Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signal-
larga reaksiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi
signali, buyrui bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari reaksiya
qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
7.4. Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati
Egiluvchanlik – jismoniy fazilat bo‘lib, xarakat tayanch apparatlarining morfofunksional xususiyatlari
demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining xarakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (oishi, egilishi,
buklanishi, cho‘zilishi, qayishqoqligi, buralishi va xokazolar) bilan o‘lchanadi.
Egiluvchanlik
aktiv, passiv bo‘lishi mumkin.
Muskul kuchi evaziga bo‘ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi
qarshilikni inersiya yoki oirligi evaziga tashqi taosir kuchi va xokazolar xisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik
passiv egiluvchan-lik deyiladi.
Emotsionallik ko‘tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchan-likning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy taosir
ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho‘zila-digan muskullarning qo‘zaluvchanligi
muxim axamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho‘zilayotgan muskullarni ximoyalash, saqlash xususiyati mavjud.
Cho‘zilayotgan muskullarning egiluv-chanligi ortishi bilan ularning qo‘zaluvchanlik xolati yuqori darajaga ko‘tariladi.
Bunda cho‘ziluvchan muskullarning faoliyati maolum darajada pasayadi.
Egiluvchanlikni namoyon bo‘lishi tashqi muxit temperatu-rasiga xam boliq. Temperaturaning ortishi bilan
egiluvchan-lik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo‘lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda,
egiluvchanlikka ko‘p taosir qiladi. Masalan, ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo‘ladi. Mashulot vaqtida
egiluvchanlik turli sharoitlar (xarorat, kunning vaqti) taosirida o‘zgarishini eotiborga olish lozim.
Egiluvchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay xolatlarni, chigal yozish (razminka) mashqlari
yordamida muskul-larni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. Egiluvchanlik charchash taosirida sezilarli o‘zgaradi,
Dostları ilə paylaş: