Feodallar
Feodal qo`shini xujum va mudofaa qilish uchun
harbiy-jismoniy
mo`ljallangan og`ir qurollar, shuningdek maxsus
tarbiyasi
muhofaza aslahalari bilan qurollangan edi. To o`q
otadigan qurol kashf etilgunga qadar feodal-ritsarlar
jangda deyarli zarba yemaydigan darajada edilar. Chunonchi, 1119 yili Bryumelda
bo`lgan jangda qatnashgan 900 ritsardan 3 kishi halok bo`lgan, 140 kishi esa
otlardan yiqitilib, asirlikka olingan edi.
Og`ir qurollardan foydalanish (yarog`-aslahalarni ishlatish) feodaldan katta
jismoniy kuchni, epchillik va chidamlilikni talab qilar edi. Sovutga o`ralib olgan
feodal otda mohirlik bilan yurar, og`ir qilich, uchli nayza, to`qmoq va boshqa
qurollarni yaxshi ishlatar edi. Harbiy harakatlarga o`rgatish feodallarni harbiy-
jismoniy tarbiyalash sistemasining asosi qilib olingan edi. Bu sistema G`arbiy
Yevropada salb yurishlari davrida tarkib topgan edi.
Feodallarni tarbiyalash “yetti xil ritsarlik fazilatlari”ni: otda yurish, qilichbozlik,
kamalak otish, suzish, ov qilish, shaxmat o`ynash va she’r to`qishni bilib olishdan
iborat edi. Feodallarni aqliy jihatdan tarbiyalash g`oyat darajada cheklangan edi.
Ularning ko`plari na o`qishni, na yozishni bilar edilar. Feodallar o`zlariga faqat
harbiy ishnigina munosib ko`rib, jismoniy mehnatni pisand qilmas edilar, ular
qo`pol va johil edilar.
Feodallarni harbiy-jismoniy tarbiyalash faqat manfaatparastlik maqsadi-ham
tashqi bosqinchilik urushlari uchun, ham mamlakat ichidagi krepostnoy dehqonlar
va hunarmandlarning ozodlik harakatlarini bostirish uchun bir xilda qodir bo`lgan
jismoniy jihatdan kuchli harbiy ritsarlarni tayyorlash maqsadini ko`zlar edi.
Bo`lajak ritsarlarni harbiy-jismoniy tarbiyalash ularning juda yoshlik
chog`laridanoq, odatda, yirik feodallarning saroylarida boshlanar edi. Syuzerenlar
qal’alari yosh ritsarlarning maktabi edi, desak bo`ladi. Bu “maktab” tarbiyasi,
garchi ma’lum darajada tartib va qoidalarga solingan bo`lsa-da, xususiy oilaviy
xarakterda edi. Erkak feodallar ritsarlikka bag`ishlangan tarbiyaning ikki majburiy
bosqichini va bir ixtiyoriy bosqichini-oliy bosqichini o`tar edilar.
Oddiy feodalar o`zlarining 7 yoshlik o`g`illarini senyor(ancha boy feodal)
qal’asiga yuborar edilar; qal’ada bu bolalarga paj (mahram) unvoni berilar edi.
Pajlar ritsarlar tayyorlash va xizmat o`tashning dastlabki (quyi) bosqichini o`tar
edilar. Ular kuchli va epchil bo`lish uchun kamalak otish, tosh va nayza uloqtirish,
sakrash, yugurish, kurashish, suzish va otda yurish bilan shug`ullanar edilar. Ayni
bir vaqtda ularga ov qilish, harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish va ritsarlik odob-
qoidalari o`rgatilar edi.
Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko`nikmalar navbatdagi bosqichda, 14
yoshga yetgan pajlar qurolbardorlikka o`tkazilib, ular qilich va shpor taqish
huquqiga ega bo`lganlaridan keyin, takomillashtirilar edi. Qurolbardorlar mahsus
o`qituvchilar rahbarligida asov otlarni minib o`rgatar, og`ir temir qalqonlar kiygan
holda va ularsiz uzoq masofalarga chopishar, xandaqlardan va devorlardan sakrab
o`tishar, qal’a devorlariga narvon bilan va narvonsiz chiqishar, qurol bilan va
qurolsiz suvda suzishar, ov qilishar, itlarni o`rgatishar, shaxmat o`ynashar
edilar.Qurolbardorlikning oxirgi yillarida bu yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish
hamda to`la asbob-aslahalari bilan otda yurishni mashq qilar edilar.
Qurolbardorlarning umumiy jismoniy va harbiy tayyorgarligi ana shunday amalga
oshirilar edi. 21 yoshga kirganlarida ularga ritsarlik unvoni berilar edi. Ana shu
davrdan boshlab ularning ko`pchiligi uchun jismoniy mashq mashg`ulotlari ko`ngil
ochish vositasiga (otda yurish, ov qilish) aylanar yoki turnirda ishtirok etish
vositasi sifatida xizmat qilar edi.
Ritsarlik tayyorgarligi-jismoniy kamolotning uchinchi bosqichi-faqat yirik
senyorlar uchun mo`ljallangan edi. Bu tarbiya bosqichi shaxsiy mayllarga muvofiq
keladigan jismoniy mashqlar(masalan, kurash, qilichbozlik va boshqalar)
turlarinigina o`z ichiga oladi. Bu bosqichda gruppa ta’limi emas, balki individual
ta’lim ustun turar edi. Qal’alarga professional o`qituvchilar, qilichbozlik ustalari,
eng mashhur kurashchilar va mutaxassislar taklif etilar edi.
Bunday tarbiya sistemasi natijasida ritsarlar, odatda, jismoniy jihatdan kuchli,
epchil va matonatli kishilar bo`lib, ular harbiy harakatlarning asosiy usullaridan
xabardor bo`lar edilar. Dag`al jismoniy kuch ularning iftixori hisoblanar edi. Ular
o`zlarining doirasida ritsarlik odob-qoidalari degan axloqqa amal qilar edilar.
,Lekin ular dehqonlarga va shaharliklarga nisbatan har qanday qo`pollik va
zo`rlikni ishlatar edilar. Ritsarlarning turnirlari ritsarlar harbiy sport
musobaqalarining o`ziga xos shaklidan iborat edi. Ularda go`yo feodal
aslzodalarning harbiy-jismoniy tayyorgarligiga va ritsar otryadlarining harbiy
harakatlari tayyorgarligiga yakun yasalar edi. Turnirlar ilk o`rta asr davrida
vujudga kelgan. Ular Fransiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Polsha va
Ispaniyada salb yurishlari davrida ayniqsa ravnaq topgan. Turnirlar o`z
taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o`tgan, birinchi bosqich- realistik harbiy
o`yinlar bo`lib, bunda turnirlar namunali kurashdan iborat edi, ikkinchi bosqich
sport yakka kurashi bo`lib, u fransuzlarda “jut”, nemislarda “tost” deb atalgan.
Ommaviy realistik kurashlar(“bug`urtlar”) keng katta maydonlarda o`tkazilgan
va biror harbiy harakat manzarasini eslatgan. Vaqtlar o`tishi bilan bu kurashlar
cheklangan maydonda, ma’lum vaqt qoida va tartibga asoslanib o`tkazila
boshlagan. Keyinchalik ommaviy turnirlar jut yoki tost turnirlari shaklini olgan.
Tost turnirlari XI asrda yakkama-yakka olishuvning ancha aniq formasi sifatida
paydo boldi. XIII asrda ular turnir progrommasining asosiy qismiga kiritiladi
boshlandi va risarlar doirasida juda keng tarqaldi.Poyga va nayza bilan xarakat
qilish jut yoki tostda-og`ir aslaxa bilan qurollangan risarlarning yakkama-yakka
olishuvida asosiy mashqlardan edi. Belgilangan qoidaga muvofiq, chopib
kelayotgan otning ustida turib, nayza zarbi bilan raqibini egar ustidan uchirib
yuborish lozim edi.
Turnirlar maxsus maydonlarda-poyga va boshqa musobaqalar o`tkaziladigan
maydonlarda o`tkazilar edi.Dastlabki turnirlar vaqtida qal’a va shaharlar yaqinidagi
atrofi o`ralmagan joylar ana shunday maydonlar vazifasini o`tar edi. XI asrdan
boshlab maxsus maydonlarning hajmi ma’lum bir tartibga solina boshladi, lekin bu
hamma joyda ham bir xil emas edi. XIV asrda turnir ishtirokchilarining
xavfsizligini ta’minlash maqsadida maydonlar to`siqlar bilan to`sib qo`yiladigan
bo`ldi.; raqiblar ana shu to`siqlar bo`ylab bhir-birlariga qarshi harakat qilar edilar.
Asta-sekin ana shunday yakkama-yakka olishuvlardagi jang san’ati uchi to`mtoq
nayza bilan kuchli va aniq zarba berishdan iborat bo`lib qoldi.
Qurollangan ikki otryadning olishuvidan iborat bo`lgan ommaviy turnirlar
ancha jiddiy xarakterga ega edi. Otryadlar maydon chekkasidagi arqon bilan to`sib
qo`yilgan joyda saf tortib tizilishar edi. Signalga muvofiq, arqon uzib tashlanar va
otryadlar bir-biriga qarshi hujumga o`tar edilar. O`z shlyomini yo`qotgan va otdan
urib tushirilgan ritsarlar safdan chiqar edilar. Eng kam zarar ko`rgan otryad
turnirda g’olib chiqqan hisoblanar edi.Turnirda aloxida ajralgan ishtiroqchilar
xonimlar qolidan qimmatbaxo mukofot yoki yodgorlik sovg`asi olar edilar.
O`q otadigan qurol paydo bo`lishi bilan XIV asrdan boshlab otliq risarlar va
risarlik turnirlari tushkunlikka yuz tuta boshlanadi. Turnirlar feodol zodagonlar
uchun tomoshalarga aylanib qoldi, kambag`allashgan kichik risarlar esa
turnirlardan boyish va talash manbai sifatida foydalanar edilar.
O`yin va tamoshalar feodallarning, ayniqsa ularning bolalarining xarbiy-jismoniy
tarbiyasida katta o`rin tutar edi.O`g`il bolalar va yigitlar ixtiyorida yog`och
oyoqlar, arg`imchoqlar shag`al toshlar, pildiroqlar bo`lar edi. Bolalar xar jihatdan
ko`ngil ochishar, parklarda,o`rmonlarda dalalarda erkin yugirishar,daryoda
cho`milishar edi. Yigitlar o`yinchoq qal’alar qurishar va ularga hujum qilib,
“bosib”olishar edi. Musabaqa o`yinlari feodallarning tarbiyasida katta axamiyatga
ega edi. Musobaqa o`yinlarini ikki gruppaga: harbiy va sport gruppalariga ajratish
mumkin.
Harbiy o`yinlarda harbiy operatsiyalardan, asosan salb yurishlaridan, shuningdek
qahramonlik romanlaridan turli harbiy epizodlar(qal’ani qamal qilish, shahar
qal’asiga hujum qilish va hokazolar) qaytarilar edi. O`rta asrlarda bunday harbiy
o`yinlar soni g`oyat ko`p edi. “Salidin darasi” nomi bilan ataladigan o`yin ayniqsa
ommalashib ketgan edi.
Feodallarning eng sevimli sport o`yini kichik koptok-hozirgi tennis koptogiga
o`xshash koptok o`yini edi. Fransiyada bu o`yin “je de pom” (“olma o`yini”) deb
atalar edi. Bu o`yin uchun maxsus to`r, koptoklar, raketkalar tayyorlanib, maxsus
bino-“o`yin uyi” qurilar edi. Katta to`p bilan “sul” o`yini-futbol o`yinini eslatuvchi
o`yin o`ynalar edi. Bu o`yin asosan xalq o`yini edi. Lekin korol va uning atrofidagi
aslzodalar, ayniqsa qishloq dvoryanlari undan hazar qilmas edilar.
Feodallarning ko`ngil ochish o`yinlaridan akrobatika mashqlari, masalan, tikka
ko`tarilgan devorga qo`shimcha taxta bilan yugurib chiqish, qiyin to`siqlardan
sakrab o`tish, yog`och otda o`ynash mashqlari ma’lumdir. Ba’zi bir korollar va
boshqa feodallarning saroylarida maxsus akrobatika o`qituvchilari ham bo`lgan.
Yovvoyi hayvonlarga ov qilish ancha ommalashgan ko`ngil ochish vositasi
bo`lgan. Ovda ritsarlar, xonimlar, qurolbardorlar, pajlar va ko`p sonli mulozimlar
qatnashgan. Maxsus kishilar hayvonlarni uyasidan quvib, ovchilar kelayotgan
tarafga chiqarganlar, ovchilar esa hayvonlarni otganlar yoki o`tsiz qurol bilan
yaralaganlar. Odatda, ot ustida turib ov qilingan. Quturgan hayvonlar ba’zan
ovchilarga hujum qilgan, shuning uchun ovchilarga jasurlik, epchillik bilan
chaqqon harakatlar qilishga to`g`ri kelgan. Bu esa omadli ovchilar dong`ini
chiqargan.
O`yin va tomoshalar oqsuyak va ruhoniy feodallar hayotida katta o`rin tutgan.
G`arbiy Yevropa feodallarining hech qanday qonun bilan belgilanmagan,
tartibga solinmagan harbiy-jismoniy tarbiya sistemasi ana shunday edi. Bu
tarbiyaning oqibat maqsadi feodallarni feodal tuzumini mustahkamlash hamda
krepostnoy dehqon va hunarmandlarni itoatgo`ylikda saqlash uchun kurashga
tayyorlashdan iborat edi. Taraqqiy etgan feodalizm davrida Vizantiya va Rus
feodal knyazliklarida jismoniy tarbiya birmuncha boshqacharoq ravnaq topdi.
Vizantiya turklar tomonidan bosib olinishiga qadar(1453 yil) u yerda sirk
tomoshalari, o`yinlari va ko`ngil ochish vositalari sifatida antik jismoniy tarbiya
izlari saqlanib qoldi.
Rus feodal knyazliklarida knyazlarning harbiy-jismoniy tarbiy sistemasi,
G`arbdagi singari, xalqdan keskin farq qilmas edi. Rus knyazlari Rus yerining ko`p
sonli dushmanlariga-cho`l ko`chmanchilari va G`arbiy Yevropa ritsarlariga qarshi
kurashda xalq lashkariga tayanishga majbur edi. Shuning uchun xalq ommasi bu
yerda harbiy ishdan chetlashtirilmagan edi. Knyazlar va ularning drujinalarining
harbiy-jismoniy tarbiyasida jismoniy mashq va o`yinlarning xalq turlari ko`p
ishlatilganki, bu hol ham, ehtimol, shu bilanb izohlansa kerak.
Dostları ilə paylaş: |