Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə98/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Bo‘laklarga ajratib o‘qitish metodi yo‘qotilgan malaka-larni tezda tiklanishiga taosir ko‘rsatadi.
Koordinatsiyasiga ko‘ra o‘ta qiyin mashqlarni o‘zlashtirishda bu usuliyat bebaxodir. Lozim bo‘lsa bo‘laklarga ajratish
ayrim bo‘inlar, ajartib olingan muskul guruxlariga aloxida taosir etish imkoni bu usuliyatda o‘ta yuqori bo‘ladi.
Lekin mashq texnikasini bilmay qismlarga ajratish, favqulodda tanlangan yo‘llanma beruvchi mashqlar, ulardan
noto‘ri foydalanish xarakat malakasining shakllanish jarayoniga salbiy taosir ko‘rsatadi.
Xarkatni to‘la o‘zlashtirish usuliyati xarakat faoliyati taolimning yakuniy vazifasi nimadan iborat bo‘lsa,
shunga yaqin ko‘rinishda o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Bu usuliyat xar qanday xarakat aktini o‘qitishning yakuniy
etapida bo‘laklarga ajratib o‘qitish usuliyatidan so‘ng qo‘llaniladi.
Jismoniy mashq texnikasini takomillashtirish uni to‘la bajarish orqali amalga oshiriladi. Xarakat faoliyatini bir
butunligiga o‘zlashtirish xarakat faoliyatini bajarib ko‘rish, sinash (oprobirovanie)da eng qulay usuldir. Aksariyat
xarakat faoliyatlari shunchalar soddaki, ularni bo‘laklarga ajratib o‘qitish vaqtni bexuda sarflash demakdir, shuning
uchun xarakat xolatini to‘la o‘rgatish amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladi. Ayrim xarakat faoliyatlarini biz xali ilmiy
ravishda bo‘laklarga ajrata olmaymiz, shuningdek, o‘zini to‘la oqlagan yo‘llanma be-ruvchi mashqlar tizimini xam
xozircha ishlay olganimizcha yo‘q.
Qisman reglamentlashtirilgan mashq usuliyati. Ko‘zda tutilgan vazifani bajarish uchun o‘quvchilarga
faoliyatni nisba-tan erkin tanlashga yo‘l qo‘yadi. Bu usuliyatdan, qoida bo‘yicha takomillashtirish etapda
foydalaniladi, bunda o‘quvchi yetarli darajadagi bilim va bajara olishga malakasiga ega bo‘lganligi xisobga olinadi. Bu
guruxchaga kiruvchi o‘yin va musobaqa metodlari turli belgilarga ega bo‘lishiga qaramay, ularni yagona umumiyligi
mavjud: ularni qo‘llashda o‘quvchilar orasida doimo raqobat (bir-birini malub qilish) xissiyoti ustun bo‘ladi,
o‘quvchilarda o‘z kuchini, u yoki bu faoliyatini bajarishda ustunligini isbotlash uchun intilish xar doim yuqori bo‘ladi.
O‘yin usuliyati jismoniy tarbiyadagi o‘yinlarning ko‘pchilik belgilarini o‘zida mujassamlangan. Darslikning
“Jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi” bo‘limi-da o‘yin jismoniy mashq xarakteridagi tizim tarzida,
yaoni jismoniy tarbiya vositasi ko‘rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada o‘yinlar taolim va tarbiyaning samarali
usuliyati sifatida xam mavjud bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘yin metodining tabiatini o‘yin moxiyatini ochish
orqaligina tushunish mumkin xolos.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin