a) xarakatni bajara olishning malakasini vujudga keltirish;
b) xarakatni bajara olishni takomillashtirish.
Malakaning vujudga kelishi bosqichi malakaning
asosiy variantining, birlamchi shakllanishni taominlasa,
faoliyat-ning bajarilishi esa xarakat malakasi paydo bo‘lishining texnikasining belgilari bilan boliq. Shu sababli
o‘qituvchini xarakat texnikasining asosini va yetakchi xarakatlarni o‘rga-tishi, bajarishda muskullarning ortiqcha
taranglashishi, kerak-siz xarakatlarning paydo bo‘lishini
oldini olishi, ogoxlan-tirishi lozim bo‘ladi.
Agarda yangi xarakat faoliyati oldin o‘zlashtirilganlarga o‘xshash bo‘lsa, uni o‘zlashtirish uchun bir yoki ikki
urinishning o‘zi kifoya. Chunki stabil, muxim koordinatsiyaviy mexanizmi-ning fondi, boyligi qancha keng va ko‘p
bo‘lsa, o‘quvchining xarakat tajribasi shuncha yuqori bo‘ladi va osonlik bilan yangi xarakat faoliyatini o‘zlashtirib
oladi.
Xarakatni bajarishning takomillashgan pallasi xarakat malakasining asosiy variantlarini shakllanishi bilan
xarak-terlanadi va xarakat malakasining ayrim xususiyatlari xisobiga ro‘y beradi.
Nisbatan murakkablik (qiyinchilik) bilan bajariladi deb xisoblanadigan ayrim xarakatlar, ularning fazodagi
aniqligiga qarab va bajarish vaqtining davriga qarab bir oz buzilishi mumkin. Shuning uchun o‘qitishning
asosiy
vazifasi
xarakat texnikasi asosini mustaxkamlash bo‘lib, uning
ijro-sida stabillikga erishishdan iboratdir.
Xarakat faoliyatini o‘zlashtirish etapida taolimning barcha metodlaridan
keng foydalaniladi:
- so‘zdan foydalanish (tushuntirish, vazifa, ko‘rsatma berish, buyruq kabi);
- ko‘rgazmali xis etish (vositali, vositasiz ko‘rsatmali-lik);
- amaliy metodlar: bo‘laklarga ajratib yoki xarakatni bir butunligicha o‘rgatish bilan mashqlarni bajarish, o‘yin
va musobaqa metodlari.
Bular orasida amaliy metodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Bu etapda asosan xarakatlardagi
xatolarni aniqlash va
ularni tuzatish muximdir. Taolimning yutui xam ana shu muammoni xal etilishiga boliq.
Dostları ilə paylaş: