Nisbatan axboriy normaga aylangan, oboektiv va ama-liyotda keng qo‘llaniladigan organizmni jismoniy yukga
reaksiyasining amaliy ko‘rsatgichi yurak qisqarishining chasto-tasini (YuQCh) miqdori bilan xisoblanadi.
Yurak-tomir tizimining funksional imkoniyatlarini oshirish maqsadida yuklamani meoyorini oshirishda
YuQChsining miqdori bir minutda 130 martadan past bo‘lmasligi talabini qo‘yadi. Bu raqam yurak urishining
maksimal xajmi deb qabul qilingan. Shunga ko‘ra yurak qisqarishining chastotasi miqdo-rini minutiga 130 ga teng
bo‘lishi trenirovka ostonasidagi lozim bo‘lgan yuklama deb qaraladi.
Solomlashtirish maqsadidagi mashulotlarda, yuklamani optimal diopozoni YuQCh minutiga 130 dan 170
gacha
deb qaralmoqda (A.A. Viru va bosh. 1988).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, solomlashtirishning umumiy samaradorligi o‘smirlar va yoshlarning
mashulotlarida o‘rta va katta intensivlikdagi aerob yo‘nalishdagi mashqlar orqali (xarakatli o‘yinlar, estafetalar, sport
o‘yinlari, suzish, yugurish, velosipedda yurish) erishiladi.
O‘rtacha intensivlikdagi yuklamani diapazoni YuQCh minu-tiga 130-160 va katta
intensivlikdaginiki esa
minutiga 160-171 gacha deb qaralmoqda.
Jismoniy yuklamani qatiyyan boshqarish va uni dam olish bilan almashib turishini yo‘lga qo‘yish maktab
yoshidagi bolalar organizmining organari va ularning tuzilishining funksional faolligiga jismoniy mashqlar orqali
yo‘naltirilgan taosir etishini taominlaydi.
Jismoniy tarbiya darsida yuklamaning parametrini bosh-qarish turli xildagi usullar va usuliyatlar orqali
erishiladi. Nisbatan samarador va qo‘llashi oson usullar quyidagilardir:
- bajarilayotgan o‘sha mashqni takrolashlar sonini o‘zgar-tirish;
- mashqlarning umumiy sonini o‘zgartirish;
- o‘sha bajarilayotgan bir xil mashqni takrorlash bilan uni bajarish tezligini oshirish;
- xarakat amplitudasini qo‘shish yoki kamaytirish;
- tashqi qarshilikni miqdorini variantlash (o‘zgarti-rish);
- mashqni bajarish sharoitini osonlashtirish yoki qiyinlashtirish (masalan, balandga qarab yoki pastga yugurish,
qumli yo‘lka yoki stadion yo‘lkasida yugurish va boshqalar);
- dastlabki xolatni o‘zgartirish (masalan, yarim yoki to‘la o‘tirish xolatidan yuqoriga sakrashlar, qo‘lni
tirsakdan bukib to‘irlashni polda, oyoqni stul ustiga qo‘yib, gimnastika devori reykasiga tirab va x.k.);
-
masofani yugurishda, suzishda va boshqalarda uzaytirish yoki kamaytirishlar;
- mashulotlarni odatdagidek, kengaytirilgan, torayti-rilgan mydonlarda o‘tkazish;
- qo‘llanilayotgan usuliyatlarni variantlash (bir maromda, o‘yin, musobaqa tarzida va x.k.);
- mashqlarni bajarish vaqtini ko‘paytirish va ozaytirish yoki mashqlar orasida dam
olishning xarakterini
o‘zgartirish.
Xar qanday xolda o‘qituvchi tomonidan dars vazifasini xal qilish uchun jismoniy yukni boshqarishni optimal
usullari qo‘llanadi. Yuklamaning organizmga qanday yo‘sinda taosir etishini YuQChning fiziologik qiya chiziini
chizish orqali ko‘rish mumkin (V.V. Yanson, 1966).
Dostları ilə paylaş: