Aloqa uchun asos. Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari
tushunchalarini farqlash lozim. Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi
ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa uchun asos bo‘ladi. Asosning
mavjudligi aloqa o‘rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki uning
o‘rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. Shart-
sharoitlar – bu avvalo predmet mavjud bo‘lgan muhitdir. U aloqa o‘rnatish
uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Shart-sharoitlar o‘z holicha aloqa
o‘rnatish omili bo‘lishi mumkin emas, ular faqat aloqa yuzaga kelishiga
ko‘maklashadi yoki monelik qiladi.
Narsalar o‘rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‘ra yuzaga keladi.
Umumiy asos ayrim umumiy asosga ega bo‘lgan turli ob’ektlar o‘rtasida
umumiy aloqa yo‘lini ham vujudga keltiradi. Masalan, muayyan manfaat
guruhlari o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga birlashadilar,
mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatadilar. Ammo boshqa,
masalan, etnik, diniy va boshqa asoslarga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligi
ham mumkin. Shunday qilib, mazkur misolda aloqa yo‘li aloqa yuzaga kelishi
uchun asos, boshqa belgilar – buning shartlaridir. O‘zaro aloqa umumiy
xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. Shu sababli aloqa tushunchasi
dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha
kategoriyalar o‘zaro aloqaning muayyan turlari bilan tavsiflanadi.
Munosabat. Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat
tushunchalari orqali yoritiladi. «Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da
1
munosabat
1
Qarang: Современный философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.
22
tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning
namoyon bo‘lish omili» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rifda munosabatni
tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro
mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning
xossalarini namoyon etish, ya’ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi.
Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta’sirida kooperativ
effekt, ya’ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz beradi. Bunda
munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning
xossalari bir-biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi.
Xullas,munosabat, bir tomondan, narsalarning o‘zaro aloqasini, boshqa
tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |