Жадвал Жиззах вилояти статистика бошқармаси маълумотлари асосида тузилган.
Jadvaldan ko`rinib turibdiki, eng ko`p qishloqlar, ya`ni Omongeldi, Gulzor, Arnasoy, Garasha, Qizilqum, Qoraobod, Narvon, Egizbuloq, Omonsoy, Forish, Uxum kabi qishloqlar Forish tumaniga to`g`ri keladi. Bu tumanning hududi 9670 km kv bo`lib, aholisi 75,6 ming kishini tashkil etadi. Ushbu tumanning katta qismi cho`l mintaqasida joylashgan va bu cho`l hududida bir qancha xo`jaliklar tashkil qilingan bo`lsada, yirik qishloqlar ko`proq tog` va tog` oldi zonasida o`rnashgan. Katta yoshli tuman aholisining asosiy qismi qishloq va o`rmon xo`jaligida band.
Viloyat tumanlari aholisining ko`pchiligi ham qishloqlarda istiqomat qiladi. Bunda urbanizatsiya ko`rsatkichi 15 foizdan (Zomin tumani) 28,8 foizgacha (Jizzax tumani) farq qiladi. Tog`li tumanlar aholisining turmush tarzi qishloq ho`jaligi bilan bog`liq. Bu hududlarda shahar va shaharchalar mavjud, lekin ularning aholisi ham deyarli to`liq agroiqtisodiyot tizimida band.
2 - jadval Jizzax viloyati tog`li tumanlari qishloq aholisining demografik tarkibi (2007 yil, ming kishi hisobida)
Туманлар
Умумий аҳоли
Шу жумладан:
Қишлоқ аҳолиси
Шу жумладан:
Аёллар
Эркаклар
Аёллар
Эркаклар
Бахмал
117,7
58,8
58,9
106,9
52,9
54,0
Зомин
131,8
66,1
65,7
89,0
43,9
45,1
Фориш
74,7
37,5
37,2
61,1
30,1
31,0
Ғаллаорол
131,8
66,2
65,6
96,8
47,8
49,0
Янгиобод
23,1
11,8
11,3
23,1
11,8
11,3
Манба: Жиззах вилояти статистика бошқармаси маълумотлари.
Jadvaldan ma`lum bo`ladiki, tog`li tumanlarda qishloq aholisi ko`pchilikni tashkil qiladi. Bugungi kunda tog` hududlaridagi qishloqlarning rivojlani-shiga katta e`tibor berilmoqda, xonadonlarni gazlashtirish, elektr ta`minoti, maishiy xizmat ko`rsatish kabi ijtimoiy infratuzilma shoxobchalari eng chekka joylargacha yetib borgan. Masalan, Forish tumani qishloqlari tabiiy gaz bilan 72,1 foiz, toza ichimlik suvi bilan 65,9 foiz, Baxmal tumani qishloqlari tabiiy gaz bilan 40,9 %, toza ichimlik suvi bilan 43,0 foiz ta`minlangan (2007 y.). Har bir yirik qishloqda tibbiy yordam punktlari, maktablar, ayrimlarida kollejlar qurilgan. Ko`payib borayotgan aholi va kengayib borayotgan qishloqlar turmush darajasini ko`tarish hozirgi sharoitda asosiy masalalardan hisoblanadi.
Shu bilan birga tog` qishloqlarining kengayib borishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi:
Birinchidan, aholi tobora "yuqorilab", ya`ni tog` etaklarigacha joylashib, tog`larning muhofaza hududlarigacha kirib bormoqda;
Ikkinchidan, aholi asosan chorvachilik bilan shug`ullanadigan qishloqlarda chorva tuyog`i ko`payib, tabiiy landshaftlarga zarar keltiradi, dorivor va kamyob o`simliklarning kamayib va yo`qolib ketishiga olib keladi;
Uchinchidan, aholi ko`payishi bilan kishilarning tog`larga qatnovi ko`payib boradi, bu esa o`ziga xos tabiatga ega bo`lgan tog`lardagi muhitning ifloslanishi va buzilishiga sabab bo`ladi.
Shu o`rinda unutmasligimiz lozimki, tog`lar mamlakatimizning estetik boyligi hisoblanadi. Shu bois ularni barqaror rivojlanishi qonuniyatlariga binoan, kelajak uchun asrashimiz lozim. Bu yerlarda rekreatsiya va turizm, xususan agro va ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Yuqorida ta`kidlangan muammolar tobora keskinlashib borishi mumkinligini hisobga olgan holda, ularning oldini olish uchun quyidagi choralar qo`llanilishi maqsadga muvofiq:
Tog` qishloqlarida aholi uy - joylari qurilishini tartibga solish;
Aholi joylashuvi va uy - joy qurish, foydalanishi mumkin bo`lgan hududlar chegarasini qat`iy belgilash;
Qishloq joylar aholisini doimiy ish bilan ta`minlash, sanoat korxonalari, aholiga xizmat ko`rsatish (servis) sohalarini rivojlantirish;
Tog` qishloqlari aholisining turmush darajasini yaxshilash, mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
Tog` hududlarida zamonaviy rekreatsiya va turizm infratuzilmasini shakllantirish;
Tog`li hududlar yer – suv resurslari va ularning muhofazasini ta`minlash.Relyefi togʻlik, qir va tekisliklardan iborat. Janubiy qismini Turkiston tizmasining tarmoqlari (Molguzar tizmasi), gʻarbini Nurota tizmasining sharqiy qismi egallagan. Shim., shimoli-gʻarbi va sharqiy qismi (Mirzachoʻl va Qizilqum choʻlining janubi-sharqi) tekislikdan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi -G dan —4° gacha, iyulniki 28°. Togʻ oldilarida iqlim choʻl va dashtlarga nisbatan yumshoq.-yillik yogʻin viloyat janubida 400-500 mm, shimolida 250- 300 mm. Vegetatsiya davri 210—240 kun.-yillik quyoshli kunlar 2800—3000 soat. Eng yirik daryolari — Sangzor, Zominsuv. Togʻlardan oqib tushuvchi soy koʻp. Ekinlarni sugʻorish uchun Tuyatortar kanali, 1- va 2-Janubiy Mirzachoʻl kanallari, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlari qurilgan. 2001-yilda Arnasoy suv ombori qurila boshlandi. Arnasoy, Aydarkoʻl va Tuzkon koʻllaridan baliqchilikda foydalaniladi. Togʻ yon bagʻirlarida yovvoyi jiyda, archa, bodom, yongʻoq, naʼmatak, zira, rovoch, zirk kabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan oq tirnoqli ayiq, chiyaboʻri, tulki, quyon, qobon, boʻrsiq, jayra uchraydi; burgut, lochin, qora turna, bulduruq, tuvaloq, tustovuq, qirgʻovul, yovvoyi oʻrdak, kaklik kabi qushlarning 150 dan ortiq turi mavjud. Viloyatda Zomin milliy bogʻi, Zomin va Nurota davlat quriqxonalari tashkil qilingan.Tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqor boʻlgan shifobaxsh mineral suvlar bor. Gʻallaorol, Forish, Mirzachoʻl tumanlarida balneologik sanatoriylar faoliyat koʻrsatadi. Sulfatxlorid natriyli Chimqoʻrgʻon balchigʻidan fizioterapiya va davolash profilaktika muassasalarida foydalaniladi.Foydali qazilmalardan oltin, kumush, volfram, qoʻrgʻoshin, rux, temir, molibden, marmar, vollastonit, bazalt, granit, korund, ohak bor. Hozirgi Jizzax viloyati qadimdan Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi bu xududda savdo madaniyatining tez rivojlanishiga taʼsir etdi. Ilk oʻrta asrlarda jahon bozorida Jizzaxda jun va teridan tayyorlangan mahsulotlarga talab katta boʻlgan. 8—9-asrlarda kulollik, zargarlik, aravasozlik kabi mahallalarining mavjudligi milliy hunarmandchilikning oʻsha davrlarda rivojlanganligidan darak beradi.
Viloyatdagi ishlab chiqarish sanoat tarmoqlarini hududiy jihatdan Jizzax, Gʻalla-orol, Dashtobod, Doʻstlik shaharlaridagi sanoat tarmoqlariga ajratish mumkin. Bular foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bogʻliq boʻlgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil sanoat (ip yigiruv, paypoq toʻqish, ustki trikotaj fabrikalari), oziq-ovqat sanoatidir. Viloyatda qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalarning salmogʻi sezilarli. Shulardan Dashtobod qurilish materiallari, Zomin oniks, Baxmal marmar, gʻisht zavodlari, Dashtobod, Doʻstlik un kombinatlari, Jizzax mebel fabrikasi ishlab turibdi. Jizzax viloyatida konchilik tarmogʻi ham rivojlangan. Marjon buloq oltin koni, Qoʻytoshdagi ohak, vollastonit, volfram, Koʻtarmada ohak, Uchqulochda qoʻrgʻoshin konlari faoliyat koʻrsatmoqda. 1991—2001-yillar davomida Jizzax viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy qoʻshma korxonalar tashkil qilindi. Viloyatda qoʻshma, kichik va xususiy korxonalar mavjud. Qoʻshma korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining salmogʻi tobora ortib bormoqda. „Jibri“ (Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya) qoʻshma korxonasi-yiliga 50 ming t chigitni qayta ishlab oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaradi, „Kumush tola“ (Oʻzbekiston—Tojikiston) qoʻshma korxonasi-yiliga 80 t dan ziyod ipak tolasini tayyorlaydi, „Paxta interneyshnl“ (Oʻzbekiston—Suriya) qoʻshma korxonasi-yiliga 10 ming t lintdan sellyuloza ishlab chiqarish quvvatiga ega, „Baxmalsharob“ (Oʻzbekiston—Polsha) qoʻshma korxonasida mineral suvi qadoqlanadi. Shuningdek, paxta tolasidan eshilgan ip tayyorlovchi „Irjartekstil“ (Oʻzbekiston—Pokiston), yogʻ-moy va sovun ishlab chiqaruvchi „Madina“ (Oʻzbekiston—Xitoy), „Jizzax—Telekom“ (Oʻzbekiston —Indoneziya), Qoʻytosh shaharchasida „Vollastonit“ ishlab chiqarish sexi (Oʻzbekiston—Rossiya), sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi „Vostok LTD“, „Belogorsk“ qoʻshma korxonalarining hissasi sezilarlidir.-yiliga 1 mln. dona akkumulyator tayyorlovchi „Oʻzeksayd“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi (2002). „Zilolateks“ aksiyadorlik jamiyatida 250 t nitron matosi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.
Viloyat qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta ekini maydoni viloyatdagi sugʻoriladigan yer maydonining asosiy qismi (110 ming ga)ni tashkil etadi. Viloyatning 12 tumanidan 10 tasida paxta ekiladi. 1994-yildan Jizzax viloyatida gʻalla ekiladigan maydon keskin oshirildi. 2000-yilda 317,7 ming t gʻalla tayyorlandi. Gʻallachilikni rivojlantirish uchun tabiiy sharoitlar va boshqalar imkoniyatlar mavjud, Viloyat qishloq xoʻjaligida pillachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Joylarda-yiliga 440—480 t pilla yetishtirish imkonini beradigan tabiiy resurslar yaratildi.
Qishloq xoʻjaligida kartoshka, poliz, sabzavot, uzum, hoʻl meva yetishtirish bilan ham shugʻullaniladi. Bir-yilda 25—30 ming t kartoshka yetishtiriladi. Poliz va sabzavotdan-yiliga oʻrtacha 70 ming t dan hosil olinadi.
Jizzax viloyatida 9,4 ming ga dan ortiq, maydon mevali bogʻ (olma, behi, shaftoli, oʻrik, olcha, gilos, anor), 7,9 ming ga tokzor, 2,4 ming ga tutzor, 410 ga koʻchatzor. 78,7 ming ga yer qoʻriqxonaga aylantirilgan.
Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 1241,4 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 478,5 ming ga, shundan sugʻoriladigan yerlar 266 ming ga, lalmi yerlar 212,5 ming ga, yaylovlar 850 ming ga, pichanzorlar 12,5 ming ga, koʻp-yillik daraxtzorlar 21,5 ming ga.
usiqa va sport maktablari, gimnaziyalar faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda 3 ta davlat oliy oʻquv yurti bor: Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax politexnika instituti, Oʻzbekisaton milliy universiteti Jizzax filiali.
Oʻzbekiston gʻallachilik ilmiy tadqiqot Jizzax viloyati, onalik va bolalikni muxofaza qilish ilmiy markazi faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyat shahar va tumanlarida 1998—2001-yillarda 7 kollej va 2 akademik litsey binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy oʻquv qurollari va texnika bilan jihozlandi. 32 kasb-hunar kollejida 17293 oʻquvchi taʼlim oladi. Akademik litseylarda tayyorlov, asosan, 4 yoʻnalishda olib borilayotgan boʻlsa, kasb-hunar kollejlarida 33 mutaxassislik boʻyicha oʻqitiladi (2002).
Viloyatda 5 muzey (Jizzax viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Sharof Rashidov muzeyi, Zomin tarixi muzeyi, Hamid Olimjon muzeyi, Mehnat Qahramoni X. Nosirov muzeyi), 289 jamoat kutubxonasi (8 mln. nusxadan ortiq asar), 126 klub, 12 tuman markaziy, 73 qishloq va shahar madaniyat uylari, 77 badiiy havaskorlik, 54 folklor-etnografik jamoalar, 12 maqomchilar guruhi, 60 xoreografik rake dastalari, vokal va estrada guruhlari faoliyat koʻrsatadi.
Jizzax viloyatida 3 teatr: Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, Gagarin sh.da qozoq milliy teatri bor.
Viloyatda 1996-yilda tashkil etilgan „Oʻzbeknavo“ gastrol konsert birlashmasi boʻlimining yosh iqtidorli sanʼatkorlaridan L. Moskalyova, F. Ibragimova, G. Sultonova, O. Malikovlar „Oʻzbekiston —Vatanim manim“, „Yangi taronalar“, „Sado—99“ koʻrik tanlovlarining gʻolibi boʻlishdi.
Jizzax viloyatida 5 madaniyat va istirohat bogʻi, 2 bolalar bogʻi, „Sangzor koʻli“ istirohat bogʻi, H. Olimjon nomidagi shoirlar bogʻi, „Oʻrda“ oromgohi, Jizzax, Zomin, Gʻallaorol,Zarbdor va Paxtakor shaharlarida Xotira bogʻlari, „Maʼnaviyat va maʼrifat“, „Salomatlik va goʻzallik“, mahalla va yoshlar markazlari, „Istiqlol“ yoshlar forumi, Baxt uylari bor. Viloyatda Parpiota, Navkatota, Avliyoota Malikajdarota, Saʼd ibn Vaqqos, Sayfinota, Savrikota, Qavsota ziyoratgohlari, Temur darvoza, Xuttot, Quyosh taqvimi obidalari, qad. Jizzax, Hoshim qoʻrgʻon, Abdullaxon qoʻrgʻoni, Koʻkrabot, Sabat kabi arxeologik yodgorliklar mavjud.
Jizzax viloyatida 67 kasalxona, 47 ta hududiy va 13 markaziy kasalxona, 1 davolash markazi, 16 maxsus dispanser, 2,3 ming vrach, shu jumladan stomatologlar, 9,9 ming oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim bor. Viloyat tez yordam markazi, onalar va bolalarni muhofaza qilish ilmiy markazi, markaziy bolalar shifoxonasi, viloyat tugʻruqxonasi, reabilitatsiya markazi, oʻsmirlar dispanseri kabi muassasalar tashkil etildi, 34 ta xususiy shifoxona, 170 dorixona, 7 ta fitobar ishlab turibdi. Sanatoriy bor (2002).
Jizzax viloyatida sportning kurash, boks, moto poyga, yengil atletika, karate kabi turlarida respublika va xalqaro musobaqalar oʻtkazish odatga aylandi. 2001-yilda Jizzaxda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi oʻquv yurtlari talabalarining „Barkamol avlod“ sport oʻyinlari oʻtkazildi. Sportning 8 turi boʻyicha 2000 ga yaqin sportchi yoshlar Jizzax sh., Paxtakor, Gʻallaorol, Baxmal tumanlaridagi stadion va sport zallarida bellashdilar.
Viloyatda jami 28 stadion, 2 ta suv sporti saroyi, 18 tennis korti, 136 sport zali mavjud. Jizzax sh.da Olimpiya zaxiralari kolleji ishga tushirildi. Kollejda umumiy maydon 9 ga (72x102 m yopiq sport maneji) sport majmuida bir vaqtda 11 turdagi sport mashgʻulotlari olib boriladi. Kollej 4 tennis korti, 1 suzish havzasi, 200 oʻrinli yotoqxonaga ega. Shuningdek, 2 futbol maktabi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat yosh sportchilari orasida boks boʻyicha Osiyo chempioni Lazizbek Zo-kirov, bir necha-yillardan buyon shaxmat boʻyicha xalqaro musobaqalar sovrindori, respublika chempioni, oʻquvchi Yulduz Hamroqulovalar bor.