b) xarakat faoliyatini egallash, o‘rganishni ko‘rsatish talab etilsa, mashq texnikasining ijrosi ko‘rsatuvda
ishdivi-duallashtirilishi va sport maxoratini yuqori darajada ifodalaydigan bo‘lishi lozim;
v) o‘quvchi diqqatini aloxida xarakatlarga va aksentlash-tirilgan zo‘riqishlarga qaratish lozim bo‘lib qolsa,
ko‘rsatishda mashqning aynan o‘sha joylari
takroriy, uru berib, sekinlash-tirilib namoyon qilinadi, aniq bo‘lmagan,
palapartish ko‘rsa-tishlarga yo‘l qo‘yilmasligi, ijro esa o‘quvchilar tomonidan namuna sifatida
qabul kilinishi kerak
bo‘ladi.
Jismoniy mashqni o‘quvchi tomondan ko‘rsatishga quyidagi xollarda ruxsat berilishi mumkin:
a) o‘qituvchi salomatligi yomonligi tufayli xarakat faoliyatini ko‘rsata olmasa;
b) ko‘rsatishda o‘qituvchi imkoni bo‘lmay noqulay xolatda qoladigan xolatda turib qoladigan bo‘lsa (masalan,
boshi yerga qarab yoki o‘quvchilarga orqasi bilan turib qolsa);
v) o‘qituvchi o‘quvchida xarakatni butunlay bajarib bo‘l-maydi degan fikr to‘la ongiga singib qolganini
sezgan taqdirda uni yo‘qotish uchun;
g) o‘quvchi misolida mashq ijrosini individuallashgan texnikasini namoyishkorona bajarish kerak bo‘lib
qolgan taqdirda.
Ko‘rsatishda o‘qituvchi shunday nizomga rioya
qilishi kerakki, u barcha o‘quvchilarga raxbarlik qila olsin
(yuqoriroqda turib butun bajarilishini ko‘rishni turli tomondan kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin, sinfni nazoratda
tutish), o‘quvchilar mashqni faqat bir tomondan emas (masalan, yon profilda oyoqlarni bukish yozishning ko‘rinishi
qanday bo‘ladi va x.k.) ko‘rsata olsin.
«Bunday bajarish kerak emasligini ko‘rsatish”ni o‘qi-tuvchi tomonidan namoyish qilishga
ruxsat beriladigan
xolat-lar: o‘quvchi bajarilgan mashqga tanqidiy qarashni bilsa; o‘zlarining xarakatlarini taqqoslash solishtirish
malakasiga ega bo‘lsa; mashqni taxlil qila oladigan bo‘lganlarida; ko‘rsatishni ishontiradigan
tushuntirishlar bilan olib
bora olsa va o‘quvchini tanqid, masxara qilish maqsadida bo‘lmasa. “Oynada” aksini ko‘rgandek ko‘rsatuvlar faqat
sodda xarakatlar, asosan, umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni ko‘rsatishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi. Qiyin
xarakatlarni bu usulda ko‘rsatish qoidaga ko‘ra ijroning tabiiyligini, yengilligini yo‘qolishiga
olib kelishi amaliyotda
isbotlangan.
Dostları ilə paylaş: