20-jadval. Tovarning har xil hayotiy davri fazasida marketing taktikasi
|
Bozorga chiqish bosqichi
|
Osish bosqichi
|
Yetuklik bosqichi
|
Chiqish bosqichi
|
Tovar
|
Asosiy
|
Nomenklaturasini kengaytirish
|
Yangi tovarlarni bozorga kiritish
|
Bozordan chiqish
|
Baho
|
Past, aksincha yuqori
|
Narx oldingi fazadagiga nisbatan baland, yoinki uning yuqori darajasiga mos keladi
|
Chegirma va narxga nisbatan texnik harakatlar
|
Talab holatiga mos keladi
|
Sotish
|
Tovar tarqatish chegaralangan, bir segmentda kontsentratsiyalangan
|
Sotishni tez kengaytirish, yangi segment-larni topish
|
Intensiv sotish
|
Tovarni tanlab tarqatish
|
Tovarni bozorga siljitish
|
Ancha harakat talab etiladi
|
Mumkin qadar maksimal harakat
|
Foydaga mos ravishda harakatning kuchsizlanishi
|
Tovarni bozordan chiqarish
|
Servis
|
Nazorat, mumkin qadar markazlashtirilgan nazorat
|
Nazorat, mumkin qadar markazlashti-rilmagan nazorat
|
Servis markazi tomonidan olib boiladigan nazorat
|
Tovarni sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida servisdan foydalanish
|
16.3. Yangi tovar ishlab chiqarish strategiyasi
Korxonaning raqobatchilari, texnologiya jarayonlari va iste'molchilarning didida boladigan ozgarishlar faqat mavjud tovarlar bilangina faoliyat yuritish etarli emasligidan dalolatdir. Iste'molchilar yangi va takomillashgan mahsulotlarni xohlaydilar va kutadilar. Oz navbatida raqobatchilar ham xaridorlarni shunday yangi tovarlar bilan ta'minlashga jon-jahdi bilan harakat qiladilar. Shu sababli ham, har qanday firma yoki korxonaning yangi tovarlar yaratish boyicha oz dasturi bolmogi kerak.
Korxona yangilikni ikki xil usul bilan qolga kiritishi mumkin. Birinchidan, yangi korxonani butunlay yoki begona korxonaning tovarini ishlab chiqarishga ruxsat beradigan patent va litsenziyalarni, nou-xaularni sotib olish yoli bilan. Ikkinchidan, oz korxonasida tadqiqot va ishlab chiqarish bolimlarini tashkil etib, shular orqali ishlab chiqarishni amalga oshirish yoli bilan.
Yangi tovar - mahsulot, goya va xizmatlarning ma'lum bir potentsial iste'molchilar tomonidan "yangi" deb qabul qilinishidir. Mahsulot yangiligining bir necha bosqichlarini korsatish mumkin (31-chizma).
Yangi tovar ishlab chiqarish - original tovar yaratish, tovarning xususiyatini yaxshilash va uni modernizatsiya qilish, korxonanig oz ilmiy-tadqiqot va loyihalash bolinmalarini tashkil etib, ular orqali tovarning yangi markasini ishlab chiqarishdan iboratdir. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayoni quyidagi sakkiz bosqichni oz ichiga oladi: goyani izlash, goyani tanlash, yangi tovar kontseptsiyasini ishlab chiqish va uni tekshirish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, biznes tahlili, tovarni ishlab chiqarish, tovarni bozorga chiqarish va tijorat uchun ishlab chiqarish.
Goyani izlash. Yangi tovarni ishlab chiqarish goyani izlashdan boshlanadi. goyani izlash sistematik ravishda olib borilishi kerak. Yangi goyani izlash asosan korxonaning ichki manbalari (yangi texnika bolimi, tadqiqot laboratoriyasi, marketing bolimi), iste'molchilarning, raqobatchilarning, ishlab chiqaruvchilarning, distribyutorlarning xohish-istaklarini organish, ommaviy axborot vositalari ma'lumotlari asosida, goyalarni generatsiya qilishning maxsus uslublaridan foydalanib olib boriladi.
Yangi goyalarni generatsiya qilish uslublaridan biri "miya hujumlari" uslubi hisoblanadi. Bu uslubning asl mohiyati shundaki, goyani muhokama etishda ishtirok etuvchilarning har biriga oz fikrlarini bemalol bayon etishlari uchun imkoniyat yaratiladi va har qanday fikr qanchalik gayri oddiy bolishidan qat'i nazar tanqid qilinmaydi.
Goyani tanlash. Goyani shakllantirish boyicha faoliyatdan maqsad mumkin qadar koproq goyaga ega bolishdan iboratdir. Keyingi bosqichdagi maqsad esa ularning sonini qisqartirishdan iboratdir. Demak, goyani tanlash deganda yangi tovar haqida ilgari surilgan goyalarning hammasini tahlil qilib, shular orasidan uncha ahamiyatga ega bolmagan goyalarni qoldirib, ilgor goyalarni ajratish tushuniladi. Buning natijasida korxona bozorga taklif etilishi mumkin bolgan tovar boyicha yangi goyani tanlash imkoniyatiga ega boladi.
Dostları ilə paylaş: |