MUSTAQIL ISHLASH UCHUN SAVOL
VA TOPSHIRIQLAR
1. Qonunlarni bilishning inson hayotidagi ahamiyatini tushuntiring.
2. Qonunlarning turlari: Voqelik qonunlari, fan qonunlari, falsafiy
qonunlarga misollar keltiring.
3. Tabiat, jamiyat va falsafiy qonunlar, ularning o’rtasidagi farqlarni
izohlab bering?
4. “Qarama- qarshilik” tushunchasini izohlang.
5. “Ayniyat” va “tafovut” tushunchalarini misollar bilan tushuntiring.
6. Tabiat va jamiyat hayotidan ziddiyatlarga misollar keltiring
7. Qarama- qarshilik birligi va kurashini qonunining mohiyatini
atrofimizda hodisalar orqali tushuntirib bering.
8. Miqdor va sifat aloqadorligi masalasini misollar bilan izohlang?
9. Inkorni inkor qonunini mustaqil O’zbekistonimizning taraqqiyoti
misolida tushuntiring ?
10. Me'yor va sakrashlarning mohiyatini tushuntiring?
11. Qo’sh inkorning mohiyatini tushuntiring?
12. Inkorni inkor qonuni talablariga muvofiq fikr yuritishning ahamiyati
nimada?
13. Faylasuf J. To’lenovning “qonun ko’p qirrali aloqalar va
munosabatlarning yig’indisi bo’lib, ob’yektiv dunyodagi narsa va
hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqarorligini ifodalaydi”
degan fikrini misollar bilan tushuntiring.
14. O’zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga hos yo’lini falsafiy
qonunlardan kelib chiqib izohlab bering.
15. Taraqqiyotning evolyutsion va revolyutsion yo’llarini miqdor
o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni orqali tushuntirib
bering.
|