1. O‘yin xolatida raqiblik va emotsionallik element-larini aniq ifodalash. O‘yin usuliyati insonlar orasidagi eng
qiyin munosabatlarni yuzaga chiqarishi imkonini beradi. Xatto yugurish musobaqasi sharoitida qatnashuvchilar
orasida shuncha-lar ko‘p qirrali xolatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o‘yinchi o‘rtasidagi paydo bo‘lgan xolatlardan
ancha oz bo‘ladi. Shu bilan boliq xolda o‘yin usuliyati o‘yinchilar orasidagi munosabatlarni katoiyan
reglamentlashtirishni talab qiladi.
2. Xarakat faoliyatini bajarish davomida
sharoitning o‘zgaruvchanligi. Buning natijasida o‘yinchilar paydo
bo‘ladigan vazifalarni xal qilishning turli-tuman usullariga ega bo‘li-shi, ularda shakllangan malakalar o‘zgaruvchan
sharoitda mosla-nuvchanligi va egiluvchanligi bilan ajralib turishi lozim.
3. Xarakat faoliyatidagi
ijodiy tashabbuslarga yuqori talablar qo‘yish. O‘yin xolatining o‘zgaruvchanligi
jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustaqil-likni faolroq namoyon qilish talabini qo‘yadi.
4. Xarakat faoliyati
va nagruzka xarakterida qatoiy reglamentlashtirishning yo‘qligi. O‘quvchilar maxsus yoki
shartli (soddalashtirilgan, murakkablashtirilgan) qoidalar chegarasida paydo bo‘lgan xarakat faoliyati vazifalarini xal
qilish uchun o‘zlari samarali xisoblagan xarakat faoliyatlaridan foydala-nishlari mumkin. Bunda o‘quvchiga
tushayotgan nagruzka to‘laligicha uning o‘yinda bajarayotgan funksiyasi, faolroq bajarv olishi va oldindan belgilangan
sharoiti (o‘yindan foydalanish usuliyat)ning
davomiyligiga, o‘yinchilar soni, o‘yin mazmuni va boshqalarga boliq.
Yangi xarakat faoliyatlarini o‘rganish uchun o‘yin usuliyatidan foydalanilsa, reglamentlashtirishning dara-jasi oshadi.
Masalan, o‘yin metodi bilan qanatga uch usul bilan tirmashib chiqishning biror-bir elementini o‘rganayotgan bo‘l-sak,
osilib turganda oyoqlarni tizzadan bukib oldinga yiish (ko‘tarish)ni o‘rgatishni, o‘yin tarzida chuqurlik ustidan osilib
turgan kanatda uchib o‘tish o‘yinini qo‘llash bilan o‘rgatish mumkin.
5. O‘yin faoliyati vazifalari bilan muvofiq xarakat faoliyatlari va sifatlarining kompleks namoyon qilinishi.
Jismoniy tarbiyada o‘yinlar qandaydir maxsus xarakatlar yiindisidan iborat emas. Qoidadagi kabi ularda o‘z shaklinig
tabiiyligi bilan ajralib turadigan xarakat faoliyatlari uchraydi (yugurish, sakrash va x.k.). Aytarli ko‘pchilik o‘yinlarda
o‘yinchilar alabaga erishish uchun
bir necha xarakat faoliyatidan, qolaversa, turlicha aralash shakldagi faoliyatlardan
foydala-nadilar. Bularing barchasi o‘yinchilar organizmiga kompleksli taosirni taominlaydi.
6. O‘yinchilarning o‘zaro munosabalarini biror predmet (masalan, to‘p, bayroqlar va boshqalar)
orqali amalga
oshirish.
Mazmuni va tasnifining boyligiga ko‘ra o‘yin usuliyati xarakat malakalari va xarakat sifatlarini kompleksli
rivoj-lantirish, xarakat koordinatsiyasini takomillashtirish uchun, birdaniga, yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lgan vazifalarni
yecha olish, qisqa fursatda lozim bo‘lgan ish tempiga kira olish imko-niyatlarini vujudga
keltira olishini axamiyati
katta. Bu usuliyat orqali taolimning samaradorligini aniqlash va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish
uchun vosita sifatida foydalanish xam mumkin. O‘yindan to‘ri foydalanish asosida kollektivizm ruxi, faollik,
tashabbuskorlik, qo‘rqmas-lik (botirlik), katoiyyatlilik va ongli intizomni tarbiyalash puxtalik
bilan amalga oshiriladi
va uning natijasi taolim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. O‘yin usuliyatining salbiy
tomoni xam mavjud. Taolim jarayonida undan yangi, ayniqsa, qiyin xarakat texnikasiga ega bo‘lgan faoliyat
malakasini shakllantirishda foydalanishning Samara-dorligi pastroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: