kuchini quritar edi. Ularning tomoshalar, jismoniy mashqlar uchun vaqti ham,
kuchi ham yetmas edi. Cherkov xalqning jismoniy mashqlariga qarshi chiqdi.
Cherkov xalq orasida badan to`g`risida g`amxo`rlik qilishning gunoh ekanligi
to`g`risida rivoyat tarqatdi, o`zini tiyishni va tarki dunyo qilib hayot kechirishni
targ`ib qildi. Biroq dehqonlar o`zlarining muhitlarida qadimdan yashab kelayotgan
jismoniy mashq va o`yinlarni mehnat faoliyatiga va feodallarga qarshi kurashga
tayyorlash vositalaridan biri sifatida saqlab qolishga intildilar.
Feodallarning o`zlari ham, quldorlik tuzumining ravnaq topgan davridagi
quldorlar singari, jismoniy mashqlar bilan aktiv shug`ullandilar, o`zlarini
bosqinchilik
urishlariga
va
krepostnoylikka
aylantirilgan
dehqonlarning
qo`zg`olonlarini bostirishga tayyorlab bordilar. Urush olib borishning yangi usuli
va yangi harbiy texnika jismoniy tarbiya vositalari va metodlarida ayrim
o`zgarishlar sodir bo`lishiga olib keldi. Ritsarlarning butun tarbiyasi harbiy-
jismoniy tayyorgarlikdan iborat edi. Ritsarlik turnirlari o`sha vaqtlarda o`ziga xos
ko`ngil ochish vositasi emas, balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsarlarning harbiy-
jismoniy jihatdan tayyorgarligini namoyish etuvchi ko`rik, ot, nayza va qilichni
ishlatish mahoratiga doir musobaqa edi.
G`arbiy Yevropa shaharlarining aholilari feodal ritsarlardan mustaqil bo`lib
olishga harakat qildilar. Ular qo`llariga qurol tutgan holda kurashib, o`z erkinligini
olishlari lozim edi. Bu esa ularni shaharlar atrofida devorlar qurishga va handaqlar
qazishga, qorovullik xizmatini o`tashga va harbiy jismoniy tayyorgarlik bilan
shug`ullanishga majbur qildi. O`sha vaqtdagi shaharliklar orasida yugurish,
sakrash, tosh uloqtirish, og`irlikni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish,
qilichbozlik, yoydan o`q otish, kurashish va to`p o`ynash singari jismoniy
mashqlar rasm bo`lgan edi. Ular bu mashqlar yuzasidan uyushtiriladigan
musobaqalarni bayram kunlari o`tkazar edilar. Keyinchalik shaharliklar tomonidan
qilichbozlik va o`q otish qardoshlik uyushmalari tashkil etilgan edi.
Agar quldorlik tuzumida jismoniy tarbiya faqat quldorlar orasida taraqqiy
etgan bo`lsa, feodal tuzumida esa u faqat hukmron sinf o`rtasida emas, balki
ekspluatatsiya qilinuvchi aholi o`rtasida ham rivojlandi. Shaharliklar va dehqonlar
o`rtasida o`tkaziladigan xalq jismoniy tarbiyasi mustaqillik va xalq an’analari
asosida amalga oshirilar edi. Bu tarbiya moddiy boyliklarni bevosita
yaratuvchilarining jismoniy kamolotiga imkon berar va shuning uchun quldorlik
jamiyatidagi jismoniy tarbiyaga nisbatan progressiv edi.
Dostları ilə paylaş: