Tijorat uchun ishlab chiqarish. Bu oxirgi bosqichda mahsulot tanlangan bozorga katta hajmda chiqariladi va sotiladi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishning bu bosqichida ishlab chiqaruvchi bozorga chiqish vaqtini, tartibini va har bir bozordagi faoliyat hajmini, tovar tarqatish va siljitishning eng samarali usullarini togri tanlay bilishi va marketing faoliyatining batafsil bitilgan rejasini ishlab chiqishi kerak.
Amaliyot shuni korsatadiki, har qanday goya ham real tijorat mahsulotga aylana bermaydi. Kopchilik hollarda 10-15 ta goyalardan bittasi real mahsulotga aylanar ekan.
Yangi mahsulotning bozordagi taqdiri iste'molchining bu mahsulotni qabul qilishga tayyor va tayyor emasligiga ham bogliqdir.
Yangi mahsulotni qabul qilish - mushohada qilish jarayoni bolib, bu jarayon yangi mahsulot togrisida birinchi axborotga ega bolishdan boshlab, to mahsulotning doimiy iste'molchisiga aylangungacha bolgan jarayonni oz ichiga oladi.
Iste'molchilar yangi mahsulotni sinab korishga tayyorlik darajasiga qarab ham bir-biridan keskin farq qiladi. Ba'zilari yangi mahsulotni tezda qabul qilishsa, ba'zilari esa sekinlik bilan qabul qiladi.
Iste'molchilar yangilikni qanday qabul qilishga tayyor ekanligi darajasiga qarab ularni supernovator, novator, oddiy iste'molchilar, konservator, superkonservator deb guruhlarga ajratiladi.
Supernovatorlar - bu iste'molchilarning shunday guruhiki, ular no'malum mahsulotni sinab korishga har doim tayyor turadilar. Novatorlar esa iste'molchilarning shunday guruhiki, ular yangi mahsulotni sotib olgandan keyin uning taqdirini chuqur oylab, tovarni birinchilar qatorida sotib oladilar. Oddiy iste'molchilar - bular novatorlar guruhiga kiruvchi iste'molchilardan keyingi orinda turib, yangi tovarlarni oddiy tovarlar kabi qabul qiladilar.
Konservatorlar - skeptiklar, boshqa iste'molchi guruhlari singari, yangi mahsulotlarni ulardan foydalanish tajribasiga ega bolganlari uchungina sotib oladilar.
Superkonservatorlar - bu iste'molchilarning shunday guruhiki, ular har qanday ozgarishlarga shubha bilan qaraydilar, ular yangi tovarlarni faqatgina ozlarining an'analariga va odatlariga mos kelgandagina sotib oladilar.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan korinib turibdiki, yangi tovarlarni ishlab chiqaruvchilar birinchi navbatda supernovator va novatorlarning iqtisodiy, psixologik, demografik va boshqa tavsiflarini organishlari kerak.
Qisqa xulosalar Tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat korsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy orinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati deb ataladi.
Tovarning hayotiy davri - tovarning bozorda paydo bolgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bolgan vaqt oraligidir.
Marketing xizmati tovarning hayotiy davrini uzaytirish, sotish hamda foydaning kamayishiga yol qoymaslik uchun tovar, bozor va marketing kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi kerak boladi.
Korxona tovarning har xil hayotiy davri bosqichida ma'lum bir maqsadni kozlagan holda marketing taktikasining u yoki bu shaklidan foydalanadi.