12.1. Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy
(xarakat) sifatlarini tarbiyalash
Jismoniy mashqlarni bajarish protsessida bu yoshdagi bolalarda chaqqonlik, tezlik, kuch, chidamlilik va
egiluvchanlik sifatlari tarbiyalanadi. Ularni anatomo-fiziologik xususiyat-larini eotiborga olganimizda chaqqonlik va
tezlik sifatla-rini tarbiyalashning imkoniyati ularda boshqa sifatlarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi, aksincha kuch va
chidamlilik xarakat sifatlarini tarbiyalashga esa extiyotkorlik zarur. Lekin bu sifatlarni rivojlantirish umuman to‘xtatib
qo‘yilmaydi, chunki kuch va chidamlilik elementlari xar bir xarakat faoliyati uchun zarur, bu sifatlar tarbiyachini
xoxishsiz xam boshqa xarakat faoliyatlari davomida namoyon bo‘ladi. yurish, sakrash, uloqtirishdek xarakatlar
tarkibida bu sifatlar baribir namoyon bo‘ladi.
Bu yoshdagilarning nerv tizimini egiluvchanligi, jismoniy sifatlarni teng rivojlantirishga yaxshi imkoniyat
yaratadi. Chunki nerv sistemasidagi qo‘zalish va tormozlanish biri ikkinchisi bilan tez almashinish qobiliyati bilan
boliq. Ayniqsa xarakatli o‘yinlar davomida oldindan rejalashtiril-magan, o‘yin faoliyati uchun zarur bo‘lgan
favqulotdagi xarakatlarni bajarishga to‘ri keladi va ular qisqa vaqt ichida bir-biriga o‘z o‘rnini tez almashinishi bilan
namoyon bo‘ladi. Bu esa chaqqonlik sifatini oson rivojlantirishga sharoitni yaratadi.
Nerv protsessi katta tezlikdagi tezlik jismoniy sifatini rivojlanishini tezlashtiradi. Qisqa vaqt mobaynida
minimal tezlik bilan yugurish, velosiped va boshqa mashqlar tezlikni rivojlanishiga omil bo‘ladi. Bu mashqlarda
albatta meoyor to‘ri tanlanishi va ularni o‘zaro o‘rin almashinishi muxim axamiyatga egadir.
Bu yoshdagi bolalarda bo‘yin, qorin, orqa, bel muskullari kuchsiz bo‘lib ularda qomat yaxshi rivojlanmaydi.
Shunga ko‘ra shu gurux muskullarini rivojlantirish uchun (yurish, yugurish, tanani bukib to‘rilab bajaradigan)
mashqlarni tanlab olish, ularni yurish tezlishini orttirish, boshqa xarakat sifatlariga nisbatan yuqori ko‘rsatgichga
erishishi mumkinligini ifoda-lashdan iborat bo‘ladi. bularsiz bola kundalik xayotida uchray-digan jismoniy mashqlarni
bajarishda, jismoniy mexnatda qiyinchilikka uchragan bo‘lar edi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga mashq berishdan oldin, ularga o‘sha mashqning axamiyatini, bajarish
texnikasini, ozgina bo‘lsa xam xarakatli o‘yin qoidalarini, umumiy va shaxsiy gigiena qoidalari, tanani tarbiyalashning
ayrim elementlarini o‘rgatilib borilishi lozim. Bu yoshdagilarga jismoniy mashqni o‘zi mastuqil va guruxi bilan
bajarishga o‘rgatish ko‘nikmalari berib boriladi. O‘zidan kichik guruxlarda jismoniy mashqlarni bajarishga o‘rgatish,
o‘zini sport razryadini o‘sayotganiga va katta sportchilar natijalariga qizi-qishga, do‘stlik, o‘zaro yordam,
o‘yinchoqlarga nisbatan munosabat masalasi, axloq normalarini rivojlanishiga eotibor beriladi. ularda jismoniy
tarbiyani shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, o‘sha yoshi uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar, aqliy, axloqiy va estetik
didni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borilsin. Esteti-kadan tanining tuzilishi, qomatini tik tutib yurish, xarakat-larini
mayin xamda chiroyliligi, kiyim boshini qanday tutish va boshqalar to‘risida tushuncha berish kerak bo‘ladi. Jismoniy
tarbiya jarayoni davrida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga, diqqat qabul qilish,
tushun-chaga ega bo‘lish, fikrlash, ko‘z oldiga keltirish, bilimini va boshqa xislatlarni mastaxkamlash tarbiya
jarayonining asosiy mazmuniga aylantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |