Jizzax davlat pedagogika instituti


Ma’ruzani olib borish texnologiyasi…………….........………………..57



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix27.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#51656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ozaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari (1)

Ma’ruzani olib borish texnologiyasi…………….........………………..57 

 Ilovalar……………………………………………………..……..….….60 

 Mavzu bo’yicha testlar………………...………..……...………………72  

Glossariy…………………………………………………………....…....84 


 

Bizning farzandlarimiz  nihoyatda iste’dodli, aql-u, 



zakovat bobida hech kimdan qolishmaydi. Ularning 

iqtidorini qadrlash, imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, 

Vatanning mard va fidoiy farzandlari etib tarbiyalash 

uchun etarlicha shart-sharoit yaratib berish har 

birimizning sharafli burchimizdir. 

ISLOM KARIMOV 

 

So‘z boshi 

 

Borliqdagi  narsa  va  hodisalarning  eng  umumiy  qonuniyatlari  va 

hususiyatlarini o‘rganuvchi falsafa fanini asoslarini bilish barcha mutahasisliklar 

bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun zarur va ahamiyatlidir. Chunki, aynan 

falsafa  fani  talabalarda  tabiat  va  jamiyat  to’g’risidagi  yaxlit  tasavvurlarni 

shakllantiriadi. Bu hususda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov,  - 

“falsafa  barcha  fanlarning  otasi.  Falsafani  bilmaydigan  odam-  meditsina  yoki 

ta’lim,  san’at  yoki  madaniyat  sohasi  vakili  bo‘ladimi?  bundan  qat’iy  nazar 

hayotning,  o‘z  kasbining  ma’no-mazmunini  yaxshi  tushunmaydi.  Misol  uchun 

tarixni  tahlil  qilish  uchun  har  bir  voqea  va  jarayonga  falsafiy  qarash,  ularni 

umumlashtirgan  holda  zarur  hulosalar  chiqara  olishi  kerak.  Shu  bois  tarixchi 

bo‘lish uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo‘lish darkor”

1

, deb takidlaydi. 



Falsafa tarixida har doim o’ziga hos bahs va munozaralarga sabab bo’lib kelgan 

o’zaro  aloqadorlik va  rivojlanish  masalasini  o’rganish  ham  aynan  shu  jihatdan  

alohida ahamiyatga ega. 

Zero,  tabiat  va  jamiyatda  hech  bir  narsa  va  hodisalar  ajralgan,  boshqa 

hodisalarga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjut bo‘la olmaydi va bo‘lishi ham mumkin 

emas.  Sirtdan  qaraganda  narsalar,  voqealar  bir-birlaridan  ajralgandek  bo‘lib 

ko‘rinishi mumkin. Aslida esa ular o‘zaro aloqada bo‘lib, biri ikkinchisidan kelib 

chiqadi,  bir-birini  taqazo  qiladi.  Shuning  uchun  olamdagi  narsalarning  in’ikosi 

bo‘lgan inson tafakkuri voqelikdagi narsa va hodisalarni butun tashqi  olam bilan 

birga jonli va turli-tuman aloqasini qamrab olishi, aks ettirishi kerak.  

Borliqni  falsafiy  tushunish  faqat  uning  turlari  va  ularning  o‘ziga  xos 

xossalarini bilib olishdangina iborat bo‘lmay,  balki  borliqni  tashkil  etgan  narsa 

va  hodisalarning  o‘zaro  aloqalari  va  bog‘lanishlarini,  o‘zgarish  va 

rivojlanishlarini  ham  bilishni  taqozo  qiladi.  Chunki,  olamda  o‘z-o‘zidan, 

tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi. Nar-

sa, hodisa va voqealar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik, aloqadorlik  va  bir-biriga  ta’sir 

                                                 

1

 Karimov I.A. Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini ro’yobga chiqarish bugungi 



kunning ustivor vazifasidir.// Inson, uning huquq va erkinliklari –oliy qadriyat. T.:”O’zbekiston”,2006. 117-bet. 


 

qilishlik  ob’ektiv  qonuniy  holdir.  Ana  shu  qonuniyatlarni  ochib  berish  esa 



fanning, xususan, falsafa fanining vazifasidir.  

O’zbekistonda  jamiyatni  yangilash  va  demokratlashtirish  jarayoni 

ketayotgan  hozirgi  sharoitda  jamiyat  taraqqiyotini  dialektik  tushunish,  uning 

rivojlanish  qonuniyatlarining  mazmun  mohiyatini  to’g’ri  anglash  -  mavjut 

muammolar, tahdid va ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, shuningdek, aniq 

maqsadlarni  ko’zlagan  islohatlarlarni  muvaffaqiyatli  amalga    oshirishda  keng 

imkoniyatlar eshigini ochadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




 

DASTUR 

 

Falsafa  tarixida  rivojlanish  haqidagi  qarashlar  evolyusiyasi.  Rivojlanish,  o‘zgarish  va 



taraqqiyot  tushunchalari.  Taraqqiyotning  turlari.  Qonun  tushunchasi.  Qonunlarning  turlari: 

voqelik  qonunlari,  fan  qonunlari,  bazis  va  lokal  qonunlar,  falsafa  qonunlari.  Falsafa 

qonunlarining asosiy shakllari. Qarama-qarshilik va ziddiyat. Qarama-qarshiliklarning tasnifi. 

Ziddiyatlarning  tasnifi.  Ayniyat  va  tafovut.  Ziddiyatlarning  turlari.  Miqdor  o‘zgarishlari  va 

sifat  o‘zgarishlari  dialektikasi.  Sifat,  miqdor,  me’yor,  xossa,  sakrash  kategoriyalari. 

Sakrashning turlari. Inkorni-inkor. Inkorni inkorda vorisiylik. 

 


Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin