Qonun tushunchasi. Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy
o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa
o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat
tusini olgan.
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish
qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etganmiz. Bu qonunning
asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan aloqadorligi
tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqiqada bu holatning sodir
bo‘lib turishini isbotlaydi.
Xo‘sh, qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday
ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi?
Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan
tushunchadir. Xususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki
bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h. k. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
tamoyillarining uchinchisi ham qonun to‘g‘risida bo‘lib, unda barcha sohada
qonunning ustuvorligi ta’minlanishi ta’kidlanadi. Yuqoridagilarni birlashtirib
turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo‘lgan xossa, xususiyatlar bormi?
Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat
va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning
(ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k.) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha
tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish
xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat.
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi.
Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Yaqin
13
o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s’ezd,
plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun
farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va
bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum.
Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat,
fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy
qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi kerak? Bunda
oddiy misollarga murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar
(etik, palto, qo‘lqop va h. k.) sotib olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab
qo‘yishadi va h. k. Nima uchun? Chunki ular tabiatning bitta qonunini, ya’ni
fasllarning o‘zgarishi, yozdan keyin kuz, undan keyin qish kelishini juda
yaxshi bilishadi.
Yoki yana bir, jo‘nroq bo‘lsa-da, misol: sizga birov uyning 5-qavatidan
tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo‘lmaysiz. Nima uchun? Chunki siz I.
Nyuton kashf qilgan «Butun olam tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki
bilmassiz ham, havoning o‘z jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz
ham, deylik. Ammo siz bu holda omon qolishingiz qiyinligini, mayib
bo‘lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik
nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan
biri zaruriylik, ya’ni ob’ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon
bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan
iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos
qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni qancha yaxshi bilsangiz,
o‘zingizning faoliyatingizni shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin
bo‘lasiz. Bu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz,
qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha ta’rif berish
mumkin: Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va
takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, o‘zaro aloqalari va munosabatlarining
namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz:
- qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini,
ya’ni shunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi,
14
o‘zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan
bo‘ladi;
- qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar,
goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi.
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi.
Qonun
nisbatan
barqaror,
takrorlanib
turuvchi
bog‘lanishlarni
(munosabatlarni) ifodalaydi, ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz
bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2014 yili qishdan
keyin bahor kelib, 2015 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Chunki, bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga
kirmaydi. Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u ob’ektiv
xarakterga ega, ya’ni u insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi,
hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki
uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil
qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob’ektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan
birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak,
voqelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol.
Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy
zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi
tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri
ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi
bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar
qanchalik xilma-xil, turli-tuman bo‘lmasin, ular o‘rtasida yaqinlik, aynanlik
mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir
ular o‘rtasida o‘xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki
bir xil materialdan yasalganligi yoki bo‘lmasa, vazni o‘xshash bo‘lishi mumkin
va h.k.
Ma’lumki, hodisalarni tavsiflashdan ularning mohiyatini anglab etishga
o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi.. Bunda vazifa turli
hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni
birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu
asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish,
uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan
barqaror aloqani aks ettiruvchi tushuncha qonundir.
15
Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi.
Odatda, bu olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda
og‘ir ishdir. Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim
o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli
to‘plamlariga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga
solinishi va umumlashtirilishi lozimki, hodisalarning mazkur sohasi asosiy
elementlar va munosabatlarni farqlash imkonini beradigan tizim sifatida
namoyon bo‘lsin. Shunday so‘ng elementlarning rang-barang munosabatlari
orasida tizimning va tizim ayrim elementlarining har qanday o‘zgarishlarida
saqlanib qoluvchi umumiy, o‘zgarmas, invariant aloqalarni aniqlash talab
etiladi. Qonunlarni uch guruhga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |