Kadrlarning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa, korxonalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari shunchalik yaxshi bo’ladi.
Korxona kadrlari deganda korxonada mehnat bilan band bo’lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiymalakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasi tushuniladi.
Korxonaning «Mehnat resurslari», «kadrlar», «personal» tushunchalari, kadrlar salohiyatini shakllantirish va ulardan foydalanishda bir xilda qo’llanilsada, bir-biridan farqlash lozim.
Mehnat resurslari mamlakat aholisining ma’lum qismi bo’lib, o’zining asab-fizioligik va intellektual sifatlari bilan moddiy boyliklar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish qobilyatiga ega bo’lgan, 16-55 yoshdagi ayollar, 16-59 yoshgacha bo’lgan erkaklar hisoblanadi.
Korxonalarda mehnat resurslarini xarakterlovchi tushuncha sifatida «kadrlar», «personal» tushunchasidan foydalaniladi.
Korxona kadrlari yoki personali deganda ishlovchilar majmui tushunilib, ular tarkibiga yollanma ishchilar va shaxsiy tarkibdagi ishchilar kiradi.
Korxona personali sifat va miqdor jihatidan quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi:
- ishlab chiqarish jarayoni xarakteriga qarab
- mehnat vazifalari xarakteriga qarab;
- mehnatni taqsimlashga asosan turli ish turlariga qarab;
- malaka darajasiga qarab;
- kadrlar shaxsiy xarakteristikasiga qarab
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab korxona personalini 2 kategoriyaga bo’linadi: sanoat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish personali.
Korxonalarining asosiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan, uy-joy, kommunal va yordamchi xo’jaliklarda, sog’liqni saqlash, profilaktika tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar noishlab chiqarish personali tarkibiga kiradi.
Korxonalar sanoat-ishlab chiqarish personali tarkibiga quyidagi xodimlar kiradilar:
- mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlash, xizmat ko’rsatish, sotish bilan shug’ullanuvchi;
- asosiy va yordamchi sexlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba-loyihalashtirish bo’limlari, hisoblash markazi xodimlari.
Sanoat-ishlab chiqash personali mehnat vazifalari xususiyatiga ko’ra quyidagi kategoriyalarga bo’linadi:
Ishchilar - moddiy ne’matlar yaratish va ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi ishlovchilar. Ishchilar asosiy va yordamchi ishchilarga bo’linadi.
Korxonalarda asosiy ishchilar texnologik jarayonlarda detallar, buyumlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar. Yordamchi ishchilar tayyor mahsulotni va mehnat buyumlarini transport qilish, mashina va uskunalarni ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanadilar.
Mutaxassislar - injener-texnik, iqtisodiy, huquqiy vazifalar bilan shug’ullanuvchi xodimlar. Masalan, injener- texnologlar, buxgalterlar, iqtisodchilar.
|