SHAXSIY HUJJAT TURLARI; TUSHUNTIRISH XATI , TILXAT
Tushuntirish xati – xizmat sohasidagi xizmatga aloqador masalani , uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo`lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo`llanuvchi hujjatdir.
Toshkent qishloq xo`jalik
Mashinalari ta`minot bo`limining
Boshlig`i A.Z. Alimovga
Haydovchi H.Rahimovdan
Tushuntirish xati
Topshirig`ingizga muvofiq shu yil 14 iyunda Bekoboddagi O`zbekiston metallurgiya zavodi bizga ajratilgan quyma shakllarni olib kelish uchun ketgan edim.Biroq avtomoshinamning nosozligi tufayli yarim yo`ldan yuksiz qaytib kelishga majbur bo`ldim.
2000 yil 15 iyun (imzo) H.Rahimov
|
Tilxat – ma`lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul , hujjat , qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxati birgina nushada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxat
Men,Toshkent Davlat Madaniyat oliygohi xojalik ishlari bo`limining mudiri Bahodir Olimov, Toshkent musiqa asboblari korxonasining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan oliygoh buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 1800 (bir ming sakkiz yuz) so`m bo`lgan 100 (yuz) dona rubobni qabul qilib oldim.
2000.12.08. (imzo) B.N.Olimov
|
Tilxat
Men , ”Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ittifoqi birlamchi tashkiloti raisi Habib Temurovich Hafizov tashkilot a`zolarining 4862 so`m 85 tiyin (to`rt ming oltmish ikki co`m sakson besh tiyin) miqdoridagi rag`batlantirish pulini tarqatish uchun oldim.
2000.05.07. (inzo) H.T.Hofizov
|
Ba`zan tilxatda guvohlar ham ko`rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o`z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
Fanning nomi :Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish
Mavzu: Ixtisoslikka oid matn tuzish(bundatil vositalaridan o`rinli foydalanish masalasi, matn tayyorlash,uni boshqa uslubdagi matnga aylantirish,matnda nutq ta`sirchanligini oshiruvchi vositalarni qo`llash
O’QUV MASHG’ULOTIDA TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Dostları ilə paylaş: |