Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə108/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Ertalabki gimnastika yasli va bochalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turibla
o‘tkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bo‘lganlarda ertalabki gimnas-tika individual yoki 5-10 kishiga bo‘lingan
guruxlarda, yoshi kattalarda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o‘tkaziladi. Ertalabki gimnastika xilma-
xil yurish, yugurish va turli xil mashqlar bajarish xamda sakrash bilan tugallanadi. Ayrim xollarda mashq syujetiga,
ritmiga moslashtirilgan qo‘shiqlar bilan o‘tkaziladi.
Tizimli o‘tkazilgan jismoniy mashqlar asosan bolalarni kuchini, elastikligini mustaxkamlaydi, nafas olish, qon
aylanish va yurak tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari
ertalabki gimnastika uyushgan xolda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, xar kungi bajarilgan jismoniy mashqlarning
taosir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning soliqqa foydasi xaqidagi dastlabki elementar bilimlarni
shakllanishiga olib keladi.
Kichik yoshdagilarda jismoniy mashqlar kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish va xayotda uchraydigan
syujetlarni o‘z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yoshi ulaygan sari 8 tagacha bir kompleks bir xaftaga
mo‘ljallab tuziladi va 3-4 kundan so‘ng qiyinlashtiriladi, 7-12 daqiqa davomida o‘tkazi-ladi. 6-7 yoshdagilarga esa
maktab dasturi materialiga yaqin bo‘lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashq-lar dozasini uni
bajarilish oirligiga qarab belgilanadi. yelka va bo‘yin muskullari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel muskullari
mashqlari 4-8 marta takrorlanadi.
Chiniqtiruvchi muolajalar yasli va bochalardagi kundalik va xayotiy chinqitirishdan tashqari bolalar bilan
maxsus xavo va quyosh vannalari, suvda cho‘miltirish orqali chiniqtirishlar kiritiladi. bulardan tashqari yana ayrim
protseduralar borki ular jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borilgandagina effekt beradi (Levi Gorinevskaya va A.I.
Bikovaning «Bola organizmini chiniqtirish» 1962y.).

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin