Gegiyenik omillar – bolalar sog’lig’ini saqlash va mustaxkamlashga ta’sir ko’rsatadigan
bosh sabablar va shart sharoitlar majmui. Gegiyenik omillarga quyidagilar kiradi: yer uchastkasini
rejalashtirishga quyiladigan sanitariya – gegiyena talablari, binoga qo’yiladigan gegiyenik talablar,
barcha xonlarni shamollatish, yorug’lik rejimiga rioya qilish, xarorat rejimiga rioya qilish, xonalarni
tozalashga qo’yiladigan gegiyenik talablar, bolalar mebeliga qo’yiladigan talablar, moslashuvchan
kun tartibi,
ovqatlanish gegiyenasi, kiyinish gegiyenasi, kun, xafta
davomida bolalar bilan
o’tkaziladigan ta’limiy ishlarga qo’yiladigan gegiyenik talablar. Bu omillarga ayniqsa maktabgacha
muassasalardan boshlab rioya qilish g’oyat muhimdir.
Gegiyenik tarbiya – maktabgacha bolalar muassasalari va umumiy ta’lim muassasalarida
tibbiyot va pedagog xodimlar olib boradigan faoliyat turlaridan biri bo’lib, u tarbiyalanuvchilar va
o’quvchilarda madaniy gegiyenik malakalar va ko’nikmalarni sog’lom
turmush tarzi
shakllantirishga qaratilgan maqsadga muvofiq va muntazam ishni tashkil qilish va olib borishdan
iborat.
Gidroterapiya – suv
bilan davolash
Gimnastika - sog’liqni mustaxkamlash va umumiy jismoniy rivojlanishga yordam
beradigan, umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar majmui.
Amplitudasi, tezligi va su’rati
belgilangan xamda muskullarga tushadigan yuklamasi o’lchangan turli xarakatlar kombinasiyasidan
iborat.
Dostları ilə paylaş: