Agressiv xulq – shaxsning ma’naviy buzuqlikka asoslangan, boshqalarning ichki dunyosiga
ochiqdan-ochiq salbiy ta’sir ko’rsatib, tajovuz qilib, uni izdan chiqarishga qaratilgan g’ayriinsoniy
xususiyati. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo’lishi ko’pincha ijtimoiy
muhit bilan bog’liq xolda yuz beradi. Shaxsning o’ziga qaratilgan tajovuzkorlik “autoagressiya” deb
ataladi (bunday xolat shaxsdagi patalogik o’zgarishlarning ko’rsatgichi bo’lib xizmat qiladi).
Agressiya, bolalar agressiyasi –bolalarga xos tajovuzkorona xatti xarakat. U bolalar alam yoki
g’azab tuyg’ularini boshlaridan kechirib, ularni izxor etishning ijtimoiy maqbul usullarini topa
olmagan yoki kattalarga taqlidan yo’l tutgan paytlarda namoyon bo’ladi. Bola o’z qo’rquvini
yashirishga intilgan xolatlarda psixologik jixatdan o’z-o’zini ximoyalash reaksiyasi xam bo’lishi
mumkin.
Adaptasiya – (lotincha, adaptatio - moslashish) tabiat yoki jamiyat xayotida, insonning ma’naviy
ruxiy olamida kechadigan o’ziga xos jarayon bo’lib, biror bir muhit yoki sharoitga, yangilikka
moslashuvni anglatadi. Inson hayotidagi adaptasiyaning samarali kechishi ko’p jixatdan uning
jismoniy, ruxiy, ma’naviy xolatiga bog’liq. Ilm-fanda adaptasiyaning quyidagi turlari mavjud:
sensor
adaptasiya-organizmning turli xil subyektiv o’zgarishlarga moslashuvi (ko’rish, xid bilish, ta’m-
maza bilish, xaroratni sezish jarayonlarida kechadi); ijtimoiy adaptasiya-insonning ijtimoiy muhit
sharoitlariga uzluksiz tarzda faol moslashuvi, ayni paytda uning ushbu jarayon natijasi sifatida
kamolga yetishi. Ijtimoiy adaptasiyaning muhim jixati odamning ijtimoiy talab va tartiblarni qabul
qilishini anglatishdir.
Akvarium – tabiiy suv xavzasining modeli, mini ekotizm. Unda barcha tarkibiy qismlar talabdagi
nisbatda bo’ladi va ekologik muvozanatni yuzaga keltiradi. Akvarium maktabgacha ta’lim
muassasalar guruhlarida (kichik guruhlardan tashqari) tabiat burchagi tarkibiga kiradi.