Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Jismoniy tarbiya daqiqalari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Jismoniy tarbiya daqiqalari rasm mashulotlarida plastilin bilan ishlash paytida xisob, nutqni rivojlantirish 
mashulotlari davomida o‘tkaziladi. Bu mashulot uchun 2-3 ta jismoniy mashq tanlanib, ular o‘rnidan turgan, o‘tirgan 
xolda bajariladi. 
O‘yinlar ertalab soat 10
00
-12
00
larda va tushlikdan so‘ng o‘tkaziladi. Uni maqsadi bolalarda bizga maolum 
bo‘lgan jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir. Xarakatli o‘yin-larni tanlashda bolalarning jismoniy tayyorgarligi, 
maydon va undagi sharoitga eotibor beriladi. Tarbiyachi o‘yinni tanlab olgandan so‘ng uni qo‘llash usuliyatini puxta 
o‘ylab, so‘ngra o‘tkazadi. Bola uchun notanish o‘yinlarni o‘ynatish ancha qiyin-chiliklarga sabab bo‘ladi. katta 
yoshdagilarga esa mustaqil vazifalar beriladi. o‘yinlar 7-15 daqiqagacha davom etadi va 5-7 marotaba qaytariladi. 
Sayoxat xaftada 1-2 marotaba, 2 yoshgacha bo‘lganlarda esa, 1-2 marotaba uyushtiriladi. Unda oldindan boradigan 
joy, mashulot ssenariysi tuzilib sharoiti xisobga olinishi va lozim bo‘lgan jixozlar tayyorlanadi. Yoshiga qarab sayoxat 
muddati 20 minutda 1,5 soatgacha davom etkazish mumkin. 
Jismoniy madaniyat bayramlari bayram kunlari (yangi yil, Navro‘z, Mustaqillik, Konstitutsiya kunlari)ga 
baishlab yoki bochadan maktabga kuzatish, bitiruv kechasi va boshqalar tarzida o‘tkaziladi. Xar xil o‘yinlar, raqslar, 
musiqa bilan bajariladigan jismoniy mashqlar bayram dasturi ssenariy-siga kiritilishi mumkin. 
Jismoniy mashqlar bilan individual shuullanish mashulotlari vrach yordamida bolalar jismoniy tayyorgarligini 
xisobga olgan xolda o‘tkaziladi. Bu mashulotlarda tana tuzi-lishida nuqsoni borlar yoki surunkali xamda, yurak tomir 
sistemasida kasali borlar shuullanishi uchun qulay imkoniyat-lar bor. Uni davom etish muddati kasallarni jismoniy 
tayyorgarligi darajasiga boliq. Mashulotlar davomida shifo-kor maslaxati asosiy rolni o‘ynaydi. 
Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shuullanish mashu-lotlari bolalarga o‘zlari yaxshi ko‘rgan jismoniy 
mashqlar bilan mashul bo‘lish imkoniyatini beradi. Buning uchun tarbiyachi ularga jixozlangan gimnastika 
shaxarchasi yoki maxsus bolalar maydonchasidek, suzish xavzasi, sport jixozlari va anjomlarini tayyorlab qo‘ygan. 
Mashulot paytida tarbiyachi bolalarga rollarni ajratib qo‘yishi lozim bo‘lgan samarani beradi. 
Yasli va bolalar bochasida umumiy ish rejasi tuzilib unda jismoniy tarbiya tadbirlari belgilanadi. Bu bo‘limda 
jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi yoritiladi va uni bajarilishi uchun aniq vazifalar belgilanadi. Vazifalar xar xil 
bo‘lishi mumkin: suzishni o‘rgatish, velosiped, samokat, roliklik konpkida yurishni o‘rgatish va boshqalar. Buning 
uchun oldindan tarbiyachilar oldindan maslaxatlashib, basseyn to‘ldiriladi yoki yaxmalaka otish joyi qilinadi. 
Tarbiyachi dasturni kvartal, oylar va xaftalarga bo‘lib reja tuzadi va o‘sha reja asosida jismoniy tarbiya jarayonini 
borishini boshqa-radi. Rejelashtirishda bolalarning jismoniy tayyorgarligi extiborga olinishi shart. Yasli va bochada 
yiliga 3-4 marta jismoniy tayyorgarligini o‘yishini tizimli xisob-kitob ishlari olib boriladi va jismoniy sifatlarini 
rivojla-nishini nazorati yo‘lga qo‘yiladi. Ana o‘shanga asoslanib tarbiyachi maktabga yo‘llancha olgan bola xaqida 
xisobot yozadi. 
Oilada jismoniy tarbiya xaqida... (shakllari, vositalari, metodlari, B.A. Ashamarin taxriri ostida o‘quv 
qo‘llanmasida). 



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin