Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati


G`arbiy Yevropa davlatlaridagi hukmron sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 275,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix16.06.2023
ölçüsü275,83 Kb.
#131422
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
S3. O‘rta asirlarda jismoniy tarbiya

G`arbiy Yevropa davlatlaridagi hukmron sinflar jismoniy tarbiyasi.  
Ritsarlik tarbiya sistemasining barham topishi 
 
Poroxning va o`q otadigan qurolning paydo bo`lishi qurolli kuchlar tarkibining 
tubdan o`zgarishiga olib keldi. Piyoda askarlar va artilleriya og`ir qurollar bilan 


qurollangan otliq askarlarni siqib chiqardi va ritsarlarning harbiy jismoniy 
tayyorgarlik sistemasining hammasini foydasizqilib qo`ydi. Lekin ritsarlar 
o`zlarining imtiyozli hisoblangan, ularning obro`yini saqlab turgan va boshqa 
sinflardan ajratib turgan narsalardan darhol voz kechmadi. Butun XV asr davomida 
hali turnirlar o`tkazib turildi, lekin endi kishilarning e’tibori turnir 
ishtirokchilarining texnikasi va harbiy ta’lim ko`rganligiga emas, balki 
kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga qaratilar edi. 1487 yili 
Vormsda so`nggi umumgerman turniri, 1512 yili esa oxirgi mahalliy turnir bo`lib 
o`tdi. Jangchi ritsarni tarbiyalashning qattiq sistemasi asta-sekin unutib borildi. 
Ritsarlik tarbiya site,asi o`rnida dvoryan tayyorlash sistemasi - saroydagi olifta-
dangasa roliga tayyorgarlik sistemasi vujudga keldi.
Ritsarlik qal’alaridan shaharlarning iqtisodiy jihatdan ustunligi holida 
qimmatbaho o`q otuvchi qurollar burjuaziyaning va unga tayanadigan korol 
hokimiyatining mulki bo`lib qoldi. Burjua boyligining o`sib borishi ularga 
yollanma qo`shinlar-landoknextlar saqlashga imkon berdi. Bular nayza, oybolta, 
qilich va o`q otuvchi aslaha bilan qurollangan professional jangchilarning to`dalari 
(otryadlari) edi. Ular urushlarga yollanib borishar va shuning uchun keskin 
janglardan o`zlarini olib qochar edi. Landsknextlar o`q otadigan qurolni ishlatish 
usullarinigina emas, balki o`tsiz qurolni ishlatish usulini ham o`rganar, qurolsiz 
kurashishga, suvda suzishga o`rganar va o`zlarida chidamlilik xususiyatlarini 
tarbiyalar edilar. Landsknextlar qimmatga tushar edi, ular intizomsiz, jangda 
unchalik ishonchli emas, tinchlik davrlarida esa davlat uchun xavfli kishilar edi. Bu 
hol asta-sekindoimiy armiyaga o`tishga sabab bo`ldi; bu armiyaning oddiy ommasi 
shahar kambag`allari va yersiz dehqonlardan tarkib topar edi. Armiyaga 
olinganlarning hammasiga ta’lim berish ishiga qattiqqo’llik munosabatida bo`linar 
edi. Safda yurish tayyorgarligi va bir xil standart harakat va usullarni sinchiklab 
o`rganib borish jangchilarning individual xususiyatlarini yo`q qilar, ularning aqlini 
o`tmaslashtirar, ongini tumanlashtirib, avtomatga aylantirar edi. Komandirlar 
sostavi kambag`allashgan dvoryanlardan tarkib topar va maxsus tashkil etilgan 
harbiy maktablarda ta’lim olar edi. Bu maktablarning o`quvchilari va butun 
komandirlar sostavi zavq-shavq ila otda yurish, qilichbozlik, pistoletdan o`q otish, 
suzish, ov qilish, raqs tushish, soldatlarni qo`pol mashq qildirish bilan shug`ullanar 
edilar.

Yüklə 275,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin