Jizzax davlat pedagogika universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 112 Kb.
səhifə1/6
tarix02.12.2022
ölçüsü112 Kb.
#71952
  1   2   3   4   5   6
ПМ Мустақил таълим йўрикномаси (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

«TASDIQLAYMAN»
O`quv ishlari prorektori
_________ dots. To`xtamishev B.Q.
«___ »_______________ 2022 y.


Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi

“Pedagogik mahorat” fani bo’yicha mustaqil ta’lim


YO’RIQNOMASI

Jizzax-2022


TUZUVCHILAR:
Kafedra mudiri, p.f.n., dots. G.Xolboeva,
p.f.f.d.dots.v.b. D.Farsaxonova
O’qituvchi: SH.Ataboev
Kafedra yig’ilishida muhokama qilindi va tasdiqlandi.
«__» ____________2022 yil
Bayonnoma №___
Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasining Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani bo’yicha Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish
va baholash tartibi to’g’risidagi

N I Z O M I




I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 343-son qaroriga va Jizzax davlat pedagogika instituti ___ avgust 20_____ yildagi “Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomiga muvofiq kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va baholash tartibini belgilaydi.
1.2. Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasida Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarining ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy va axborot resurslari jixatdan ta’minlangan, hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
1.3. O’quv semestri yakunida talabaning mustakil ishi bo’yicha to’plagan reyting ballari fan bo’yicha auditoriyadagi o’quv ishlariga berilgan reyting ballari bilan birgalikda guruh reyting qaydnomasida qayd etiladi.
II. Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari
2.1. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi- o’qituvchining raxbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
2.2.Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Fan bo’yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
- Fan bo’yicha kerakli ma’lumotlarni izlab topish, qulay usullari va vositalarini aniqlash;
- Mavzuga tegishli axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
- Fan bo’yicha an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlashga o’rgatish;
- Fan bo’yicha elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashga o’rgatish;
- Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
- Mavzu bo’yicha berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
- mavzu bo’yicha topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin