II. Institutning xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarini kengaytirish
10.
Xorijiy sport ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni kengaytirish.
1. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishlarini kelishib olish va ular bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqish.
2. Xitoy, Koreya, Rossiya, Eron, Belarus va boshqa davlatlardagi turdosh yetakchi sport ilmiy tashk�lotlari, jamg‘armalar bilan shartnomalar tuzish.
3. Ilmiy darajaga ega izlanuvchilarning xorijdagi anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarda qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish.
Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablag‘lari
2022 — 2024-yillar davomida
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D. Raximova),
“El-yurt umidi” jamg‘armasi
(A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi
(G‘. Fazilov),
Institut
(R. Matkarimov)
11.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy tashkilotlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
1. Ta’lim berish, mahorat darslari o‘tkazish va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, mutaxassislarni taklif etish.
2. Xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil qilish, qo‘shma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish.
Sportni rivojlantirish vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, homiylik va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari
2022 — 2024-yillar davomida
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D. Raximova),
Tashqi ishlar vazirligi
(G‘. Fazilov),
Institut
(R. Matkarimov)
12.
Institutga xorijiy grantlarni jalb qilish.
1. Xorijiy fundamental, amaliy va innovatsion grant tanlovlari bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish.
2. Xorijiy grant loyihalarini shakllantirish.
3. Xorijiy grant tanlovlarida ishtirok etish.
Mablag‘ ajratish talab qilinmaydi
2022 — 2024-yillar davomida
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (D. Raximova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sh. Turdiqulova),
Institut
(R. Matkarimov)