z kuchi va hayotini sotar edilar. Shvetsariyaliklar, 
Engels ta’kidlaganidek, o’zlarining jangavor shuhratini pulga aylantirib yubordilar.
Feodallarga qartshi chiqadiga xalq lashkarini tayyorlashda jismoniy mashqlar 
katta o’rin tutar edi. Yomon qurollahga piyoda dexqonlar sovutga o’ralib olgan 
otliq ritsarlarga qarshi jang qilishga majbur bo’lar edi. G’alayonchilar, birinchi 
navbatda ritsarlarni otdan urib tushirar edilar. Buning uchun esa ular otliqlarni 
arqon bilan o’rar yoki otlarning oyog’ini chopib tashlar edilar. Piyoda qolga 
ritsarlar beso’naqay bo’lib, qo’zg’olonchilar ularni so’yil, to’qmoq, gurzi va 
toshlar bilan urar edilar. Bu usullar ularga o`zlarining dushmaniga jiddiy talofat 
yetkazish imkonini berar edi. Masalan, so`nggi o`rta asr davrida taboritlar-asosan 
chax dehqonlaridan iborat bo`lgan xalq lashkari xarakat qildi. XV asrning 


boshlarida gusit urushlari olib borilayotgan paytda taboritlar o`zlarining 
yo`lboshchisi Yan Jijka lashkari kurashga yaxshi tayyorgarlik ko`rar edi. Hatto 
o`smirlar ham palahmondan tosh otish mashqiga qatnashar va bunga maxsus 
o`rgatilar edi. Taboritlar eng daxshatli quroli to`qmoq edi. To`qmoq bilan minutiga 
20-30 zarba urish mumkin edi, bu esa oldindan jiddiy tayyorgarlik ko`rishni talab 
etar edi.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin