O’ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH TO’G’RISIDAGI
QARASHLAR TARIXI
Harakat, taraqqiyot, umumiy bog’lanish va aloqadorlik to’g’risidagi
falsafiy qarashlar ham falsafa fani bilan birga paydo bo’lgan.
Lekin, dunyodagi barcha o’zgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy
jihatdan tushunib yetish juda qiyinlik bilan kechdi. Cunki, insoniyat
taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, o’simliklar,
hayvonot dunyosini, hatto kishilarning o’zlarini ham o’zgarmas, doimo bir xilda
turadi, deb bilishgan. Dunyoning o’zgaruvchanligi, undagi narsa va
hodisalarning bir-birlariga bog’likligi to’g’risidagi tasavvurlarning paydo
bo’lishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonidagi juda katta kashfiyoti bo’lgan.
Dunyoning o’zgaruvchanligi to’g’risidagi dastlabki fikrlar qadimgi Xitoy,
Hindiston hamda Yunonistonning falsafiy ta’limotlarida ilgari suriladi. Qadimgi
davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli kurinishlari va xillari to’g’risida
ilmiy dalillarga ega bo’lishmasa ham, borliqning umumiy o’zgaruvchi xarakteri
haqida o’z davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab o’z tajribalarida narsa, hodisalardagi
o’zgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda ma’lum barqaror, o’zgarmas xusu
siyatlarning ham
mavjudligini anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo
o’zgaruvchanmi, yoki o’zgarmasmi? degan sa vollar paydo bo’lib, bu savollarga
mutafakkirlar turli xil javob berganlar. Qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va
o’zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud
ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri
efeslik Geraklit bo’lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish»
mumkin bo’lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda
zamon o’tishi bilan hamma narsa o’zining dastlabki shakl-shamoyilini yo’qotadi
va asta-sekin o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: ho’l narsa quriydi, quruq
narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o’likka
o’tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari
mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini
dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblanadi. Amaliyot bergan kupdan-
ko’p ma’lumotlarga va o’z kundalik tajribalariga tayangan ko’pchilik
mutafakkirlar dunyo o’zgaruvchan, deyishsa, bunga qarama-qarshi bo’lgan,
dunyo o’zgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham o’zlarining muayyan
asoslariga ega bo’lishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning
ham o’zgaruvchan, ham barqaror o’zgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib
chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar ma’lum vaqt ichidahar qancha
11
o’zgarsa ham, ayni vaqtda ularning ma’lum tomonlari o’zgarmay qolaveradi.
Xullas, bunday qarashlar to’plana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi
tomonlari, ular o’rtasidagi zidsiyatlar haqidagi qarashlar tufayli falsafaning
rivojlanish masalasi kelib chiqadi.
Rivojlanish g’oyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi.
Dastlab kishilar rivojlanish to’g’risida hech bir tasavvurga ega bo’lmagan. Lekin
keyinchalik ular dunyodagi narsa va hodisalarda yuz beradigan turli xil
o’zgarishlarni anglay borib, dunyoning uzluksiz harakatda, o’zgarish va
rivojlanishda ekanligini tushuna boshlagailar. Ular, shu bilan birga, tabiat va
jamiyat voqea-hodisalarida juda ko’p davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham
bilib borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning o’rin almashishi va
shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi
narsaning, yangi bosqichning paydo bo’lishi, deb tushunish darajasiga ko’tarila
olmaganlar.
Rivojlanishni butunlay yangi sifat o’zgarishi, eskiga nisbatan jiddiy
yangining paydo bo’lishi, deb tushunishda uyg’onish davri Sharq va O’rta Osiyo
mutafakkirlari, keyinchalik esa o’rta asr xristian, diniy va tarix falsafasi
mutafakkirlari bir qadar oddinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish
g’oyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz.
Rivojlanish g’oyasini bir butun dunyo rivojlanishibilan bog’lab tushunishda
muhim qadamni birinchi bo’lib fransuz faylasufi Rene Dekart qo’yadi. U,
dunyoni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga
keltirgan, deydi. XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari Volter va Russo inqilobiy
qaytaqurishni o’z ichiga olgan tarixiy rivojlanish g’oyasini ilgari surishadi.
Ularning izdoshi Kondorse esa o’zining jamiyatning ilgarilama harakati,
uzluksiz ta raqqiyot to’g’risidagi ta’limotini yaratadi. Bu mutafakkirlar o’z
qarashlarida g’oyaviy omillar (masalan:axloq, din, huquq va shu kabilar)
jamiyatni harakatgakeltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g’oyani
ilgari suradilar.
Nihoyat, rivojlanish to’g’risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir
butun taraqqiyot nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo’ldi. Bu
falsafaning asoschilaridan biri I. Kant rivojlanish g’oyasini quyosh sistemasi va
barcha yulduzlar dunyosini izoxlashga tadbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy
rivojlanishiga, xususan, insonning axloqiy rivojlanishiga ham joriy etishga
urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g’oyasini butun xalqlarning
tarixiy taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo’lib tadbiq
12
etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish g’oyasini
ifodalay boshlaydi.
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va
chuqur ta’limot sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili
Gegel ishlab chiqdi. Gegelning ulug’ xizmati shu bo’ldiki, u birinchi bo’lib,
butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz
harakat qilib, o’zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko’rsatdi
va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog’lanishini ochib berishga urindi.
Hozirgi davrga kelib shu narsa o’z isbotini topdiki, olamda o‘z-o‘zidan,
tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi. Nar-
sa, hodisa va voqealar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik, aloqa-dorlik va bir-biriga ta’sir
qilishlik ob’ektiv qonuniy holdir. Ana shu qonuniyatni ochib berish – fanning,
xususan falsafa fanining vazifasidir.
Dostları ilə paylaş: |