Jismoniy tarbiya vositalari texnikasiga tavsif


Jismoniy madaniyat darsining



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/5
tarix15.04.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#98455
1   2   3   4   5
Mavzu Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta\'limiy metodlari

Jismoniy madaniyat darsining tayyorlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi. Boshlang’ich sinflarda esa 20 minutgacha bo’lishi, iqlimsharoiti, sovuq, issiq va h.k.larga qarab, sarflanayotgan vaqt biroz ko’paytirilishi mumkin. Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yuklamaga o’quvchi yoki shug’ullanuvchi organizmini funktsional holatini tayyorlaydi.
Organizmning funktsional holatini darsning asosiy qismiga tayyorligi o’quvchini harakat koordinatsiyasining yaxshilanganligi, peshonada engil terlash, yuzida qizillikni paydo bo’lishi o’quvchining harakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz tezlashuvi, emotsional holatini ko’tarinkiligini kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda echiladigan pedagogik vazifalarga ko’ra “tashki-liy daqiqa” deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, o’quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan (5-sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni o’z ichiga oladi va unga 2-2,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so’ng lozim bo’lsa, diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki mavzusini e’lon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlashtirish, tana bo’g’inlari, muskullari uchun harakatda, o’quvchilarni to’xtatib, turli xil mashqlar bajartiriladi. Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo’lgan harakat faoliyati uchun “tayyorlov” va “yo’llanma beruvchi” mashqlar bilan tugallanadi (1-2 chizma, 21 sahifaga qaralsin).
Jismoniy madaniyat darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha (45 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o’qituvchi tomonidan tuzilgan dars stsenariyasi yoki uning reja-konspektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturidagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi yoki avvalgi sinflarda o’zlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat faoliyatlari tanishtiriladi, o’zlashtiriladi, mustahkamlanib, takomillashtiri-ladi. Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun yagona “standart sxema” mavjud emas. Darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturining bo’limlari (gimnastika, engil atletika, suzish, kurash, sport o’yinlari, harakatli o’yinlar)ni o’quv materialini o’qitish o’zining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qo’yadi. Darsning asosiy qismining talablarini hal qilish o’quvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib bajarish, “kreystring” usuliyatlari orqali, maktab yoshidagi o’quvchilarning jismoniy tarbiyasi jismoniy rivojlanganligi, tayyor-langanligi va organizmining anatomo–fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi (3-chizma).
Darsning bu qismida o’qituvchilarning yordamchilari-jismoniy tarbiya faollarining ahamiyatini e’tirof etmay ilojimiz yo’q. Ular o’qituvchi tomonidan haftaning boshlanishida instruktiv mashg’ulotlar uchun to’planadilar va ularga darsning asosiy qismida alohida guruh-larda yo’riqchi vazifasini bajarish usuliyati o’qituvchi tomonidan o’rgatiladi.
Jismoniy madaniyat darsining yakunlov qismiga dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli xil harakatli o’yinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Darsning asosiy qismida ko’tarilgan emotsional holatni pasaytiruvchi va saf mashqlari bajartiriladi, dars yakunlanadi (O’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafariga joriy baho qo’yiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars o’tkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin