Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy va aniq fanlarda masofaviy


tarbiyasi  va  odob-axloq  to’g’risidagi  o’gitlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#44444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
dsgfdsfsdfsdfsd

tarbiyasi  va  odob-axloq  to’g’risidagi  o’gitlar.”  mavzusi    doirasida  aniqlangan  ma’lumotlar 

ahamiyati kattadir. 



 

 

 


 

 

Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida. 

                          

Ma'lumki,  Sohibqiron  Amir  Temur  qalamiga 

mansub 

"Temur 


tuzuklari" 

asari 


buyuk 

bobokalonimiz  tarixini  o'rganishdagi  asosiy 

manbalardan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  asar-  siz 

Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz 

sayoz  bo'lib  qolar  edi.  Sohibqiron  bobomiz 

shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar 

xotirasida 

qilingan 

ishdan 

ham 


uzoqroq 

yashaydi".  Shu  hikmatning  isboti  o'laroq, 

"Temur  tuzuklari"  ne-ne  taloto'plarni  boshdan 

kechirib,  avlodlarga  etib  keldi.  Ma'lumotlarga 

ko'ra,  bu  asarning  asl  nusxasi  turkiy  tilda 

yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu 

nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan 

o'zbekchaga  mahorat  bilan  o'girilgan.  O'sha  tahlikali  zamonda  "Temur  tuzuklari"ni  xalqqa 

qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va 

jur'at lozim edi.  

Ajdodlari  asli  andijonlik  to'ralardan  bo'lgan  Alixonto'ra  Sog'uniy  Bolosog'un  shahrida, 

Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un 

shahri nomidan olingan.  

    Diniy  va  dunyoviy  ilmlarni  chuqur  egallagan.  O'ttizinchi  yillarga  kelib,  Sharqiy  Turkistonga 

o'tib ketadi. U yerdagi milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. 1944 yil 12  

noyabrda  Sharqiy  Turkiston  jumhuriyati  e'lon  qilinib,  Sog'uniy  muvaqqat  inqilobiy  hukumat 

raisligiga  saylanadi.  Milliy  qo'shin  tashabbuskori  bo'ldi  va  unga  qo'mondon  etib  tayinlandi. 

Ulkan  g'alabalari  evaziga  Alixonto'ra  Sog'uniy  marshal  unvoniga  sazovor  bo'lgan.  Taqdir 

taqozosi ila Alixonto'ra Sog'uniyning so'nggi 30 yillik umri Toshkentda o'tdi.  

Ahmad  Donishning  "Navodir  ul-vaqoe",  Darvesh  Ali  Changiyning  "Musiqa  risolasi" 

shuningdek,  "Temur  tuzuklari"  kabi  asarlar  Sog'uniy  hazratlarining  tarjimasi  orqali  xalqimizga 

yetib bordi. U "Devoni Sog'uniy" she'riy to'plami, "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi"), "Asosul 

islom"  ("Islom  asoslari"),  "Turkiston  qayg'usi"  asarlarining  ham  muallifidir.  Ayniqsa,  islom 

olamida katta shuhrat qozongan "Tarixi Muhammadiy" asari orqali Sog'uniy hazratlarining nomi 




mangulik  daftariga  yozilganligi  shubhasiz.  Shu  o'rinda  ko'pchilikning  diliga  bir  savol  keladi: 

"Nega shu paytga qadar Alixonto'ra haqida hech narsa bilmaganmiz?" Negaki, mustabid tuzum 

bundan manfaatdor emasdi, millatimiz ulug'larini tan olish  - ular uchun mag'lubiyatga teng edi. 

Buyuk Istiqlol o'z ulug'larimizni tanish va ular hayotini o'rganish imkoniyatini berdi.  

O'sha  qaltis  zamonda  "Temur  tuzuklari"ni  tarjima  qilish  hazrat  Sog'uniyga  nima  uchun  zarur 

bo'lgan edi? Bu haqda alloma faxr bilan shunday so'zlarni yozganlar: "Ulug' bobomiz sohibqiron 

Amir  Temur  hazratlarining  "Temur  tuzuklari"ni  o'z  merosxo'rlari  -  kelajak  bo'g'inlarimizga 

asliday qilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob nashr qilinib, ko'pchilik xalqimizga yetib boradi va 

ular  ongida  kimlar  naslidan  ekanligini  bildirib,  shonli-sharafli  Vatanining  haqiqiy  tarixidan  bir 

lavha  bo'lib  xizmat  qiladi".  Hatto,  yuz  bergan  mushkulotlar  ham  80  yoshdan  oshgan  nuroniy 

zotni  ahdidan  qaytara  olmaydi.  Chunonchi  mashaqqatli  tarjima  yakunlangan  kunlarning  birida 

kelgan mehmon qo'lyozmaga qiziqib qolib, o'qishga so'rabdi.  Alixonto'ra mehmonning  yuzidan 

o'tolmay  qo'lyozmani  qo'liga  beribdi.  Ertasi  u  kishi  kelib,  qo'lyozma  yo'qolganini, 

parishonxotirlikda  taksida  qoldirib  ketganini  aytibdi.  Hammalari  Toshkentdagi  barcha  taksi-

motor  parklariga  borishib,  kitobga  katta  suyunchi  belgilashibdi.  Ammo  qo'lyozma  topilmabdi. 

Shundan keyin Alixonto'ra to'rt oy deganda boshqatdan tarjima qilibdi.  

Xullas, 1967 yilda "Guliston" oynomasida "Temur tuzuklari"ning chop etilishi, bulutsiz osmonda 

chaqin  chaqqandek  favqulodda  voqea  bo'ldi.  Sho'ro  ma'murlari  jurnalda  "Temur  tuzuklari"ning 

oxirgi qismi chop etilishiga ham toqat qilolmay, uni to'xtatib qo'yadilar.  

"Tuzuklar"ning  bosilishidan  tug'ilgan  vahimalar  bosilmay  turiboq,  Tojikistonda  chiqadigan 

"Sadoi  Sharq"  jurnalida  o'zini  "olim"  sanovchi  ikki  kimsaning  maqolasi  bosiladi.  Maqolada 

"Tuzuklar"ga  nisbatan  g'arazli  va  o'ta  kaltafahmlarcha  salbiy  munosabat  bildirilgan  edi.  Bu 

maqola  "Guliston"  jurnaliga  jiddiy  ayblar  qo'yayotganligi  sababli,  jurnal  xodimlari  uni  hazrat 

Sog'uniyga  ko'rsatishga  majbur  bo'ladilar.  Alloma  maqolani  jim  tinglaydida,  javobiga  bir 

haftadan  so'ng  kelishlarini  tayinlaydi.  Aytilgan  vaqtda  jurnal  xodimi  kelib,  hazrat  Sog'uniy 

yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu 

javob,  ta'bir  joiz  bo'lsa,  temuriy  zarbaning  ilmdagi  aksi  edi!  O'n  bir  varaqli,  keskin  va  fosh 

etuvchi  javobni  bitishda  yuzlab  noyob  ilmiy  manbalardan  foydalanilgan  edi.  Javob  xati  ushbu 

bayt bilan nihoyalangan:  

 

 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin