Mustaqil ish topshiriqlari. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular;
Bakalavr mustaqil ta ’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o ‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o'rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o ‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yiha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
masofaviy ta’lim.
Bakalavr talabaga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko'nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko'riladi, test yoki savol-javob o ‘tkaziladi.
Mustaqil ishni tashkil etishda unga m o‘ljallangan har bir bo‘lim bo‘yicha adabiyotlar talaba tomonidan o ‘rganilishi, mustaqil ish uchun m o‘ljallangan nazariy va amaliy bilim mavzularini o'zlashtirish, har bir bo‘lim bo‘yicha berilgan topshiriqlaming mos varianti talaba tomonidan bajarilishi, Powerpoint, Maple dasturlaridan foydalanib, ularni prezentatsiya ko‘rinishida tayyorlab topshirishi talab qilinadi. Jarayon o ‘qituvchi tomonidan uzluksiz nazorat qilinadi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari: