Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


aktiv egiluvchanlik ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

aktiv egiluvchanlik ko‘rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo‘ladi, degan fikr 
unchalar to‘ri emas. Bu fikrni boshqacharoq  bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq 
ko‘chadi, deb tushunsak to‘rirok bo‘ladi. Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqa-dor. Lekin kuchni 
rivojlantiradigan mashqlar bilan shuulla-nish bo‘inlarda xarakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin. 
Lekin bunday salbiy taosirni yengish mumkin. Egiluvchan-lik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga 
muvofiq qo‘shib olib borish yo‘li bilan egiluvchanlik jismoniy sifa-tini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar meoyoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib 
kelishi mumkin. Zaruriy xarakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini taominlaydigan xolatda rivojlantirish, 
uning meoyori esa xarakat bajariladigan maksimal amplituda-dan ortmasligiga erishish, egiluvchanlik zaxirasini 
boyitishga olib keladi. Egiluvchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo‘inlarning anotomik tuzilishi doirasida 
rivojlanish o‘zini oqlamaydi, chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladigan 
xolga kelishi mumkin. Umurtqa poonasining tos son va yelka bo‘inlarining xarakat-chanligini tarbiya jarayonidagi 
axamiyati beqiyosdir.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal xarakat amplitudasidagi cho‘zish, eshish, buklana olishni 
oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruxga (aktiv va passivga) bo‘linadi. 
Aktiv xarakatlarda bo‘inlardagi xarakatchanlik shu bo‘indan o‘tadigan muskullarning qisqarishi xisobiga ro‘y 
beradi, passiv xarakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, 
ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing maolum aozolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash 
(maxlar)lar, oxirgi xolatini ushlash (fiksiya), qarshiliklarni yengish, oirlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan, xarakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan 
(statik xolatda) bajariladigan mashqlar xam shu guruxga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning xolati tashqi kuchlar xisobiga saqlanadi. Bu aktiv egiluvchanlikni 
rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori 
ko‘rsatkichlarga olib keli-shi mumkin. Muskullarning cho‘ziluvchanligi nisbatan kam bo‘ladi. Agar bir xarakatda 
ularning uzunligini oshrishga xarakat qilinsa, uning natijasi juda past bo‘ladi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq 
qilish orqali ular qoldirgan natijalar yiilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo‘ladi. Shuning uchun egiluvchanlikni 
oshirish mashqlari seriyalar bilan, xar birini bir nechta marta qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilish 
xam zarur. 
Seriyadan seriyaga o‘tgan sari xarakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. Xar bir mashulotda cho‘ziluvchanlik 
mashqlarini oriq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Oriq paydo bo‘lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar 
mashqlarni xar kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa, ularning foydasi ko‘proq bo‘ladi. Agar egiluvchan-
likning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, yaoni mashulotlar sonini ozaytirib 
borish mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu 
mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy bo‘lmagan mashqlar orasidagi 
intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda yengil ter paydo 
bo‘lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar xisobiga erishilgan xarakatchanlik-ning ortishi 


nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperatu-rasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamayti-rish (issiq 
kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni maolum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o‘smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlanti-rish oson bo‘lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab 
bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin