Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Quyidagilarni o‘yin usuliyatning xarakterli belgilari deb qarash mumkin



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Quyidagilarni o‘yin usuliyatning xarakterli belgilari deb qarash mumkin: 


1. O‘yin xolatida raqiblik va emotsionallik element-larini aniq ifodalash. O‘yin usuliyati insonlar orasidagi eng 
qiyin munosabatlarni yuzaga chiqarishi imkonini beradi. Xatto yugurish musobaqasi sharoitida qatnashuvchilar 
orasida shuncha-lar ko‘p qirrali xolatlar vujudga keladiki, lekin u ikki o‘yinchi o‘rtasidagi paydo bo‘lgan xolatlardan 
ancha oz bo‘ladi. Shu bilan boliq xolda o‘yin usuliyati o‘yinchilar orasidagi munosabatlarni katoiyan 
reglamentlashtirishni talab qiladi. 
2. Xarakat faoliyatini bajarish davomida sharoitning o‘zgaruvchanligi. Buning natijasida o‘yinchilar paydo 
bo‘ladigan vazifalarni xal qilishning turli-tuman usullariga ega bo‘li-shi, ularda shakllangan malakalar o‘zgaruvchan 
sharoitda mosla-nuvchanligi va egiluvchanligi bilan ajralib turishi lozim. 
3. Xarakat faoliyatidagi ijodiy tashabbuslarga yuqori talablar qo‘yish. O‘yin xolatining o‘zgaruvchanligi 
jismoniy mashqlarning natija beradiganlarini tanlashni va mustaqil-likni faolroq namoyon qilish talabini qo‘yadi. 
4. Xarakat faoliyati va nagruzka xarakterida qatoiy reglamentlashtirishning yo‘qligi. O‘quvchilar maxsus yoki 
shartli (soddalashtirilgan, murakkablashtirilgan) qoidalar chegarasida paydo bo‘lgan xarakat faoliyati vazifalarini xal 
qilish uchun o‘zlari samarali xisoblagan xarakat faoliyatlaridan foydala-nishlari mumkin. Bunda o‘quvchiga 
tushayotgan nagruzka to‘laligicha uning o‘yinda bajarayotgan funksiyasi, faolroq bajarv olishi va oldindan belgilangan 
sharoiti (o‘yindan foydalanish usuliyat)ning davomiyligiga, o‘yinchilar soni, o‘yin mazmuni va boshqalarga boliq. 
Yangi xarakat faoliyatlarini o‘rganish uchun o‘yin usuliyatidan foydalanilsa, reglamentlashtirishning dara-jasi oshadi. 
Masalan, o‘yin metodi bilan qanatga uch usul bilan tirmashib chiqishning biror-bir elementini o‘rganayotgan bo‘l-sak, 
osilib turganda oyoqlarni tizzadan bukib oldinga yiish (ko‘tarish)ni o‘rgatishni, o‘yin tarzida chuqurlik ustidan osilib 
turgan kanatda uchib o‘tish o‘yinini qo‘llash bilan o‘rgatish mumkin. 
5. O‘yin faoliyati vazifalari bilan muvofiq xarakat faoliyatlari va sifatlarining kompleks namoyon qilinishi. 
Jismoniy tarbiyada o‘yinlar qandaydir maxsus xarakatlar yiindisidan iborat emas. Qoidadagi kabi ularda o‘z shaklinig 
tabiiyligi bilan ajralib turadigan xarakat faoliyatlari uchraydi (yugurish, sakrash va x.k.). Aytarli ko‘pchilik o‘yinlarda 
o‘yinchilar alabaga erishish uchun bir necha xarakat faoliyatidan, qolaversa, turlicha aralash shakldagi faoliyatlardan 
foydala-nadilar. Bularing barchasi o‘yinchilar organizmiga kompleksli taosirni taominlaydi. 
6. O‘yinchilarning o‘zaro munosabalarini biror predmet (masalan, to‘p, bayroqlar va boshqalar) orqali amalga 
oshirish.
Mazmuni va tasnifining boyligiga ko‘ra o‘yin usuliyati xarakat malakalari va xarakat sifatlarini kompleksli 
rivoj-lantirish, xarakat koordinatsiyasini takomillashtirish uchun, birdaniga, yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lgan vazifalarni 
yecha olish, qisqa fursatda lozim bo‘lgan ish tempiga kira olish imko-niyatlarini vujudga keltira olishini axamiyati 
katta. Bu usuliyat orqali taolimning samaradorligini aniqlash va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish 
uchun vosita sifatida foydalanish xam mumkin. O‘yindan to‘ri foydalanish asosida kollektivizm ruxi, faollik, 
tashabbuskorlik, qo‘rqmas-lik (botirlik), katoiyyatlilik va ongli intizomni tarbiyalash puxtalik bilan amalga oshiriladi 
va uning natijasi taolim jarayonida yaqqol namoyon bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. O‘yin usuliyatining salbiy 
tomoni xam mavjud. Taolim jarayonida undan yangi, ayniqsa, qiyin xarakat texnikasiga ega bo‘lgan faoliyat 
malakasini shakllantirishda foydalanishning Samara-dorligi pastroq bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin