Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Yo‘llanma beruvchi mashqlardan



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə97/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Yo‘llanma beruvchi mashqlardan to‘la xarakat aktini o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun oldindan, bir qator
xususiy bilimlarni berish vazifalarni xal etishda foydalaniladi. Shuning uchun bir butun xarakat faoliyatining nerv-
muskul zo‘riqishi elementlarining tuzilishi va xarakteriga moslab, ularga o‘xshash yo‘llanma beruvchi mashqlarni
topish muxim axamiyatga ega. Yo‘llanma beruvchi mashqlar markaziy nerv tizimidagi effektli izning to‘planishiga
imkon beradi, oqibatda ular eng sodda vaqtli aloqalar maolum o‘xshashlik va koordinatsion umumiyliklar orqali asosiy
mashqni o‘zlash-tirishni yengillashtiradi.
Yo‘llanma beruvchi mashqlar tizimi o‘qitish uchun mo‘ljal-langan faoliyat taxlili natijasida uni tarkibiy
qismlarga bo‘lish va ularga nisbatan javob beradigan darajadagi elementlar, ularni ajratib, o‘qitishda qo‘llashni taqazo
etadi. Yo‘llanma beruvchi mashqlar bir butun shaklda va o‘quvchilar kuchiga yarasha bo‘lishi kerak. Xarakat
faoliyatini bo‘laklarga bo‘lishning xarakteri, yo‘llanma beruvchi mashqlarning soni, ularning navbati - o‘qitishning
individual sharoitiga qarab qo‘llash uchun o‘qituvchi tomondan tanlanadi. Xar bir yo‘llanma berish mashqini qo‘llash,
uning davomiyligi (uzunligi), moxi-yati, qiyinligi va axamiyatini eotiborga olishda, o‘quvchilar tayyorgarligiga
qaraladi.
Yo‘llanma beruvchi mashqlarni shartli ravishda ikki xil ko‘rinishda tasavvur qilish mumkin:
1) bir butun xarakatdan ajratilgan qismlar yoki butun xarakat, lekin ulardan detallarni ajratib olingani bilan,
faoliyatning qismi xech qanday qo‘shimchasiz sof xolda, qismlarga bo‘lib o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyati texnika-
sini ajratilgan xoldagi ko‘rinishi tarzida;


2) yo‘llanma beruvchi mashqning ko‘rinishi o‘zlashtiri-layotgan faoliyatning belgilangan strukturasini tuzish


uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaklidagi ko‘rinishda.
Qismlarga bo‘lib o‘zlashtirish xarakat faoliyatini o‘zlash-tirish jarayonini yengillashtiradi va pedagogik
afzallikka ega. O‘quvchi mo‘ljallangan maqsadga asta-sekinlik bilan, shaxsiy tajribalarni to‘plash orqali keladi va
ulardan zarur bo‘lgan xarakat faoliyati shakllanadi. Butun xarakat aktidagi xar qaysi detalning rolini tushungan xolda
diqqat bir joyga to‘planadi, xar bir daqiqa esda qoladi - bularning xammasi ayrim bo‘laklarni puxta o‘zlashtirishga
sabab bo‘ladi, faoliyatni to‘la egallash yengil sharoitda o‘tadi, taolimning – o‘qitishning vaqti qisqaradi. Ayrim
xollarda usuliyatning samaradorligi, eng avvalo, mashqning sifatiga boliq bo‘ladi, va xarakat madaniya-tining oshishi
bilan ko‘zga tashlanadi. Yo‘llanma beruvchi mashqlarning ko‘pligini darslarni nisbatan turli tuman bo‘lishi, taolim
jarayoni qiziqarli o‘tishiga sabab bo‘ladi.
Xarakat malakalarini qismlarga ajratish orqali to‘p-langan boy xarakat zaxirasi vazifalarini muvaffaqiyatli xal
qilishga yordam beradi va shuullanuvchilar xarakat tajribasini yanada oshiradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin