Jizzax politexnika instituti


-mаvzu. Sanoat korxonalarining aylanma mablag‘lari va fondlari Rеjа



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə25/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Jizzax politexnikaаа

4-mаvzu. Sanoat korxonalarining aylanma mablag‘lari va fondlari

Rеjа:

4.1. Sаnоаt коrхоnаlаrining аylаnmа fоndlаri to’g’risidа tushunchа, ulаrning tаrкibi vа strukturasi.

4.2. Aylanma mablag’larning me’yori.

4.3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari.



4.1. Sаnоаt коrхоnаlаrining аylаnmа fоndlаri to’g’risidа tushunchа, ulаrning tаrкibi vа strukturasi

Sanoat korxonalari asosiy fondlar bilan bir qatorda aylanma fondlarga ham egadir. Aylanma fondlar tayyor mahsulotning moddiy asosini tashkil qiladi yoki ishlab chiqarish jarayonining borishiga yordam beradi.

Korxona faoliyati normal shakllanishi uchun yetarli darajada aylanma mablag’larga ega bo’lish kerak.

Mahsulot ishlab chiqarishning moddiy asosini tashkil qiladigan aylanma fondlar korxonalarda xomashyo yoki yordamchi materiallar jamg’armalari shaklida tashkil topadilar. Keyinchalik ular ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilib, tayyor mahsulotga aylanadilar, yoki mahsulot ishlab chiqarishga yordam beradilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayonidan muomala jarayoniga va aksincha, muomala jarayonidan ishlab chiqarish jarayoniga o’tib turadilar. Shuning uchun aylanma fondlar ishlab chiqarish va muomala jarayonida qatnashuvchi ikki qismga bo’linadilar.



Aylanma ishlab chiqarish fondlari korxonalari ishlab chiqarish fondlarining ma’lum bir qismini tashkil etib, ishlab chiqarish jabhasida harakat qiladi. U quyidagi xususiyatlarga ega:

- ishlab chiqarish jvarayonida bir marta ishtirok etib, o’zining natural shaklini va fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’zgartiradi;

- ishlab chiqarilgan mahsulotga o’z qiymatini to’liq o’tkazadi.

Demak, sanoatning aylanma fondlari deb har bir ishlab chiqarish jarayonida to’la ishlatilib, o’z qiymatini tayyor mahsulotga bir yo’la o’tkazadigan va o’zlarining moddiy shakllarini butunlay o’zgartiradigan mehnat buyumlariga aytiladi, ular ishlab chiqarish uzluksizligi va bir maromiyligini ta’minlaydi.




Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin