10.7. Uslubiy prinsiplarning o‘zaro aloqasi Jismoniy tarbiya prinsiplari xususida aytib o‘tilgan fikrlarni diqqat bilan taxlil qilsak, ularning mazmuni bir-biri
bilan shunday tutashgan biri-biriga singib ketgan va xatto o‘zaro moslashib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga
ajablanmasa xam bo‘ladi, chunki ularning barchasi bir jarayonni ayrim ajratilgan tomonlari va qonuniyatlarini
ifodalaydi, moxiyatiga ko‘ra ular aloxida, lekin shartli ravishda aloxida aspektdagi prinsiplardek ifodalanadi.
Onglilik va faollilik prinsipi jismoniy tarbiyaning boshqa barcha prinsiplarining amalga oshirilishi umumiy
shartlari tarzida qabul qilinishi mumkin. Chunki, shuulla-nuvchilarning ishga ongli va aktiv munosabati o‘quv materi-
alini kuchiga yarashaliligiga, egallangan bilim, malaka va ko‘nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingilariga bola-
nishi va xokazolar bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shuullanuvchilarning aktiv faoliyati orqali belgilangan
maqsadga olib borishi, ko‘rgazmalilik, kuchiga yarashalilik, individuallashtirish, sistemalilik, talablarni asta-sekinlik
bilan oshirish prinsiplaridan kelib chiqsa, xaqiqatdan xam ongli deb qabul qilinadi.
Kuchga yarashalilik va individuallashtirish prinsipla-rini xisobga olmasak, mashulotlarning ketma-ketligi va
nagruzkaning oshirishning ratsional yo‘llarini tanlay olmay-miz. O‘z navbatida, kuchiga yarashalilik chegarasini
belgilash sistemalilik va talablarni oshirish prinsipi asosida amalga oshiriladi bundan kelib chiqadiki, ko‘rsatilgan
prinsiplar-ning xech biri boshqalarini inkor qilish bilan to‘laligicha amaliyotga tadbiq qilinmaydi. Ularning o‘zaro
birligi asosida xar birining taosir doirasi tarbiya jarayoniga kutilgan samarani berishi mumkin.
11-BOB. JISMONIY TARBIYa TAOLIMNING USULIYaTLARI Jismoniy tarbiyaning o‘qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va xarakat faoliyatlari o‘qituvchidan o‘qitishga
xos maolum usullar va usuliyatlarni bilishni talab etadi. Taolim (o‘qitish)ning usuliyatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay
ularning xech biri universal emas. Taolim usuliyatlarining tavsifini bilish bu uslublar tarkibidan qulayini tanlab
olishga, o‘qitish vazifalarini xal qilish uchun nisbatan samaralilarini ajra-tib olishga imkon beradi.
O‘qitish jarayonining turli sharoitda, turli xildagi shu-ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni xal etish
imkoniyatini beradigan va tarbiyachi yoki murabbiy qo‘llaydigan faoliyatni usuliyat deb atash qabul qilingan bo‘ladi.
Masalan: ko‘rgazmalilik bilan xarakat faoliyatlari bilan tanishtirish, ularni turli yoshdagi o‘quvchilar, kattalarda
takomillashtirish-dek turli xildagi taolim vazifalarini oson xal qilishda foydalanish mumkin.
Usul – bu pedagogning shunday taosir faoliyatiki, o‘qitishning qandaydir maolum bir sharoitida taolimning
xususiy vazifalarini (yoki o‘sha vazifalarni biror qismini) oson xal etish uchun qo‘llaniladi. Masalan: mashqni
o‘quvchiga yonlamasiga-o‘zi yon tomoni bilan turib ko‘rsatishi o‘quvchiga to‘ri turib ko‘rsatgandan yaxshiroq samara
beradi. Tushuncha oson xal bo‘ladi.
Xar bir metodning turli xil metodik usullari bo‘lishi mumkin. Ular son-sanoqsiz darajada ko‘p bo‘lib, maolum
vaqt mobaynida ayrimlari yo‘q bo‘lib ketsa, ayrimlarining ko‘ri-nishlari o‘zgaradi, o‘qituvchining ijodiy izlanishi,
faoliyati natijasida yangilari xam vujudga kelib, amalda qo‘llaniladi. Ko‘pincha o‘qitish darajasiga xos metodik usullar
xajmini o‘qituvchi, murabbiyni ko‘proq bilishi ularning faoliyatiga baxo berishda muxim rolp o‘ynaydi.
Tajribasiz o‘qituvchilarda baozan usuliyat – metodik usul-ning tashqi alomatlarini o‘zida mujassamlagandek
ko‘rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo‘laklarga ajratib o‘rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib
keladi, natijalar kutilganday bo‘lmaydi. Bu usul ko‘p xolda metodik usulga o‘xshash bo‘ladi. Aslida u yangi xarakatni
o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy usuliyatdir.