Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


 Malaka rivojlanishining ushlanishi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə63/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

4. Malaka rivojlanishining ushlanishi («plato»). Ushla-nish ikki sabab orqali vujudga kelishi mumkin:
- vaqt o‘tishi bilan malakaning sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi organizmdagi sezilmas darajada borayotgan
moslashuv jarayonining borishi;
- taolimning usuliyatini noto‘riligi yoki xarakat sifat-larini yetarli darajada rivojlanmaganligi orqali kelib
chiqadigan sabablar.
Agarda malakani ushlanishining sababi to‘ri aniqlansa, uni yengish ushlanishini tezroq o‘tishi uchun birinchi
sabab vaqt, ikkinchi sabab o‘qitishning vosita va metodlari bo‘lib, lozim bo‘lsa ularni keskin o‘zgartirish kerak
bo‘ladi.
Malakaning so‘nishi. Xarakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agarda mustaxkamlanib turilmasa
so‘nadi. So‘nish malakaning ketma-ketligiga o‘xshash ketma-ketlikda yoki uning teskarisi tartibida sodir bo‘ladi.
Malakani nomoyon qila olish boshlanishida sifat o‘zga-rishlariga darrov olib kelmaydi. Bu esa o‘quvchilarni
o‘z kuchlariga ishonmay qo‘yishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayrim xolatlarda bu faoliyatni bajarishdagi uzulishlarga
olib kelishi mumkin. So‘ng xarakatlarni aniq diferensiallash qobiliyati yo‘qola boshlaydi, xarakatlar oraliidagi qiyin
koordinatsion aloqalar buzila boshlaydi, oldin ko‘p vaqt sarflab erishilgan texnika ijrosidagi individuallik yo‘qo-ladi.
Tashqaridan bu xarakat faoliyatining yomonlashuvi bilan kuzatiladi. Masalan: uloqtirishda yomon natija, gimnastika
mashqlarining ijrosida xatolar sodir bo‘ladi va boshqalar. Mashq qilishning to‘xtatib qo‘yilishi bu xodisani yanada
sezilarli xolatda namoyon bo‘lishiga olib keladi. Nixoyat, shuullanuvchi ayrim qiyin xarakatlarni bajara olish
qobiliyatini yo‘qotadi. Tizimsiz mashulotlar malakaning namoyon bo‘lishining sifati (tez yugurush, balandroq sakrash
va boshqalar)ga salbiy taosir etadi va ijro texnikasi tezda yomonlashadi. Lekin xarakat malakasi butunlay yo‘q
bo‘lmaydi. Uning asosi juda uzoq saqlanishi mumkin va qator takrorlayverishlardan so‘ng tez tiklanadi. Mashq qilmay
qo‘yish orqali odam erkin, katta kuch sarflamay chiroyli va tez suzish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin, lekin u xech
qachon o‘z ish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Maxsus izlanishlar orqali V.V. Belinovichni aniqlanishicha, konpkida
uchishdek qiyin koordi-natsiya talab qilinadigan mashqda 10-12 yil konpkida turmagan, yurmaganlar bitta
mashulotning o‘zidayoq o‘zining eski malaka-sini tiklashlari mumkin ekan.
Xarakat malakasi mashqni takrorlamay qo‘yish orqaligina yomonlashmay, xarakat sifatlarining darajasini,
organizmning funksional imkoniyatlariini pasayishi orqali xam sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, stayerlarning yoshi
kattaligi sababli kislorodni maksimal sarflashining yomonlashuvi xisobiga sport natijasi pasayadi. Keyinchalik
sportchi qachonlardir yuqori natija ko‘rsatgan xarakat malakasini to‘la yo‘qotish mumkin.
Qari gimnastlar «max» bilan bajariladigan texnik jixatdan yengil mashqlarni juda osonlik bilan perekladina,
brusoyada bajarsalar, xalqada kuch bilan bajariladigan mashq-larni uddalay olmaydilar.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin