Jizzax davlat pedagogika instituti


Umumiy  aloqadorlik  tamoyili



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

Umumiy  aloqadorlik  tamoyili.  Dunyo  o‘ta  rang-barang.  Har  bir  ob’ekt 

ko‘p  sonli  xossalarga  ega  bo‘lib,  ular  boshqa  ob’ektlar  bilan  o‘zaro  aloqa 

jarayonida  namoyon  bo‘ladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  har  qanday  tuzilma 

boshqa  tuzilmalar  bilan  aloqaga  kirishish  orqali  namoyon  bo‘ladi.  SHunday 

qilib,  har  bir  ob’ekt  o‘zga  ob’ektlar  bilan  qonuniy  bog‘lanadi  va  bu  ob’ektlar 

bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.  



Aloqa.  Falsafada  aloqa  deganda  makon  yo  vaqtda  bir-biridan  muayyan 

masofada  uzoqlikda  joylashgan  ikki  yoki  bir  necha  hodisa  yoki  ob’ektning 

o‘zaro  aloqa  jarayoni  tushuniladi.  Ob’ektlar  diskretlik,  shakllanganlik  va 

nisbatan  mustaqillikdan  mahrum  bo‘lgan  joyda  aloqalar  mavjud  bo‘lishi 

mumkinmi?  O‘z-o‘zidan  ravshanki,  shakllangan,  nisbatan  mustaqil  narsalar 

mavjud  bo‘lmagan  joyda  aloqa  mavjudligini  taxmin  qilish  ham  mumkin  emas. 

Shu  sababli  umumiy  aloqa  kategoriyasi  «narsa»,  «uzluklilik»,  «uzluksizlik», 

«cheksizlik»,  «tuganmaslik»  tushunchalari  bilan  tavsiflanadi.  Hozirgi  ilmiy 

bilimga  tayanuvchi  borliqning  falsafiy  talqini  olamning  universal  yaxlitligini, 

dunyoning birligini ochib beradi. Dialektika kategoriyalari borliqning universal 



aloqalarini bilish shakli hisoblanadi.  

Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida 

namoyon  bo‘ladi.  Aloqalarni  tasniflash  turli  asoslarga  ko‘ra  amalga  oshiriladi. 

Xususan,  bir  tomonlama  va  o‘zaro  aloqalar,  to‘g‘ri  va  egri  aloqalar,  bevosita 

va bilvosita aloqalar, ichki va tashqi aloqalar farqlanadiHajm jihatidan aloqalar 

umumiy,  alohida  va  xususiy  bo‘lishi  mumkin.  Mazmun  jihatidan  genetik, 

funksional,  strukturaviy,  energetik,  moddiy,  informatsion  va  boshqa  aloqalar 

farqlanadi.  Aloqalarning  butun  rang-barangligi  fanning  qaysidir  bir  tarmog‘i 

doirasida  tadqiq  etilishi  mumkin  emas.  Ularning  muayyan  turlari  maxsus 

fanlarning  predmeti  hisoblanadi.  Rivojlanish  falsafasi    borliqning  barcha 

jarayonlariga  xos bo‘lgan umumiy,  muhim,  universal  aloqalarni o‘rganadi.  Fan 

borliqning  universal  qonunlarini  tashkil  etadigan  ichki,  zaruriy,  muhim, 



barqaror,  takrorlanuvchi  aloqalarga  alohida  e’tibor  beradi.  Umumiy  aloqalar 

Rivojlanish falsafasi  kategoriyalarida yoritiladi.  



O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy 

zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish 

bilan  bir  vaqtda  o‘zi  ham  ularga  aks  (reaktiv)  ta’sir  ko‘rsatadi.  «Tashqi»  va 

«ichki»  sababiy  zanjirlar  unda  uyg‘unlashadi,  kesishadi  va  tarmoqlanadi.  Ular 




21 

 

bir-biri bilan o‘zaro aloqaga kirishadi va bu o‘zaro aloqa ob’ektda yuz beruvchi 



barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.  

Ob’ektni  bilish  uchun  pirovard  natijada  unda  vujudga  kelgan  sababiy 

aloqalar  «tuguni»ni  echish  talab  etiladi.  Barcha  hodisalar  mohiyatiga  izohni 

o‘zaro  aloqadan  izlash  kerak.  U  hodisalarning  barcha  xossalari  va 

xususiyatlarini  belgilaydi,  amalda  mavjud  bo‘lgan  barcha  imkoniyatlar, 

tasodiflar  va  zaruriyatlarning  manbalarini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  O‘zaro 



aloqani tushunish – umuman ob’ektni tushunish demakdir.  

Ammo  har  qanday  ob’ekt  boshqa  ob’ektlar  bilan  o‘zaro  aloqa  qilgani 

bois,  uning  barcha  o‘zaro  aloqalarini  bilish  uchun  undan  boshqa  ob’ektlarni 

o‘rganishga, ulardan – uchinchi ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri keladi va h.k. Ayrim 

ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal 

ta’biri  bilan  aytganda,  to‘g‘nag‘ich  kallagini  bilish  uchun  butun  Olamni  bilish 

talab etiladi. 


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin