Gumanistlarning qarashlariga qarama-qarshi o`laroq, inson
g’oyalari shaxsini ulug`ladilar, insonga, uning kuchi va
qobiliyatiga ishonch bilan qaradilar. Insonga bo`lgan
qarashlardagi bunday o`zgarish odatda “gumanizm” (insonparvarlik) termini bilan
anglatiladi. So`nggi o`rta asr davridagi gumanizm ikki asosiy manbadan: qadimgi
xalqlar madaniyati va xalq ijodidan ozqlanadi. Xalq ijodidan kam foydalanilar edi,
shuning uchun so`nggi o`rta asr davrining gumanizmi asosan qadimgi dunyoda
yaratilgan nimaiki bo`lsa, asosan shuni tiklashdan iborat edi. Burjuaziya va feodal
aslzodalar endi o`zlarini narigi dunyo hayotiga emas, balki yerdagi hayotdan
lazzatlanish uchun tayyorlashga harakat qila boshladilar. O`rta asrning ozg`in
badanga topinishi xis uyg`otadigan sog`lom badanga topinish bilan almashtirildi.
Bu xol arxitektura, haykaltaroshlik, rassomlik va adabiyotda o`z aksini topdi.
Gumanistar o`rta asrdagi quruq pedagogika qarama-qarshi o`laroq, kishining
faqat aqlinigina emas, balki tanasini ham tarbiyalashga qaratilgan yangi
pedagogikani ilgari surdilar. Ular o`z hukmronligini o`rnatish, uzoq muddatli
sayohatlar qilish, yangi yerlar kashf etish, bu yangi yerlarga ko`chib kelgan
xalqlarni talash va bo`ysindirishga qodir bo`lgan uddaburon, jismoniy jihatdan
yetuk burjualarni tarbiyalashni istar edilar.
Ramboldini Vittorino da Feltre
Vittorino (1378-1446 yillar) Italiyada pedagogika
da Feltre maktabi soxasida ko`zga ko`ringan dastlabki gumnist edi.
Vittorino Mantuan hukmdori va uning saroyidagi kishilarning bolalarini tarbiyalab,
saroyda yangi tipdagi maktab yaratdi va uning raxbari bo`ldi. Uning maktabida
o`quvchilarning bilimga qiziqishi, aqliy va jismoniy havasi har tomonlama
rag`batlantirilar edi. O`quvchilarni erinchoqligi, beadabligi va manmanligi uchun
ayovsiz jazolar edilar. Quruq yodlash o`rnini ko`rsatma ta’lim metodlari egalladi.
Vittorino o`quvchilarning sog`ligi va jismony kamoloti to`g`risida ayniqsa ko`p
g`amxo`rlik qilar edi. U o`quvchilarni sof havoda harakatli o`yinlar o`ynashga
o`rgatar, suvda suzishga va jismoniy mashqlarni bajarishga odatlantirar edi; bu esa
o`uvchilarning jismoniy kuchini, epchilligini va chiroyli qiliqlarini taraqqiy ettirar
edi. Uning maktabi o`quv planida o`yinlar, qilichbozlik, harbiy mashqlar, otda
yurish va suvda suzish ko`zga ko`rinarli o`rinni egallar edi. Vittorino
o`quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash to`g`risida ham g`amxo`rlik qilib,
ularda o`z qadrini bilish tuyg`usini, gigiyenaning elementar qoidalariga rioya qilish
odatini va hokazolarni hosil qilar edi. Vittorino da Feltre maktabi oqsuyak ota-
onalarning bolalarini tarbiyalash borasida ilgari tashlangan katta qadam edi.