MUSTAQIL TA’LIMNI TAShKIL ETISh Talaba fandan kafedrada tasdiqlangan mustaqil ta’lim mavzularidan 1tasini tanlaydi. Tanlangan mavzusi bo’yicha 5 ta vazifani bajaradi. Bu vazifalar – mavzusi bo’yicha adabiyotlar ro’yxati va shu adabiyotlar asosida referat, maqola yozish, test tuzish, BMI (bitiruv malakaviy ishi) rejasi tuzishdan iborat.
Eslatma: Mustaqil ta’lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari darsning 1 kunida talabalarga beriladi, bajarish muddati 2 oydan kam bo’lmagan xolda o’tkazilish kuni aytiladi va guruh jurnaliga yoziladi. Mustaqil ta’lim mavzulari va oraliq nazorat topshiriqlari 1 ta daftarda jamlangan xolda belgilangan kunda yozma va og’zaki shakllarda auditoriyada o’tkazilishi talabalarga e’lon qilinadi.
Mustaqil ishni baxolash mezonlari:Joriy va oraliq nazorat ishlariga ajratilgan ballardan o’quv fani soatiga ko’ra 2 balldan 10 balgacha olinadi.
1. Adabiyotlarni baholashda – talabaning tanlagan mavzusiga oid kerakli adabiyotlarni tanlay olishi (Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar, monografiyalar, risolalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, jurnallar, internet saytlari) va foydalana olishi malakasiga asosiy e’tibor beriladi.
Adabiyotlar 10 tadan ko’p bo’lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid bo’lsa va adabiyotlar ro’yxatida Prezident asarlari, qarorlar, dasturlar, nizomlar, monografiyalar, risolalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, jurnallar, internet saytlari berilgan bo’lsa hamda referat, maqola yozishida, test tuzishda, bitiruv malakaviy ishi rejasini to’g’ri tuzishida foydalana olsa - ”a’lo” (2 ball);
Adabiyotlar 10 tadan ko’p bo’lsa va keltirilgan adabiyotlar mavzuga oid bo’lsa va adabiyotlar ro’yxatida monografiyalar, risolalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar, jurnallar, ommaviy nashrlar berilgan bo’lsa hamda referat, maqola yozishida, test tuzishda, bitiruv malakaviy ishi rejasini to’g’ri tuzishida foydalana olsa– “yaxshi” (1,6 ball);
Adabiyotlar ro’yxati to’liq bo’lsayu, lekin bitta manbadan foydalangan bo’lsa va shu asosda referat, maqola yozgan, test va bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzgan bo’lsa – “qoniqarli” (1,2 ball);
2. Referatni baholashda:
Referatda mavzu to’liq ochilgan, to’g’ri xulosa chiqarilgan ijodiy fikrlari bo’lsa – 4,6 – 5 ball;
Referat mavzusi mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor – 4.1.-4.5. ball;
Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo iqtiboslar berilmagan, ayrim kamchiliklar bo’lsa, 3-4 ball;
Mavzu mohiyati to’liq ochib berilmagan bo’lsa, -1.5-2.9 ball;