Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy va aniq fanlarda masofaviy



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#44444
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
dsgfdsfsdfsdfsd

Umumiy jixatlari 

 

AMIR 

TEMUR 

o’gitlari. 

 

Kelajak avlod 



ma’daniyatida 

AMIR 

TEMURning 

o’rni 


hamkasblarimiz uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab juda ko‘p ko‘lamdor kitoblar yozib, o‘z 

tillarida  chop  etdilar.  Angliyalik  sharqshunos  olima  Hilda  Hukhem,  germaniyalik  Gans  Robert 

Ryomer,  frantsuz  Jan  Pol  Roks,  amerikalik  Jon  Vuds  va  Beatrisa  Mans  shular  jumlasidan. 

Xorijlik  dramaturg  va  artistlar  o‘z  teatrlarining  sahnalarida  Amir  Temurning  yorqin  obrazini 

yaratdilar.  Frantsiyalik  haykaltaroshlar  uning  haykalini  oltindan  quyib,  muzeylarda  namoyish 

qildilar. Biz-chi?.. 

Tangri taologa shukrlar bo‘lsinki, shu kunlarga kelib ko‘p ming yillik boy tariximizni surishtirish 

va  o‘rganish  imkoniyatiga  endi  ega  bo‘lyapmiz.  Biz  keksa  tarixchilar  bu  ishni  umr  yetganicha 

qilarmiz.  Biz  ulgurmasak,  buni  shogirdlarimiz  davom  ettirishar.  Har  holda  shuni  unutmaslik 

kerakki,  bizlar  nafaqat  Amir  Temur  to‘g‘risida,  balki  ota-bobolarimiz  tarixi  borasida  ham 

xalqimiz oldida qarzdormiz. 

Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytlarda Kesh (Shahrisabz)ga qarashli Xo‘ja Ilg‘or 

(bu qishloq hozir Yakkabog‘ tumaniga qaraydi) qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag‘ay 

— o‘ziga to‘q, badavlat kishi edi. Temur tug‘ilgan paytda u Qozonxon (1333—1346) huzurida 

mas’ul  bir  mansabda  turardi.  Kesh  va  unga  tobe’  yerlarning  bekligi  esa  Amir  Tarag‘ayning 

og‘asi Hoji barlosning qo‘lida edi. 

Temurning yoshligi va yigitlik yillari Chig‘atoy ulusi og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga 

tushib qolgan bir davrda kechdi. Ulus ichidagi notinchlik Qozonxon davriga kelib o‘zaro feodal 

urushlarning  avj  olib  ketishiga  sabab  bo‘ldi.  Hokimiyat  uchun  kurash  ayniqsa  xon  bilan  uning 

bosh amiri (amir ul-umarosi) Qazag‘an o‘rtasida kuchli bo‘ldi. O’zaro nifoq va kelishmovchilik 

urushga  aylandi.  Mamlakat  mo‘g‘ullar  istilosi  ostida  qolgan  o‘sha  og‘ir  sharoit  ikki  iste’dodli 

amirni  —  amir  Temur  bilan  amir  Husaynni  bir  qadar  yaqinlashtirdi.  Lekin  amir  Husayn 

mamlakatda  feodal  tarqoqlikka  barham  berish,  raiyatni  chet  el  bosqinchilaridan  himoya  qilish 

xususida Amir Temur bilan yakdil bo‘la olmadi. Oqibatda yurt ozodligi uchun kurash bevosita 

Amir Temur zimmasiga tushdi. 

Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta.  

Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i 

ostiga  birlashtira  oldi,  markazlashgan  yirik  davlatga  asos  soldi.  Bu  bilan  ziroatchilik, 

hunarmandchilik,  savdo-sotiq  va  madaniyat  rivojiga  mustahkam  zamin  yaratib  berdi.  Bugun 

«Temur va temuriylar davlati», «temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astronomiya 

maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbeklarning, balki butun dunyo 

xalqlarining tarixi sahifalarida uchratar ekanmiz, ularning zaminida  

Amir Temurning ulkan xizmatlari yotishini nazarda tutishimiz lozim. 

Ikkinchidan, Amir Temur, taqdir taqozosi bilan bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakalikdan 

ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan 



Boyazid  Ildirimni  (1389—1402)  tor-mor  keltirishi  natijasida  (1402  y.),  bir  qator  Yevropa 

xalqlari  ozodlikka  erishdi;  Oltin  O’rda  xoni  To‘xtamishni  (1376—1395)  ikki  marta  (1391  va 

1395 y.) tor-mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini tezlashtirdi.  

Uchinchidan,  Turkiston  zaminini  ziroatchilik,  hunarmandchilik,  ilm-fan  va  madaniyat 

rivojlangan  ilg‘or  mamlakatga  aylantirdi.  Amir  Temurning  sa’y-harakati  bilan  obod  etilgan 

shaharlar,  qasabalar,  qishloqlarni,  Shahrisabz,  Samarqand,  Buxoro,  Yassi  (Turkiston)  singari 

shaharlarda  qad  ko‘targan  oliy  imoratlarni  aytmaysizmi?!  Ularning  ba’zilari  hozir  ham 

shaharlarimizga ko‘rk bo‘lib turibdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, shu yerda yana bir gapni aytmoqchiman. 

Amir Temur o‘z yurti Turkistonnigina emas, balki qo‘shib olingan yurtlarni ham obod qildi.. 

Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan mutolaa qilsangiz, uning ko‘p yaxshi  

 

sifatlari (to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va b.) bilan tanishasiz. Uning  



 

saxovatli,  bag‘ri  keng  va  donishmand  odam  bo‘lganini  payqab  olasiz.  «Temur  tuzuklari», 

Nizomuddin  Shomiy  (tug‘ilgan  va  vafot  qilgan  yili  ma’lum  emas)  va  Sharofuddin  Ali 

Yazdiyning  (1454  yilda  vafot  etgan)  «Zafarnoma»larida,  Ibn  Arabshohning  (1389—1450) 

«Ajoyib ul-maqdur fi axbori Temur» («Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari») va 

boshqa  asarlarda  keltirilgan  sohibqironning  ibratli  pand-nasihatlari  va  o‘gitlaridan  ham  uning 

kimligini  bilib  olsa  bo‘ladi.  Bular  el-yurt  va  fuqaroning  tashvishi,  raiyatparvarlik,  mehr-

muruvvat,  qo‘shnichilik  aqoidlariga  rioya  qilish  va  nihoyat,  mardlik  va  qahramonlik  haqidagi 

hayotiy o‘gitlaridir. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

 

 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin