II BOB XALQARO DARAJADA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI TUSHUNCHALARGA ASOSIY YONDASHUVLAR 2.1 Xalqaro darajada inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o‘sishi.
Mamlakatimiz yildan-yilga jahon hamjamiyatida tenglar ichra teng bo'lib, taraqqiyotning o'zi tanlagan yo'lidan asosiy maqsadimiz – inson manfaatlari, huquqi va erkinliklari yuksak qadriyat hisoblanuvchi, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish sari dadil odimlar bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi daromadlarining oshishi, turmush darajasining sezilarli ravishda o'sishi ertangi kunga bo'lgan ishonchning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo'lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish faoliyatlarining yo'lga qo'yilishi, buning ta'sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining ahamiyatli darajada kengayib borayotganligi, yaratilayotgan mahsulot va ko'rsatilayotgan xizmatlar turlarining ko'payib, sifatining takomillashib borishi, bir so'z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va sifatga ega bo'lib borishida mustaqil taraqqiyot yo'lining to'g’ri tanlanganligi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning har tomonlama asoslanganligi hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omillar sifatida xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bilimdon va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda kadrlarni boshqarish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan bir qator me’yoriy qonun hujjat- lari qabul qilingan. Shulardan «Ta’lim to‘g‘risida»1 gi, Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, «Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadr malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Respubdika ishlab chiqarish korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bir qatorda, mavjud personalni boshqarish tizimi va kadrlar menejmenti takomillashtirilish davom ettirilishni taqozo etmoqda. Bu esa, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada dolzarb masalaga aylanmoqda. Jаmiyatning rivоjlаnish dаrаjаsi ko’p hоllаrdа mаmlаkаtdа mаvjud аhоlining sоni vа tаrkibi bilаn аniqlаnаdi. Mаmlаkаt аhоlisining fаоl qismi mеhnаt qilishgа, mаhsulоt ishlаb chiqаrishgа, хizmаt ko’rsаtishgа o’z kuchini, bilimi vа mаlаkаsini sаrflаydi. Аhоlining fаоl qismi mеhnаtgа lаyoqаtli vа mеhnаtgа yarоqli аhоlidаn tаshkil tоpаdi. Mеhnаtgа lаyoqаtlilik dаvri insоn yoshining bеlgilаngаn dаrаjаsigаchа bo’lgаn dаvrni, mеhnаtgа yarоqlilik esа аqliy vа jismоniy qоbiliyatining еtаrlilik dаrаjаsini bildirаdi.
Shundаy qilib, аhоlining fаоl qismi insоn rеsurslаri, dеb аtаlаdi. Insоn rеsurslаri – bu оdаmlаr, ulаrning mеhnаt аhlоqi vа qo’yilgаn mаqsаdgа erishishi uchun intilishi, ulаrning bilimlаri vа qаdriyatlаri tizimi, ijоdiy vа nоvаtоrlik qоbiliyatlаridir. Huddi shu оmillаr mаmlаkаtdа iqtisоdiy o’sishni, fаrоvоnlik vа hаvfsizlikni tа’minlаsh imkоnini bеrаdi. Mеhnаt sоhаsi, ish bilаn bаndlik shаrоitlаri vа mеhnаt munоsаbаtlаri tizimidаgi chuqur qаytа o’zgаrishlаr bеlgilоvchi rоl o’ynаb, ulаrsiz ijtimоiy yo’nаltirilgаn iqtisоdiyotning аsоsiy mаqsаdi sifаtidа insоngа qаrаtа hаqiqiy burilishni аmаlgа оshirib bo’lmаydi. Birоq, yuqоridа аytib o’tilgаnlаrdаn mаzkur tushunchа bоzоr iqtisоdiyoti uchun yarоqsiz, dеgаn хulоsа kеlib chiqmаsligi lоzim. Аksinchа, bоzоr iqtisоdiyotining rivоjlаnib bоrishi shuni ko’rsаtmоqdаki, insоn rеsurslаri bоzоr kаtеgоriyalаri tizimigа bаtаmоm singib bоrmоqdа. Insоn rеsurslаri fаqаtginа mеhnаt rеsurslаri emаs, bаlki ulаr bоshqа – iqtisоdiy fаоl vа nоfаоl аhоli, ish bаlаn bаnd vа ishsiz аhоli, ishchi kuchi, kаdrlаr kаbi bоshqа kаtеgоriyalаrdа hаm kоnkrеtlаshishi mumkin.
Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat vositalari bilan birgalikda inson resurslari – xodimlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga oshiradilar hamda ishlab chiqarishdan foydalanishni ta’minlaydilar. Xodimlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan davrda «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi»ga muvofiq bir qator yangi talablar yuzaga kelmoqda. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy– psixologik boshqaruv, guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish, kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash, bandlikni boshqarish, bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni baholash va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, kadrlar marketingi, xizmat martabasini rejalashtirish va mehnat–huquqiy munosabatlar masalalari, mehnat ergonomikasi va mehnat estetikasidan iboratdir. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, turmushi barqarorligi uchun katta imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda jiddiy xavf–xatar ham tug‘diradi, amalda har bir kishining hayotiga ma’lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish alohida ahamiyatga ega, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ma’naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Korxona va tashkilot ichidagi asosiy jihat – xodimdir, tashkilotdan tashqarida esa mahsulot iste’molchilaridir. Ishlovchining ma’naviy ongini boshliqqa emas, balki tashabbuskorga tomon yuz burish zarur. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashi, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishni shakllantirishga imkon beradi.
Shunga ko‘ra korxona va tashkilot personalini boshqarish tizimi shakllantiriladi. O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik sohalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatda aholini ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlar quyidagilarni qamrab oladi: 1. Aholining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda ishsiz aholini yangi, mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga o'rgatish. 2. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiyalashga e'tiborni kuchaytirish. Bu yangi ish o'rinlari yaratish bilan bir qatorda ichki va tashqi iste'molga mo'ljallangan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko'rsatishni ham ko'zda tutadi. Ish bilan bandlikka ko'maklashuvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish, bunda eng avvalo ushbu markazlar tuzilmasini maqbullashtirish, global inqiroz sharoitida ustuvor chora-tadbirlarni belgilab olish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalaridan kelib chiqqan holda aholini ish bilan ta'minlash uchun ajratilayotgan moliyaviy mablag’larni oqilona taqsimlash choratadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Ba’zi joylarda yashash sharoitlari og’ir bo’lib, masalan, iqlimning yomonligi yoki atrof-muhitning sog’liqqa zararligi, siyosiy ahvolning beqarorligi xodim va uning oilasiga havf tug’diradi. Oxirgi vaqtlarda ba’zi guruhlar turli davlatlarda xizmat safaridagi xodimlarning bolalarini o’g’irlashi va pul talab qilishi ko’p uchramoqda. Pul talab qilish maqsadida bolalarni o’g’irlash va terrorizm kabi illatlar kompaniyalarni nafaqat noqulay yashash sharoitlari uchun ustama haq to’lashga, balki xodimlar bolalarining o’g’irlanishidan sug’urtalashga ham majbur qilib qo’ydi. Bundan tashqari kompaniyalar xodimlar va ularning oila a’zolarini bu tarzdagi havf-xatarlarga tayyor turishini ma’lum qilishdi. Jabrlangan oilalar kompaniyalarning pul to’lab qutqarib olish paytidagi muzokaralarda noto’g’ri yo’l tutganlaridan arz qilishdi, aksiyadorlar esa pulni to’lamaslikni talab qilishdi.