Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Bardosh berish bilan, yon berish, bo‘shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Bardosh berish bilan, yon berish, bo‘shashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb 
atash qabul qilingan. Shunday qilib bunday sharoitlarda maksimal kuchni ko‘lami turlicha qayd qilingan kuch 
namoyon qilishning asosiy xillari kuch qobiliyatining klassifikatsiyasi sifatida qabul qilingan.
Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo‘riqishi tartibi-ning kombinatsiyalashtira olish xarakteriga qarab 
farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilgan xarakatlarda namoyon bo‘ladigan shaxsiy-kuch qobiliyatlari va tezlik-
kuchi xisobiga sodir bo‘ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladigan xarakat-larda qo‘llaniladi. Boshqachasiga buni 
shiddat (portlash) kuchi deb xam ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko‘p darajada kuch namoyon qila olish 
qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sak-rashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo‘ladi. 
Muskulning o‘ta zo‘riqishini optimal yo‘nalishi. Muskul kuchi belgilangan faoliyatning yo‘nalishiga iloji 
boricha yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza uloqtirishda zo‘r berib tanaga tezlik berishimiz 
mumkin, lekin bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa, sarf-langan kuch samarasiz bo‘ladi, nayza 
mo‘ljallangan traektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing oishi 54 va 72 gradusli burchak xosil 
qilgandan so‘ng startdan chiqishning samarasi turlicha bo‘ladi. Xisoblashlar ko‘rsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg 
kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal yo‘nalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. 
Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi Samara-dorli 105,80 kg bo‘lishi mumkin. Xarakat tezligini oshirish, 
gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch taosir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo‘lsa, tanani fazoda 
tezlanishi shunchalik qisqa vaqt ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi. Buning uchun kuch 
anchagina vaqt ichida taosir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim va katta kuch 
bilan taosir etish foydalidir. Oyoqning to‘pga tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho‘zib to‘p oraliidagi masofa 
uzaytirilib oyoq kafti-ning to‘pga tegish tezligi oshirilsa, to‘pning zarbi kuchayadi. Yo‘lning chegaralanishi tezlikni 
kuchayishini susaytiradi. 
Kuchning taosir etish vaqti qanchalik oz bo‘lsa, xarakat tezligi shuncha yuqori bo‘ladi. Gavda qiya chiziq 
bo‘ylab tezlik oladigan bo‘lsa shuncha ko‘p taosir kuchi kerak bo‘ladi.
To‘ri chiziq bo‘ylab xarakat tezligi uchun qiya chiziq bo‘ylab xarakat tezligiga nisbatan taosir kuchi oz talab 
qilinadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin