Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org
O‘yinning moxiyatini o‘rganishning nisbatan perespektiv yo‘nalishi usuliyatlashtirish nazariyasi xisoblanadi. Shunga muvofiq, o‘yinlar insonning oldindan belgilangan xayotiy sharoitda ishlab chiqargan o‘zining
yurish-turishi, xulqi chegarasidan chiqmaydigan o‘ziga xos elementlarning modelidir (N.I. Ponamarev). O‘yinda
shartli ravishda butun bir xayotiy situatsiya o‘z ifodasini topishi mumkin (masalan, o‘yinlarda taqlid qilish), inson
xarakat faolitining ayrimlari turmush, mexnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi xarakatlar bo‘lib, ularda asosan odamlar
orasidagi o‘zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O‘yin tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo‘lib,
odamlarning xarbiy va mexnat faoliyati asosida paydo bo‘lgan va u inson xayotining moddiy va ijtimoiy sharoitlari
bilan belgilanadi. O‘yin xayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o‘zida o‘zining sof shartli qonun-lariga
bo‘ysunadi. U bizni o‘rab olgan borliqni o‘zgartirishni nazarda tutmaydi, lekin insonni ijodiy mexnatga tayyorlovchi
shart sifatida inson madaniyatining muxim manbai rolini o‘ynaydi. Shunga boliq xolda o‘yin quyidagi xizmatlarni bajaradi:tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiya-laydi)
va ko‘ngil ochish, munosabatlarini, shuningdek, ularni o‘rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni shakllantiradi. Bu
kabi asosiy xizmatlar o‘yinlarning yo‘nalishi va mazmunini belgilaydi.
Jismoniy tarbiyadagi barcha o‘yinlarning asosiy mazmu-nini insonni jismoniy kamolotga erishtirishga
imkoniyat yaratuvchi xarakat faoliyatlari tashkil etadi. O‘yinlar xamda gimnastika, sport, turizmdagi farqni ko‘p xolda
shartli deb tan olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivojlanish meoyoriga ko‘ra yanada yaqqol ko‘rinadi. O‘yinga
konkret xarakat faoli-yatlari tizimi deb qarash zarur, ular belgilangan qoidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida
jismoniy mashq xarakteriga qaramay, turlicha pedagogik vazifalarni xal etishi mumkin.
O‘yinlar usuliyat tarzida faqat umumiy qabul qilin-ganlaridek amalga oshirilmaydi. O‘yin usuliyati vositalari va
ularning shakliga ko‘ra rasmiy o‘yinlarga nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o‘yin usuliyati asosida
darsning xamma qismlarini o‘yinlarsiz o‘tkazish mumkin (toqqa sayoxat o‘yini). Muvozanat saqlash mashqini
bajarayotib to‘siqlardan oshishi yoki chuqurliklar ustidan o‘tish tarzidagi o‘yinlardn foydalanish mumkin.