masalalari jamoasi oillasida tug`ildi va o`sdi, keyin esa turli
mamlakatlarda pedagog bo`lib ishladi. Komenskiy, tabiat har bir kishiga ma’naviy
kamolot imkoniyatlarini bergan, deb ta’kidladi, shuning uchun ham u umumiy
ta’limning zarurligi to`g`risidagi masalani o`rtaga qo`ydi. U ishonch bilan: “Faqat
boylar yoki aslzodalarning bolalari uchungina emas, balki umuman hamma uchun:
aslzodalar va aslzoda bo`lmaganlar, boylar va kambag`allar, og`il bolalar va qizlar
uchun barcha shaharlar, katta qishloqlar va joylarda maktablar barpo qilish
kerak”,-deb yozdi. Tarbiya masalalarida u demokrat sifatida, o`z davrining
chinakam gumanisti sifatida maydonga chiqdi. Komenskiy maktablarni tubdan
isloh qilish masalasini o`rtaga qo`yib, ularni “insoniylik ustaxonalariga”aylantirish
lozimligini ta’kidladi.U formal quruq ta’lim metodlarini tanqid qilibgina qolmadi,
balki yangi pedagogika asoslarini ham ishlab chiqdi. Komenskiy ta’limda
ko`rgazmalilik masalasiga katta e’tibor berdi; mashg`ulotlarning sinf-dars
formasini taklif qildi. Uning didaktik prinsiplari hozir ham ahamiyatini yo`qotgani
yo`q.
Komenskiy, boshqa gumanistlar singari, jismoniy tarbiya masalalari bilan
ko`p shug`ullandi. U, inson sog`lig`ining mustahkamlanishi va jismoniy kuchining
o`sishi uning ma’naviy kamoloti uchun bevosita shart-sharoit yaratadi, deb
hisobladi. U o`yinlar va jismoniy mashqlarni bolalarni axloqiy jihatdan
tarbiyalashdagi muhim vositalardan biri sifatida ham baholadi.
Komenskiy o`z sistemasini qadimgi odamlarning obro`yi va tajribasi asosida
emas, balki bolalarni o`qitish ishida tarbiyaga muvofiqlik va xalq tajribasi asosida
ishlab chiqdi. U tanlab olingan alohida kishilar haqida emas, balki xalq ommasi
haqida o`yladi va xalq ommasi uchun juda ko`p ishlar qildi.
Barcha burjua gumanistlarining progressivligi shundaki, ular o`rta asrning
quruq tarbiyasiga va tarkidunyochilik g`oyalariga qarshi aktiv kurashdilar, inson
shaxsining erkin kamol topishini quvvatladilar va jismoniy tarbiyani umumiy
tarbiya sistemasining ajralmas bir qismi sifatida ilgari surdilar.
Lekin burjua gumanistlarining aksariyati xalq to`g`risida emas, balki
jamiyatning bir to`da boshliqlari to`g`risida, xalqdan ajralgan va xalqni
ekspluatatsiya qilgan kishilar haqida g`amxo`rlik qildilar. Bu burjua gumanistlari
o`zlarining barcha g`ayratlarini cherkov obro`yiga qarshi kurashga qaratib, tug`ilib
kelayotgan burjua jamiyatining konservativ kuchiga aylandilar. Xalqqa tayangan
va xalq baxt-saodati yo`lida mehnat qilgan (Komenskiy singari) gumanistlarning
ijodi esa so`nggi o`rta asr davrining demokrat gumanistlarining ijodi sifatida asrlar
osha bizning kunlarimizgacha yetib keldi.