Jizzax davlat pedagokika instituti



Yüklə 70,87 Kb.
səhifə10/12
tarix19.06.2022
ölçüsü70,87 Kb.
#61789
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Abduraxmonova Mahzuna

Fikr olishuv vazifasi tilning asosiy vazifasi bo`lib, til jamoasining o`zaro fikr olishuvidan iborat kommunikativ vazifasidir.
Tilning mantiqiy (logik) mazmunini yetkazish (bildirish)dan iborat kom-munikativ vazifasi tilning xabar vazifasi deyiladi.
Aloqa-aralashuvda til vositasida turli his-tuyg`u, emotsiya, ta`sirchanlik ham ifodalanadi va bu tilning estetik yoki ta`sir etish vazifasi deyiladi. Ayrim adabiyotlarda esa tilning estetik vazifasi ekspressiv vazifasi deb ham ataladi.
Til aloqa-munosabat vositasi, hissiy ta’sir ifodasi bo’lib qolmay, to’plash vazifasini bajaruvchi muhim manba hamdir. Til millatlararo aloqa-munosabat vositasi, to’plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi muhim ahamiyatga ega bo’lib, tilning kumulyativ vazifasi hisoblanadi.
Sistem tilshunoslikning asosini til va nutq oppozisiyasi tashkil etadi.
Til va nutq hodisalarini o’zaro farqlab yondashish VIII-IX asrlarda arab tilshunosligida, keyinchalik V.Gumbold, A.Shteyntal, Boduen de Kurtene ta’limot-larida kuzatilgan. Lekin ilmiy adabiyotlarda til bilan nutq hodisalarini va ularga xos birliklarni tom ma’noda ilmiy-nazariy hamda amaliy farqlash; til va nutq birliklarining mohiyatini ochish yo’llari, “til” va “nutq” tushunchalariga batamom yangi mazmun berilishi F.de Sossyur va uning izdoshlari yaratgan ta’limot bilan bog’liqdir.
Hozirgi davr sistem tilshunosligida til va nutq oppozisiyasidan kelib chiqib, nutq faoliyati quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat, deb ko’rsatiladi:

    1. til;

    2. tildan foydalanish ko’nikmasi va malakasi;

    3. nutq.

Yuqorida aytilganidek, til – nutq tuzib fikr, his-tuyg`u, istak kabilarni ifodalashda xizmat qiladigan fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimi; kishilar orasida asosiy va eng muhim aloqa-aralashuv, fikrlashuv quroli, ijtimoiy hodisa. Bundan ko`rinadiki, til kishilik jamiyatida belgilar, signallar, imo-ishora, mimika, yozuv kabi yordamchi aloqa vositalariga nisbatan eng muhim aloqa vositasi bo`lib, jamiyat tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladi.
Ferdinand de Sossyurning ilmiy qarashlari tilning murakkab, ziddiyatlarga boy, ko`p tomonlama hodisa ekanligiga asoslangan.
Tilshunoslik fanining chegarasini, predmetini, aniqroq ta'riflash maqsadida Ferdinand de Sossyur Vilgelm fon Gumboldt kabi antinomiya (qarama-qarshi qo`yish) metodidan foydalanib, til va nutqni ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo`ydi. Uning fikricha, til nutq faoliyatining faqat bir tomonini tashkil etadi. Til nutqqa zid. Til va nutqning asosiy farqi – til ijtimoiy, nutq esa individual hodisadir.
Olim til va nutq o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni, munosabatni inkor etmagan holda, ikkala hodisani alohida-alohida o`rganishni tavsiya etadi va til lingvistikasi hamda nutq lingvistikasi terminlarini muomalaga kiritadi.
Til va nutq qanday birliklarga egaligi nuqtai nazaridan ham farqlanadi.
Yüklə 70,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin