Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy va aniq fanlarda masofaviy



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#44444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
dsgfdsfsdfsdfsd

Tosh urib sindirsa oltin kosani

Toshning qadri oshmagay, oltin bahosi tushmagay. 

Javob  xatining  zalvori  shunchalik  ediki,  uni  Tojikistonning  o'sha  paytdagi  rahbari  bo'lgan 

Rasulovga yetkazadilar. U kishi Markaziy qo'mita byurosi nomidan "Sadoi Sharq" jurnali va har 

ikki tanqidchining beadab maqolasi uchun Sharof Rashidovga uzr aytgani xabari keladi.  




Alixonto'ra Sog'uniy Sohibqiron Amir Temur nomini nihoyatda ulug' hurmat-ehtirom bilan tilga

oladi:  "...  bu  jahon  qahramoni,  islom  olamining  ulug'  qo'mondoni,  butkul  turk  ulusining

faxrlanarlik  buyuk  sultoni,  Qur'ondagi  "Allohga  va  uning  payg'ambari  Muhammadga  va  ham

o'zlaringdan  bo'lgan  podshohlarga  itoat  qilinglar",  degan  Alloh  hukmicha, Turkiston  va  boshqa

bo'ysung'an  mamlakatlarga  haqiqiy  sha'riy  va  qonuniy  podshoh  ekanligi  shak-shubhasizdir".

Alixonto'ra  Sog'uniy  Amir  Temur  qo'llanmasini  zo'r hurmat  va  ehtiros  bilan  tarjima qilar  ekan,

asarni aytib turib ko'chirtirish jarayonida Temurning hayratomuz fikr va iboralaridan ta'sirlanib,

goho sukut saqlar, goho ho'ng-ho'ng yig'lashlari atrofdagilarga ta'sir qilmay qolmasdi.

Boshqa bir safar Alixonto'ra Amir Temurning o'z askarlarini Kaspiy dengizi sohilida safga tizib,

u  boshidan  bu  boshiga  otliq  ertadan  kech  peshingacha  yurib  o'tganini  hikoya  qilar  ekan,

Sohibqiron  sarkardalari  to'pida  hazrat  Sog'uniy  ham  bo'lgandek,  jonli  tasavvur  uyg'otgan  edi.

Bularning barisi Sog'uniyning buyuk Sohibqiron shaxsiga bo'lgan ulkan hurmati mevalari edi.

Alixonto'ra Sog'uniy "Tuzuklar" haqida shunday yozadilar: "Amir Temur yigirma yetti

poytaxtli  yerni  o'ziga  bo'yinsundirib,  shunchalik  ko'p  turlik  tashvishlar  ichida  yashab

turganiga  qaramay,  yana  bu  kitobni  o'zi  yozib,  bizga  esdalik  qoldirmishdir".  Biz  esa,  hazrat

Sog'uniy  haqida  shunday  yozishga  burchlimiz:  "Alixonto'ra  Sog'uniy  nuroniy  keksaligiga

qaramasdan,  tahlikali,  mustabid  tuzum  tazyiqlarini  pisand  etmasdan,  o'zlarining  sog'lig'i  va

xavfsizliklarini o'ylamay, bu kitobni tarjima qilib va yana "Tarixi Muhammadiy", "Turkiston

qayg'usi" kabi bebaho kitoblarni yozib, bizga esdalik qoldirmishdir".

Istibdod  davrida  bu  "oltin  kitob"ni  yuzaga  chiqarish  baayni  temuriy  jasoratni  talab  etardi.

Bunday jasorat sohibi sifatida Alixonto'ra Sog'uniydan o'zga zotni tasavvur qilib bo'lmaganidek,

hazratning  buyuk  xizmatini  O'zbekiston  Xalq  shoiri  Erkin  Vohidovdan  o'tkazib  ta'riflash  ham

mushkuldir: "Alixonto'ra Sog'uniy hazratlari Amir Temurni xalqimizga tiriltirib berdilar".


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin